Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiy ta
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy nazariya fanidan uslubiy qollanma
2
VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET “IQTISODIY TA’LIM VA TURIZM” KAFEDRASI 5230100 – "Iqtisodiyot"(Mikroiqtisodiyot), 5111017 – "Kasbiy ta'lim" (Ijtimoiy-iqtisodiy) bakalavr yo‘nalishidagi 1-kurs talabalari uchun “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha U S L U B I Y K O‘ R S A T M A Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Xodjayeva D.X. o‘qituvchi Xurramov O.K. “DURDONA” NASHRIYOTI BUXORO–2015 3
Buxoro Davlat Universiteti, “Iqtisodiy ta’lim va turizm” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xodjayeva D.X., o‘qituvchi Xurramov O.K. 5230100– "Iqtisodiyot" (Mikroiqtisodiyot), 5111017–"Kasbiy ta'lim"(Ijtimoiy- iqtisodiy) bakalavr yo‘nalishidagi 1-kurs talabalari uchun “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. B.: BuxDU, 2015 yil. 36 bet.
Annotasiya: Uslubiy ko‘rsatmada umumiy qoidalar, kurs ishining mavzusini tanlash va uni bajarish muddatlari, kurs ishining tuzilmasi va mazmuni, kurs ishini rasmiylashtirish va baholash tartibi, mavzular, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘xati va ilovalar ko‘rsatilgan.
Taqrizchilar: 1. Hamroyev H.R., BuxDU, “Iqtisodiy ta’lim va turizm” kafedrasi mudiri, i.f.n., dostent 2. Ulashov X.A., BuxMTI, “Menejment” kafedrasi dostenti, i.f.n.
Uslubiy ko‘rsatma: Buxoro Davlat Universiteti “Iqtisodiy ta’lim va turizm” kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan(6- sonli bayonnoma, 28.01.2015 yil). Buxoro Davlat Universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultet ilmiy kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan(4- sonli bayonnoma, 30.01.2015 yil). Buxoro Davlat Universiteti o‘quv-metodik kengash yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan(4- sonli majlis bayonnomasi, 13.03.2015 yil).
4
Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo‘lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to‘g‘risida aniq tassavurlarga ega bo‘lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g‘oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim. Ishni bajarish jarayonida talabalar kursga oid nazariy bilimlar, maxsus adabiyotlar, huquqiy-normativ aktlar, mavzuga
oid
yondashuvlardan xabardor ekanligini hamda tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini ko‘rsatishadi. Kurs ishi maqsadlari: Talabalarning “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashgulotlari jarayonida orttirgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash hamda tizimlashtirish. Kurs ishiga oid muammolarni echishda mustaqil ishlash hamda izlanish olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Talabaning nazariy va amaliy bilimlari hamda bu bilimlarni dolzarb iqtisodiy muammolarni echishga tadbiq qila olish qobiliyati darijasini aniqlash. Kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi. Kurs ishi vazifalari: Tanlangan mavzuning dolzarbligi va ahamiyatini asoslash. Tanlangan mavzuga oid nazariy ma’lumotlar, texnik-normativ hujjatlashtirish, statistik ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish. Mavzuga oid muammoli vaziyatlarga o‘z fikrini bildira olish. 5
Tanlangan mavzuni o‘rganish va o‘tkazilgan tahlillarga asosan xulosalar chiqarish hamda takliflarni shakllantirish. Talab qilingan me’yorlarga asosan kurs ishini rasmiylashtirish. KURS ISHINING MAVZUSINI TANLASH VA UNI BAJARISH MUDDATLARI
Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo‘yicha professor-o‘qituvchining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni hamda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarini chuqur o‘rganib chiqishi lozimdir. Kurs ishi mavzusini (1-ilova) talaba o‘zi ixtiyoriy ravishda tanlaydi va quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi kerak: Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o‘rganishi, o‘zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Kurs ishining rahbari sifatida kafedraning tajribali o‘qituvchilari kafedra tomonidan tayinlanadi. Kurs ishini bajarishda mazkur qo‘llanmada ko‘rsatilgan adabiyotlar ro‘yxati (5-ilova) bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo‘shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurs ishi bahorgi semestrda tayyorlanadi. Uni tayyorlashning asosiy muddatlari quyidagicha: Mavzu tanlash: 1 martdan 10 martgacha Adabiyotlarni ko‘rib chiqish, reja tuzish va ilmiy rahbar bilan uni tasdiqlash: 1 aprelgacha
6
Ilmiy rahbar fikrlarini inobatga olib, matnning asosiy variantini tayyorlash: 1 apreldan 1 maygacha Kurs ishini tayyorlab (kafedraning maxsus jurnalida ro‘yxatga olinadi) kafedra professor-o‘qituvchilariga taqrizga berish muddati: 1 maydan 15 maygacha Ijobiy taqriz yozilgan kurs ishlari himoyaga qo‘yiladi. Kurs ishini himoya qilish muddati: 15 maydan 2 iyungacha Himoya quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
ochiq himoya; individual himoya;
kichik guruhda himoya. Muallif ishning asosiy natijalari, xulosa va takliflari bildirilgan taqdimot asosida himoyani amalga oshiradi. Chiqish vaqti – 7 minut. Ishning samaradorligini va o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirish maqsadida ko‘rgazmali materiallardan foydalanilishi maqsadga muvofiq.
Kurs ishi matnini yozish talabadan katta mas’uliyat talab qiladi va ish vaqtning asosiy qismini egallaydi. Uni yozishda talaba o‘zining bilimi va qobiliyatini namoyon qilishi kerak. Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog‘langan bo‘lishi, har bir keyingi savol o‘zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo‘lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Tanlangan mavzudan qat’iy nazar ishning tuzilmasi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq: Titul varag‘i (1-bet) (2-ilovada namuna keltirilgan) Ilmiy rahbarning kurs ishiga taqriz blankasi (2-bet) (4-ilovaga qarang)
7
Mundarija (3-bet) ( 3-ilova) Kirish (4-6 betlar) 1-bob. Mavzu yoki muammoni o‘rganishning nazariy va uslubiy asoslari 1.1. birinchi bobning paragrafi 1.2. birinchi bobning paragrafi 1.3. birinchi bobning paragrafi 1.4. birinchi bobning paragrafi(agar zarur hisoblansa) 2-bob. O‘rganilayotgan mavzu yoki muammoning tahlili, echimiga oid taklif va chora-tadbirlar 2.1. ikkinchi bobning paragrafi 2.2. ikkinchi bobning paragrafi 2.3. ikkinchi bobning paragrafi Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Tayanch iboralar Ilovalar(agar mavjud bo‘lsa)
asosiy tendenstiyalari ko‘rib chiqiladi, joriy vaziyat tahlil qilinadi, mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati asoslanadi, asosiy maqsad va vazifalar shakllantiriladi. Bundan tashqari kurs ishining ob’ekti, predmeti, tuzilmasi, izlanish olib boriladigan soha tahlil qilinadi. Kirish qismining hajmi kurs ishi umumiy hajmining 10% dan oshmasligi kerak. Kurs ishining birinchi bobi, odatda, o‘rganilayotgan mavzuning nazariy jabhalariga bag‘ishlanadi va qolgan materialni yoritishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. O‘rganilayotgan jarayonning tabiati, mazmuni va tarkibiy qismlari ko‘rib chikiladi. 8
Ishni mavzuning ob’ekti va predmetini tavsiflashdan boshlash maqsadga muvofiq. Shundan so‘ng kichik tarixiy sayohat uyushtirib, mavzuning o‘rganilganligini aytib o‘tish, savollarni ko‘rib chiqish va, albatta, o‘z nuqtai nazarini yoritish lozim. Bu bobda adabiyotlarga tavsif beriladi, konstepstiya shakllantiriladi, o‘rganilayotgan mavzu tahlili uslubi asoslanadi. Adabiyotlarga tavsif berish jarayonida turli mualliflar fikrlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinib, o‘z nuqtai nazari asoslanishi kerak. Uslubiy qism axborot yig‘ish, uni tahlil qilish va qayta ishlash usullari tavsifini nazarda tutadi. Har bir bob yangi sahifadan boshlab yozilishi kerak, undagi paragraflar esa tugagan joyidan 2 qatar tashlab keyingisini yozish tavsiya etiladi. Kurs ishining ikkinchi bobida birinchi bobda yoritilgan nazariy va uslubiy asoslarga tayangan holda shu mavzu bilan chegaralangan sohadagi ishlarning joriy ahvoli tahlil qilinadi. Buning uchun amaldagi normativ aktlar, ilmiy-amaliy konferenstiyalar materiallari, ilmiy ishlar natijalari, statistik ma’lumotlar (ham davlat miqiyosidagi, ham yakka korxonalar miqiyosidagi) qo‘llanilishi mumkin. Tahlillarga asos bo‘lib hisoblanuvchi materiallar kerakli darajada to‘liq va ishonarli bo‘lishi kerak, qaysikim ularga asoslanib zahiralarni aniqlash va keyingi faoliyat davomida ishlatish mumkin bo‘lsin. Bundan tashqari talaba mavjud faktlarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, ularning afzallik va kamchiliklarini ham aytib o‘tishi kerak.
Tahlillar natijalariga asoslanib talaba takliflarni shakllantiradi. Takliflarni shakllantirish o‘rganilayotgan mavzuga oid kamchiliklar va imkoniyatlarning to‘liq va asoslangan yoritilishini nazarda tutadi. Kurs ishining xulosasi – bu ish davomida topilgan ma’lumotlar sintezidir, ya’ni bunda olib borilgan izlanishlar natijasida qilingan xulosalar mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilinadi. Bundan tashqari asosiy xulosalar
9
va izlanish natijalariga asoslanib takliflar bayon qilinadi. Xulosa hajmi kurs ishi hajmining 5-10%ini tashkil etishi kerak.
kerak. Foydalanilgan adabiyotlarni guruhlashning eng keng tarqalgan usuli – bu alifbo tartibida joylashtirishdir. Kitob va maqolalar muallif familiyasi yoki kitob, maqola nomi (agar muallifi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) orqali alifbo tartibida joylashtiriladi. Shundan so‘ng nashr etilgan joy va sana ko‘rsatiladi. Agar jurnal materiali ko‘rsatilsa muallif familiyasi, ismi, otasining ismi, maqola nomi, jurnal nomi, nashr yili va soni ko‘rsatilishi zurur.
so‘ng joylashtiriladi. Unda kurs ishida yoritilgan terminlar, iboralar keltiriladi. Ilovalarga jadvallar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar, statistik ma’lumotlar, boshqaruv, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy xarakterdagi hujjatlar joylashtirilishi mumkin. Har bir ilova yangi sahifadan boshlanishi kerak. Har bir ilovada uning raqamini aks ettiradigan sarlavha bo‘lishi kerak (Masalan: 1- ilova). Ilovalar jaylashtirilgan sahifalar betlanadi, ammo kurs ishi hajmiga kirmaydi.
Ilovalar kurs ishining ko‘rgazmaliligini oshiradi, unda aks ettirilgan hodisalar tabiati va o‘zaro bog‘liqligini hamda ularning rivojlanish xususiyatlarini chuqurroq ochishga yordam beradi.
10
Kurs ishining umumiy hajmi (ilovalarsiz) A4 formatidagi 35 betdan 45 betgacha etib belgilangan. Kurs ishi hajmi tanlangan mavzu, ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik va ishning texnik bajarilishi esa qo‘l yozma, mashinkada, kompyuterda bo‘lishi mumkin.
Matnni quyidagi qoidalarga amal qilib yozish (pechatlash) kerak: bet chegarasidan matngacha kamida 25 mm (chap tomondan), bet chegarasidan matngacha kamida 10 mm (o‘ng tomondan), yuqorigi va pastgi chegaralardan kamida 20 mm. Sahifa raqami yuqori o‘ng burchakka 10-raqamli shraft bilan yoziladi. Abzastlar 10 mm bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Agar kurs ishi kompyuterda teriladigan bo‘lsa, unda Times New Roman Cur №14 shrifda, qatorlar orasidagi interval 1,5 bo‘lishi kerak. Qalin shrift faqatgina sarlavhalarda ishlatilishi mumkin. Kursiv shrift ishlatilishi mumkin emas. Kur ishini kiril alifbosi harflarida yozish mumkin emas. Iqtiboslar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi zarur, ya’ni muallif nutqi qo‘shtirnoq ichida berilishi va manbasi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg‘otish, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Reyting tizimi bo‘yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida baholanadi.
11
Belgilangan ball Baholash mezonlari 1 86,0-100 “A’lo” Rejadagi savollarning mazmuni
ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo‘lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bo‘lsa va ish bo‘yicha berilagan savollarga aniq va to‘liq javob berib, o‘zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayorlangan ishlarga «a’lo» baho qo‘yish mumkin. 2 71-85
“Yaxshi” Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to‘liq javob yozilgan bo‘lib, bittasiga etarlicha javob berilmagan bo‘lsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab «yaxshi» baho qo‘yish mumkin. 3 55-70 “Qoniqarli” Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo‘lsa, to‘g‘ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko‘chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yo‘q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo‘lsa, ko‘rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni «qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi «qoniqarsiz» baholanadi. 4 0-54
“Qoniqarsiz” Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz»
12
baholanadi: - reja noto‘g‘ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo‘lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa; - kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa; - javoblar asosan o‘quv
adabiyotlaridan ko‘chirilgan bo‘lsa; - foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘lmasa; - foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo‘lsa; - rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa: - kurs ishini talabaning o‘zi xusni xati bilan bajarmagan bo‘lsa.
13
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI MAVZULARI 1. I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarining iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida. 2. I.Karimov asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish konstepstiyasi va islohatlar strategiyasining yoritilishi. 3. I.Karimov asarlarida o‘tish davri xususiyatlarining yoritilishi. 4. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. 5. Agrar munosabatlar va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni. 6. Agrar sohaning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 7. Agrobiznes va uning bozor tizimidagi xususiyatlari. 8. Aksionerlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni. 9. Aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish. 10. Aholi bandligi muammosining iqtisodiy mohiyati. 11. Aholi daromadlari va ularning shakllanish manbalari. 12. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari. 13. Banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish. 14. Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari. 15. Bank tizimi - moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida. 16. Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli. 17. Birja - bozor infrastrukturasining asosiy bo‘g‘ini sifatida.
14
18. Bozor islohotlari mohiyati va o‘tish davridagi o‘ziga xos xususiyatlari. 19. Bozor munosabatlarini shakllantirishda infratuzilmaning roli. 20. Bozor iqtisodiyoti, uning shakllanishi va rivojlanish shart-sharoitlari. 21. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning andozalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 22. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida taqchillik va uni bartaraf etish vositalari. 23. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, uning xususiyatlari va davomiyligi. 24. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 25. Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida. 26. Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari. 27. Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilishi. 28. Bozorni segmentlashtirish va uning asosiy mezonlari tahlili. 29. Bozorning iqtisodiy mazmuni, uning vazifalari va turlari. 30. Byudjet taqchilligi, uni bartaraf etish yo‘llari. 31. Byudjet: uning shakllanishi va taqsimlanishining iqtisodiyotdagi ahamiyati. 32. Davlat byudjetining kamomadlik muammosi va uni bartaraf etish imkoniyatlari. 33. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari. 34. Davlatning iqtisodiy vazifalari. 35. Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari. 36. Davlatning pul- kredit va monetar siyosati. 37. Daromad: mohiyati, shakllanishi va taqsimlanishi. 38. Daromadlar tengsizligi, uning ijtimoiy jihatlari. 39. Daromadlar tengsizligining vujudga kelishi va uning sabablari. 40. Er rentasi va uning turlari.
15
41. Jamg‘arma va unga ta’sir etuvchi omillar. 42. Jamiyatning iqtisodiy potenstiali va undan oqilona foydalanish yo‘llari. 43. Jahon bozori va uning iqtisodiy mohiyati. 44. Jahon xo‘jaligi taraqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari. 45. Jahon xo‘jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. 46. Jahonning global iqtisodiy muammolari. 47. Ijtimoiy – iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. 48. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish, uning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi o‘rni.
49. Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondoshuvlar. 50. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning andozalari. 51. Iqtisodiyot nazariyasi fanining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. 52. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va uning iqtisodiy muvozanatga ta’siri. 53. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati, shakllari va usullari. 54. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi. 55. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli. 56. Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi. 57. Iqtisodiyotning stiklligi to‘g‘risida turlicha nazariyalar. 58. Iqtisodiy o‘sishning hozirgi zamon shakli va uning yangicha sifati. 59. Iqtisodiy jamg‘arish mohiyati va manbalari. 60. Iqtisodiy inqirozlar, ularning turlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari. 61. Iqtisodiy inqirozlarning iqtisodiy mohiyati. 62. Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi. 63. Iqtisodiy qonunlar va ularning amal qilish mexanizmi. 64. Iqtisodiy muvozanatlikning mohiyati va unga erishish yo‘llari. 65. Iqtisodiy raqobat mohiyati, uni amalga oshirish zarurati. 66. Iqtisodiy rivojlanish to‘g‘risidagi asosiy nazariyalar.
16
67. Iqtisodiy o‘sish - ijtimoiy taraqqiyot omili sifatida. 68. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari. 69. Iqtisodiy o‘sishning turlari va ahamiyati. 70. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari. 71. Iqtisodiy xarajatlar tarkibi, ularni kamaytirish yo‘llari. 72. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganish usullari. 73. Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga ta’sir etuvchi omillar. 74. Investistiyaning mohiyati, manbalari va shakllari. 75. Inflatsiya mohiyati, uni bartaraf etish imkoniyatlari. 76. Inflatsiya, uning kelib chiqishi va oqibatlari. 77. Iste’mol va unga ta’sir e’tuvchi omillar. 78. Ish haqi: mohiyati, turalari va prinstiplari. 79. Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari. 80. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va tarkibiy qismlari. 81. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omili sifatida. 82. Ishlab chiqarish omillari va ularga tavsifnoma. 83. Ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy mohiyati. 84. Ishlab chiqarish samaradorligi - korxona faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida. 85. Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari. 86. Ishchi kuchi migrastiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari. 87. Qiymat qonuni va uning vazifalari. 88. Qiymatning miqdori va unga ta’sir etuvchi omillar. 89. Qimmatbaho qog‘ozlar bozorining o‘ziga xos xususiyatlari. 90. Qimmatli qog‘ozlar va ularning turlari. 17
91. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish - iqtisodiy erkinlikni ta’minlash omili sifatida. 92. Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi. 93. Korxona xarajatlari, ularning tarkibi va turlari. 94. Kreditning mohiyati va vazifalari. 95. Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli. 96. Makroiqtisodiyot, uning maqsadlari va vazifalari. 97. Makroiqtisodiyotning fundamental vazifalari. 98. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tarkibi va mohiyati. 99. Makroiqtisodiy nisbatlar va unga ta’sir etuvchi omillar. 100. Marketing va uning asosiy vazifalari. 101. Marketing va uning vazifalari. 102. Menejment - korxonani boshqarish san’ati sifatida. 103. Menejment tushunchasi va uning tamoyillari. 104. Mehnat munosabatlari va ularning O‘zbekistonda tartibga solinishi. 105. Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish - rivojlanish omili sifatida. 106. Mehnat unumdorligi va uning asosiy omillari. 107. Mehnat unumdorligi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. 108. Milliy boylik, uning tarkibi va ko‘paytirish omillari. 109. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va ko‘paytirish yo‘llari. 110. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari. 111. Moliyaviy munosabatlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. 112. Moliyaning mohiyati va vazifalari. 113. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni O‘zbekistonda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. 114. Mulkchilik munosabatlari-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri sifatida. 115. Mulkchilik munosabatlari va ularning jihatlari.
18
116. Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari. 117. Mulkchilikning shakllari va ularning amal qilishi. 118. Narx iqtisodiy kategoriya sifatida. 119. Narx turlari va ularga tavsifnoma. 120. Narxning mohiyati va vazifalari. 121. Natural va tovar xo‘jaligi, ularning belgilari. 122. Xususiylashtirish, uning zaruriyati va O‘zbekistondagi o‘ziga xos xususiyatlari. 123. Pul muomalasi qonunining iqtisodiy mohiyati. 124. Pul tizimi va uning evolyustiyasi. 125. Pul to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar va hozirgi zamon pulining tabiati. 126. Pulning iqtisodiy mohiyati. 127. Pulning mohiyati va asosiy vazifalari. 128. Raqobat - bozor iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida. 129. Raqobat kurashining shakllari va usullari. 130. Raqobatning ob’ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari. 131. Raqobatning turli modellarida narxning shakllanishi. 132. Reklama- korxona marketingining asosiy vositalaridan biri sifatida. 133. Soliqlar va ularning vazifalari. 134. Sostial - iqtisodiy tizimlar va ularning taraqqiyot bosqichlari. 135. Sostial - iqtisodiy ehtiyojlarning tarkibi va qondirilish omillari. 136. Sug‘urta tushunchasi va uning ahamiyati. 137. Sug‘urta: mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni. 138. Tadbirkorlik kapitali, uning harakat bosqichlari va aylanishi. 139. Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf - xarajatlari va foydasi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida O‘zbekistonning o‘rni. 140. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari. 141. Taklifning iqtisodiy mazmuni va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar.
19
142. Talab va taklifning o‘zaro bog‘liqligi. Bozor muvozanati va uning turlari. 143. Talab- taklif muvozanati- farovonlik garovi. 144. Talabning iqtisodiy mazmuni va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar. 145. Talab-taklif muvozanati farovonlik garovi. 146. Tannarxning mohiyati va uni kamaytirishning korxona uchun ahamiyati. 147. Tijorat banklari va ularning iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 148. Tovar va uning xususiyatlari. 149. Transmilliy korporastiyalar, ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni. 150. Uzbekistonda milliy pul tizimini mustaxkamlash vazifalari. 151. Uzbekistonda solik tizimining uziga xos xususiyatlari. 152. O‘zbekiston tashqi savdo munosabatlari geografiyasining sifat jihatidan o‘zgarib borishi. 153. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va davlatning ijtimoiy siyosati. 154. O‘zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari. 155. O‘zbekistonda ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini qayta qurish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muammolari. 156. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi. 157. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyotning va mulkdorlar sinfining shakllanishi. 158. O‘zbekistonda milliy bozorni shakllantirish vazifalari. 159. O‘zbekistonda milliy pul tizimini mustahkamlash vazifalari. 160. O‘zbekistonda moliya bozorining shakllanishi. 161. O‘zbekistonda moliya tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari. 162. O‘zbekistonda narx siyosati. 163. O‘zbekistonda soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. 164. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi.
20
165. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining bosqichlari va vazifalari. 166. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borish muammolari. 167. O‘zbekistonning iqtisodiy resurs salohiyati va ulardan tejamli foydalanish yo‘llari. 168. O‘tish davri iqtisodiyoti nazariyasi. 169. Fan-texnika taraqqiyoti- iqtisodiy rivojlanish omili sifatida. 170. Fiskal siyosat, uning mohiyati va tashkiliy vositalari. 171. Foyda va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar. 172. Xalqaro valyuta munosabatlari. 173. Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi. 174. Xalqaro iqtisodiy integrastiyaning mohiyati, turlari va ob’ektiv asoslari. 175. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning faoliyati. 176. Xalqaro kapital bozori va uning rivojlanish asoslari. 177. Xalqaro kredit va uning jahon iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli. 178. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning zarurligi. 179. Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmi. 180. Xissadorlik jamiyatlari va ularning tashkil etilishi. 181. Hozirgi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbai sifatida. 182. Hozirgi davrdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roliga qarashlarning o‘zgarishi. 183. Hozirgi zamonning umumbashariy muammolari. 184. Xususiy mulkning mohiyati va O‘zbekistonda uni rivojlantirish muammolari. 185. Xususiy mulkchilik tarmog‘ini kengaytirish – mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. 186. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni.
21
187. Yagona tarif tizimi, uning maqsadi va vazifalari. 188. Yalpi ishchi kuchi va uning takror hosil etilishi. 189. Yalpi taklif va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar. 190. Yalpi talab va uning hajmiga ta’sir e’tuvchi omillar. 191. Yalpi talab va yalpi taklif nisbatlari. 192. YaMM va YaIM, ularni hisoblash usullari.
22
KURS ISHI TITUL VARAG‘INI RASMIYLASHTIRISH BO‘YICHA NA’MUNA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET IQTISODIY TA’LIM VA TURIZM KAFEDRASI «IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan K U R S I S H I Mavzu: _______________________________________________ _______________________________________________________ Bajardi: _______ __________guruhi talabasi _________________ (imzo) (ismi sharifi) Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2015 y. Baho “_____” ___________ Ilmiy rahbar: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) Komissiya a’zolari: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) Buxoro – 2015 yil 23
KURS ISHI MAVZUSI REJASINI TUZISH BO‘YICHA NA’MUNA
Mavzu: Inflatsiya: mohiyati, uni bartaraf etish imkoniyatlari M U N D A R I J A : Kirish…………………………………………………………………………..….……. 4
1-bob. Inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida 1.1. Inflatsiya iqtisodiy kategoriya sifatida. Inflatsiya sabablari…..………………………………………………………………………….…… 7 1.2. Inflatsiya turlari. ...…..……...………………………..................................... 11 1.3. Inflatsiyaning asosiy oqibatlari …..……………………...….……….………15
2-bob. Inflatsiyaga qarshi kurash tajribasi. 2.1. Inflatsiyaga qarshi kurashning tarixiy tajribasidan …...………….... 19 2.2. Rivojlangan mamlakatlar ning Inflatsiyaga karshi kurash tajribasidan……………………………………………………………………………...22 2.3.
O‘zbekistonda Inflatsiyaga karshi kurashning asosiy usullari….………………………………………………………………………………....26
Xulosa………..…...…………………………………………………..……………..….… 29 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………..……………...……….….…….…… 31
Tayanch iboralar..................................................................................................... 32 Ilovalar……………...………..……………..……………...…………………….……33
24
ILMIY RAHBARNING KURS ISHIGA TAQRIZ BLANKASI KURS ISHI UCHUN TAQRIZ Fakultet.......................................................... “Ijtimoiy – iqtisodiy”
Kafedra ................................................ “Iqtisodiy ta'lim va turizm” Fan ............................................................. “Iqtisodiyot nazariyasi”
Guruh................................................................................................................. Talaba familiyasi va ismi-sharifi............................................................
Kurs ishi mavzusi......................................................................................... ..............................................................................................................................
Kurs ishining tarkibi.................................................................................. Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro‘yxati:.......... .............................................................................................................................. ..............................................................................................................................
Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko‘rsatgichi)....................................................................................................
Kurs ishining ijobiy tomonlari................................................................. ...............................................................................................................................
Kurs ishining kamchiliklari...................................................................... ...............................................................................................................................
Kurs ishiga qo‘yilgan baho......................................................................... Kurs ishiga rahbarning familiyasi va ismi-sharifi............................
25
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi. T.: O‘zbekiston, 2007 2. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida. 1991 yil 14 iyun. - T.: “Adolat”, 2004. 3. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida. 1998 yil 5 may. – T.: “Adolat”, 2004. 4. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Qimmatli qog‘ozlar bozorining amal qilishi to‘g‘risida. 1996 yil 25 aprel.- T.: “Adolat”, 2003. 5. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida. 1996 yil 25 aprel. - T.: “Adolat”, 2003. 6. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida. 1991 yil 19 noyabr.- T.: “Adolat”, 2003. 7. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Mehnat muhofazasi to‘g‘risida. 1993 yil 6 may.- T.: “Adolat”, 2002. 8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. - T.: “Adolat”, 2001. 9. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida. 1996 yil 27 dekabr.- T.: “Adolat”, 2001. 10. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Birja va birja faoliyati to‘g‘risida. 1992 yil 2 iyul.- T.: “Adolat”, 2001. 11. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Ijara to‘g‘risida. 1991 yil 19 noyabr. - T.: “Adolat”, 2000. 12. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida. 1999 yil 14 aprel. – T.: “Adolat”, 1999.
26
13. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Bank va bank faoliyati to‘g‘risida. 1996 yil 5 aprel. - T.: “Adolat”, 1999. 14.
O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 1997 yil 29 avgust. - T.: “Adolat”, 1997. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2008 yil 2 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmoni 2008 y 2 fevral .Xalq so‘zi. 2008 3 fevral. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investistiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 2005 yil 11 aprel. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida. 2005 yil 30 aprel. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 2005 yil 20 iyun.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida. 2003 yil 20 avgust. 20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida», 2001 yil 22 avgust, 347-son.
27
21. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari / I.A.Karimov. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b. 22. “Buyuk mamlakatning qutlug‘ shodiyonasi” Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Resublikasi mustaqilligining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi. “Xalq so‘zi”, 2009 yil 1 sentyabr. 23. “Tarixi boy buguni go‘zal, kelajagi buyuk shahar” Prezident Islom Karimovning Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisidagi nutqi. . “Xalq so‘zi”, 2009 yil 2 sentyabr. 24. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch.T.:Ma’naviyat, 2008,176-b. 25. Mamlakatimizni modernizastiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2009 yil 14 fevral. 26. O‘zbekiston 16 yillik taraqqiyot yo‘li. I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma (2007 yil 30 avgust) majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi, 2007 yil 31 avgust. 27.
I.A. Karimov. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng 28
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. «Xalq so‘zi»,2007 yil 13-fevral. 28. «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li». O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi, 2007 yil 31-avgust. 29. Karimov I.A. Inson, uning huquqlari va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. «Xalq so‘zi», 2005 yil 8 dekabr. 30. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizastiya va isloh etishdir. T.: “O‘zbekiston”, 2005. 31. Karimov I. A. Eskicha qarashlar va yondoshuvlar bilan yangicha hayot qurib bo‘lmaydi. - T.: “O‘zbekiston”, 2005. 32. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. T.: “O‘zbekiston”, 2005. 33. Karimov I.A. Mavjud imkoniyat va resurslardan oqilona foydalanish – taraqqiyot omili. - T.: “O‘zbekiston”, 2004. 34. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo‘limiz. T.: “O‘zbekiston”, 2002. 35. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va
islohotlarni chuqurlashtirish – eng muhim vazifamiz. T.:”O‘zbekiston”. 2000. 36. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.: “O‘zbekiston”, 2000. 37. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: “O‘zbekiston”, 1998.
29
38. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O‘zbekiston”, 1997. 39. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: “O‘zbekiston”, 1995. 40. Karimov I.A. O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.: “O‘zbekiston”, 1993.
41. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Media» nashriyoti, 2013. – 794 b. 42. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2009. – 734 b. 43. O‘lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. – 480 b.
44. Экономическая теория.: Учебник. /И.К.Станковская, И.А.Стрелец. 3-е изд., испр. – М.: «Эксмо», 2009. – 448 с. 45. Экономика.: Учебник. /Самуэлсон Пол Э., Нордхаус Вильям Д. 18-е изд.: Пер с англ. – М.: ООО «И.Д.Вильямс», 2009. – 1360 с. 46. Экономикс: принципы, проблемы и политика: Учебник. /Макконнел К.Р., Брю С.Л. 17-изд. - М.: ИНФРА-М, 2009. – 916 с. 47. Экономическая теория. Микроэкономика-1,2: Учебник. /Под общ. ред. Заслкженного деятеля науку РФ, Г.П.Журавлевой. – 4-е изд., испр. и доп. – М.: «Дашков и К», 2008. – 934 с. 48. Экономическая теория.: Учебник. /С.С.Носова. 2-е изд., стер. – М.: «КРОНУС», 2008. – 800 с.
30
49. Экономическая развития: модели
становления рыночной экономика: Учебник. /Р.М.Нуреев. 2-е изд., перераб и доп.. – М.: «НОРМА», 2008. – 640 с. 50. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O‘rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik (lotin yozuvida). - T. “Iqtisod-moliya”, 2007. –320 b. 6. O‘quv qo‘llanmalar. 51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Tuzuvchilar: B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G‘afurov, B.K. To‘xliev. -T.: Iqtisodiyot, 2009.-120 b. 52. Xodiev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘afurov U.V. va boshqalar O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. T.: TDIU, 2007. 53.
Bekmurodov A.Sh., G‘afurov U.V. O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizastiyalash: natijalar va ustuvor yo‘nalishlar. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU, 2007. 54. Shodmonov Sh., G‘afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T.: TDIU, 2009. 55.
Shodmonov Sh., G‘afurov U. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Ilmiy- ommabop nashr. – T.: TDIU, 2007. 56. Shodmonov Sh., G‘afurov U. Iqtisodiyot asoslari. Ilmiy-ommabop nashr. – T.: TDIU, 2007. 57. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. - T.: Yangi asr avlodi. 2004.
31
58. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. - T.: Yangi asr avlodi. 2004. 59.
T.: TDIU bosmaxonasi. 2007. Shodmonov Sh, Minovarova G va Xalilov M. ”Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmuasi. “Iqtisodiy ta’limdagi o‘qitish texnologiyasi” seriyasidan. T.: TDIU, 2007 , 277 b.
60. Shodmonov Sh va Minovarova G.”Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv uslubiy ta’lim texnologiyasi. “Iqtisodiy ta’limdagi o‘qitish texnologiyasi” seriyasidan. T.: TDIU, 2007 , 323 b. 61. Экономическая теория для бакалавров: учеб. пос../С.С.Носова, В.И.Новичкова. - М.: КНО РУС, 2009. – 368 с. 62. Экономическая теория: Новейшие течениния Запада: /Худокормов А.Г. - М.: ИНФРА-М, 2009. – 416с. 63. История экономических учуний. учебное пособие./Под. ред. В.Автономова, О.Ананьина, Н.Макашевой. - М.: ИНФРА-М, 2009. – 784 с. 64. Экономическая теория: Экспресс курс: учеб. пос./ кол. авторов; под. ред. Грязновой А.Г. и др. 4-е изд., стер. - М.: КНОРУС, 2008. 608 с. 65. Экономическая теория: Экспресс курс: учеб. пос./ кол. авторов; под. ред. Грязновой А.Г. и др. 4-е изд., стер. - М.: КНОРУС, 2008. 608 с. 66. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo‘raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. -T.: Moliya. 2002. 67.
Современная экономическая теория: проблемы разработки и преподавания. / Под ред. Хубиева К.А. -
факультет МГУ, ТЕИС, 2002. 68. Шаститко А.Е. Новая институциональная экономическая теория. М.: Экономический факультет МГУ, ТЕИС, 2002.
32
69. Развитие отраслей социальной сферы в переходной экономике./Под ред. Е.Н.Шилцова, П.Н.Поманова. - Экономический факультет МГУ, ТЕИС. 2001. 70.
Курс экономической теории: Общие основы экономической теории. Микроэконмика. Макроэкономика. Основы национальной экономики: Учебное пособие / Под ред. д.э.н., проф. А.В.Сидоровича. – М.: «Дело и Сервис», 2001. 71. Мищкевиц А.А. Сборник заданий по экономике. В.3-х книгах. Кн. 1. Задачник по микроэкономике с решениями. - М.: Вита-Пресс, 2001.
7. Ilmiy monografiyalar, maqolalar. 72. Bekmurodov A., Boltaboev M., G‘oyibnazarov B., Amonboev M., Toshxo‘jaev M. O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 1-qism. Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy islohotlar. T.: TDIU, 2005. – 60 b. 73. Bekmurodov A., Hakimov R., Safarov B., Zaxidov G. O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 2-qism. Qishloq xo‘jaligida islohotlar va fermerlik harakati. T.: TDIU, 2005. – 58 b. 74. Bekmurodov A., Sattorov S., To‘raev J., Soliev Q., Ro‘ziev S. O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 3-qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. T.: TDIU, 2005. – 67 b. 75. Bekmurodov A., Tojiev R., Qurbonov X., Alimardonov M. O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 4-qism. Moliya va bank tizimidagi islohotlar samarasi. T.: TDIU, 2005. – 63 b. 76. Bekmurodov A., Toirov Sh., Maxmudov E., Isakov M., To‘raev N. O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 5-qism. Tashqi iqtisodiy siyosat: savdo va investistiyalar oqimlari. T.: TDIU, 2005. – 62 b. 33
77. Hamroev O.H. Iqtisodiy muvozanat va uni ta’minlash mexanizmlari. – T.: TDIU, 2004. 78. Кушлин В. И. Траектории экономических трансформаций. - М.: ЗАО изд. Экономика. 2004. 79. Гречишкина И. В., Шаститко А. Е. Экономический анализ применения антимонопольного законодательства (злоупотреблений доминирующим положением). - М.: Экономический факультет МГУ, ТЕИС, 2003. 80. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «Yangi asr avlodi», 2001.
81. Amanov E.E. Islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida iqtisodiy o‘sish va uning omillari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertastiya. T., 2005. 82. Jalilov F. Bozor islohotlarini amalga oshirishda tashqi iqtisodiy omillarning roli. Iqtisodiyot magistri darajasini olish uchun yozilgan magistrlik dissertastiyasi. T., 2005. 83. Islomov Sh. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va uning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiyot magistri darajasini olish uchun yozilgan magistrlik dissertastiyasi. T., 2003. 84. Ma’rupov Z. O‘zbekiston o‘tish davri iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishlar va ularning xususiyatlari. Iqtisodiyot magistri darajasini olish uchun yozilgan magistrlik dissertastiyasi. T., 2003. 85. Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertastiya avtoreferati. T., 2001. 34
86. Iqtisodiyotni modernizastiyalash va isloh etish – barqaror o‘sishni ta’minlashning bosh yo‘li. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalar tezislari. – T.: TDIU, 2005 yil 16 aprel. 10. Gazeta va jurnallar. 87.
Гулямов С. Климат для инвесторов. Узбекистан – страна больших экономических и инвестиционных возможностей. Труд, №73 (24755), 26 апреля 2005 г. 88.
Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики в Узбекистане: общие принципы и правовая база. - Экономическое обозрение, №2, 2004. 89.
Shodmonov Sh. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va kredit. Maxsus nashr, 2001. 11. Statistik ma’lumotlar to‘plamlari. 90.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Samarali iqtisodiy siyosat markazi. O‘zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh, 2004 yil. №8, mart, 2005 yil. 91.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil statistik axborotnomasi, T., 2005. 92. Экономика Узбекистана. Аналитический обзор за 2003 год. Центр эффективной экономической политики. Т., 2004. 35
93.
www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti. 94. www.uza.uz – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti. 95.
www.ceep.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti. 96. www.ziyonet.uz 97. www.buxdu.uz
36
MUNDARIJA Umumiy qoidalar ........................................................................ 3 Kurs ishining mavzusini tanlash va uni bajarish muddatlari .................................................................................... 5 Kurs ishining tuzilmasi va mazmuni ....................................... 6 Kurs ishini rasmiylashtirish .................................................... 10 “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzulari ......... 13 Kurs ishi titul varag‘ini rasmiylashtirish bo‘yicha na’muna ...................................................................................... 22 Kurs ishi mavzusi rejasini tuzish bo‘yicha na’muna ........... 23 Ilmiy rahbarning kurs ishiga taqriz blankasi ....................... 24 Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati ................................. 25
37
МУҲАРРИР: И. СУБҲОНИЙ ТЕХНИК МУҲАРРИР: А. НИЁЗОВ Nashriyot litsenziyasi A-1 № 178. 08.12. 2010. Original maketdan bosishga ruxsat etildi. 03.07. 2015. Bichimi 60x84. Kegli 14 shponli. «Times» garn. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi. Bosma tabog‘i 2,25. Adadi 100 nusxa. Buyurtma № 57. “Sadriddin Salim Buxoriy” MCHJ huzuridagi “DURDONA” nashriyoti: Buxoro shahri, Namozgoh ko’chasi, 97. Bahosi kelishilgan narxda. MCHJ “Sharq-Buxoro” bosmaxonasida chop etildi. Buxoro shahri, O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasi, 70/2-uy. Tel.: (0-365) 222-46-46. Document Outline
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling