17
Rayhon hijriy 403 yil (1012-1013) keksayib vafot etdi deb ko’rsatadi . Bu sana
albatta noto’g’ri, 403 yil emas, 443 yil bo’lishi mumkin. Shunda Beruniy
1051-1052- yillarda vafot etganligi kelib chiqadi.
Yoqut Hamaviy olim hayotining oxirgi daqiqalarida uning yonida
bo’lgan bir kishining hikoyasini keltiradi. Bu Beruniyning yaqin kishilaridan qoziy
Valvalojiy bo’lib, bunday deydi: “Men Abu Rayhon huzuriga u og’ir nafas
olayotgan xirillab jon berayotgan vaqtda kirdim. U mendan meroslarni noto’g’ri
bo’lishi haqida aytganlaringni takrorlab ber” deb so’radi. Men unga rahmim kelib
shunday ahvoldaya dedim. U esa: “ey Valvalojiy men uchun bu masalani bilib
dunyodan o’tib ketish bilmay o’tib ketishdan yaxshi emasmi? ”- dedi. Men u
masalani takrorlab berishga majbur bo’ldim. U buni yodda saqladi. Keyin menga
bu haqda o’ylaganlarini aytib berdi, shundan so’ng men chiqib ketdim. Ko’chaga
chiqishim bilan uning uyidan yig’i ovozi eshitildi”
35
.
Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod etdi. Akademik
I.Y. Krachkovskiy so’zi bilan aytganda u qiziqgan sohalardan ko’ra qiziqmagan
sohalarni sanab chiqish osonroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: