6-Topshiriq:
Maqsad: Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlash
Jihoz: Karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga namuna asosida kartondan quti yasashni
mustaqil rejalashtirish topshirig‘i beriladi.
Ko‘rsatma: “Kartondan quti yasash rejasini tuzib chiq”.
Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog bolaga
kartondan quti yasash rejasini ko‘rsatib beradi va harakatlarni takrorlashni taklif
etadi.
7-Topshiriq:
Maqsad: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna
asosida yig‘ish malakasini aniqlash
Jihoz: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallari
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori
detallaridan qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash topshirig‘i beriladi.
Ko‘rsatma: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan qishloq
xo‘jaligi mashinasini yasa.”
Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog bolaga
“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan qishloq xo‘jaligi
mashinasini yasashni ko‘rsatib beradi va harakatlarni takrorlashni taklif etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |