Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi


Download 1.92 Mb.
bet50/182
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1491862
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
Bog'liq
Mustaqil ish global iqtisodiy

Sof raqobat — modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama–qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

  • sotuvchi va xaridorning katta miqdori;

  • differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;

  • bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.

Sof raqobatda talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi.
Narx ustidan nazorat darajasi yuqori. Narx ustidan nazorat yetakchi firma birinchi bo‘lib narxlarni o‘zgartirsa, qolganlari unga ergashsa, yetakchilikning «Firmaga qarab tekislaning!» prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bunday bozorda bozordagi hamma sotuvchilarga zarar keltirishga tahdid qiluvchi narx urushi xavfi bor.
Raqobatli firmalar ko‘p bo‘lgan bozorda raqobat yuqori, ularning soni kamroq joyda – raqobat kam yoki yo‘q, deb hisoblash noto‘g‘ri. Ko‘pincha, bozorda 2-3 firma faoliyat yuritsa-da, ularning bozordagi jamlangan ulushi o‘ta yuqori 70-90% bo‘lishi kuzatiladi, shuning uchun ushbu raqobat bozordagi raqobat darajasi yuqori sifatida belgilanadi va u joyga kirish o‘ta qiyin hisoblanadi.
Monopolistik yoki nomukammal raqobat. Monopolistik raqobat sof raqobat bilan monopoliya o‘rtasidagi holat bo‘lib, u differensiatsiya strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, raqobatchilar juda ko‘p bo‘lib, ularning tovarlari differensiyalangan, ya’ni xaridorlar nuqtayi nazaridan ular ajralib turuvchi sifatlarga egadir.
Monopolistik (nomukammal) raqobat bozorida raqobatchilar soni yuqori (biroq sof raqobat bozoridagidan kam), ularning kuchi taxminan teng, lekin ularning tovarlari differensiallashgan (sifati, sotish shartlari, do‘konning joylashgan yeri va uning ish vaqti, joylash, reklama, savdo belgisi bo‘yicha). Narx ustidan nazorat cheklangan, monopollashgan raqobatli tarmoqqa kirish oson amalga oshiriladi, lekin mahsulotning xususiy xilma-xilligi va reklamaga ishlab berishga qo‘yilmalar zarur. Narxsiz raqobat ustun turadi. Narxsiz (bahosiz) raqobatning rivojlanishiga imkon bermaydigan sifat darajasida katta farqlar bo‘lmagan standartlashtirilgan mahsulotlar bozorida sof raqobat vaziyati o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ushbu narxda xaridor uchun qaysi sotuvchidan xarid qilish farqsiz. Har bir firma ishlab chiqarish umumiy hajmining narx ustidan nazorat bo‘lmagan uncha katta bo‘lmagan qismini ishlab chiqaradi. Tovarga narx unga bo‘lgan talab va taklifning nisbatigagina bog‘liq bo‘ladi. Sotuvchilar daromad (foyda)lari darajasidagi farq ishlab chiqarish sarfi darajasida va tovarlar taqsimlanishi bilan bog‘liq.
Kompaniya uchun yagona mumkin bo‘lgan xarid chegarasi bozordagi narxning yuzaga kelgan darajasiga bog‘liq holda tovar ishlab chiqarish yoki sotish hajmini o‘zgartirish (variatsalash) hisoblanadi (qulay narxlar bo‘lganda ishlab chiqarishni ko‘paytirish naxlar pasayganda ishlab chiqarishni kamaytirish).
Iqtisodiyot nazariyasi va hozirgi zamon amaliyoti ko‘rsatadiki, sof monopoliya va sof raqobat raqobat vaziyatining ikkita oxirgi (ideal) turi (ko‘rinishi) sifatida uzoq mavjud bo‘la olmaydi:
-samarasi kam kompaniyalar o‘z o‘rnini o‘zining rivojlanish davomida yiriklashadigan kompaniyalarga bo‘shatib, qashshoqlashadi: sof raqobat bozori oligopoliya yoki monopolistik raqobat holatiga o‘tadi;
-davlat tomonidan monopoliyadan chiqarish, yangi kompaniyalarning bozorga kirib borishi, boshqasining o‘rnini bosuvchi tovarlarning paydo bo‘lishi sof monopoliyalashgan bozor ham oligopoliya yoki monopollashgan raqobat holatiga intilishiga olib keladi.
Marketing tadqiqotlarida firma uchun muhimi raqobat darajasini va uning raqobatchilarining bozorda tutgan o‘rnini aniqlash hisoblanadi. Buning uchun nafaqat bozordagi raqobatchi firmalar sonini, shuningdek, ushbu bozordagi ularning ulushi miqdori va firmaning o‘zining bozorga oid ulushini ham bilish muhim.
Ma’lum tovarning bozordagi ulushga bog‘liq holda firma raqobat kurashida to‘rt xil rol o‘ynashi mumkin.

  1. Peshqadam (lider) (bozordagi ulushi – 40%), o‘zini boshqalarga nisbatan dadilroq his qiladi. Biroq ko‘pchilik unga yetib olishga urinadi, shuning uchun u yangi tovarni narxlash, sotish – (o‘tkazish)ni rag‘batlantirish sohasida birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatadi.

  2. Peshqadamlikka da’vogar (bozordagi ulushi–30%), peshqadamdan unchalik qolishmaydi, shuning uchun nafsoniyatli, peshqadamga hujum qilib turadi.

  3. Davom ettiruvchi yoki o‘rgatuvchi (bozordagi ulushi – 20%) – bu rol kuch va mablag‘larini tejab, peshqadam ortidan sezilarli masofada ergashib borish, uning tovarlarini nusxalashda ko‘rinadi.

  4. Nisher – bozordagi ulushi 10 % bo‘lib yetarlicha qanoatlangan miqdorda daromad oladi, ma’lum faoliyatga ixtisoslashadi, xaridorga ajoyib tovar yoki xizmatlar taqdim etadi. Bu rolda, qoidaga ko‘ra, yangi ish boshlaganlar bo‘ladi. Yangilar uchun, agar u o‘z joyi o‘sish imkoniyati bilan, lekin raqobatchilar uchun unchalik jozibador bo‘lmagan holda topgan bo‘lsa, muvaffaqiyatli (omadli) bo‘ladi.

Bozor ishtirokchilarining roli, ularning ichki va tashqi muhitiga ko‘plab omillarning ta’siri natijasida vaqti bilan almashadi. Masalan, avval o‘z ishini nisher sifatida boshlagan Sony bugungi kunda maishiy elektronika bozorida jahon peshqadami hisobalandi, 1973 – yilda mobil telefonni kashf etgan va 1983 yilda uni bozorga olib chiqqan Motorola bugungi kunda birinchilikni Nokiaga berib, jahonda ikkinchi o‘rinni band qildi va ikkinchi o‘rinni Samsungga bo‘shatib, uchinchi o‘ringa joylashdi.
Va nihoyat, raqobat tahlilida muhim payt tovar va firmaning raqobatbardoshligini aniqlash hisoblanadi. Raqobat ustuvorligini yaratish va tutib qolish asosida bozor muhitining 3 ta subyektining mos holda o‘zaro ta’siri va munosabatlari tahlili yotadi. Birinchi subyekt – ma’lum mahsulot ishlab chiqaruvchi «bizning firma». Ikkinchi subyekt – ushbu mahsulotni sotib olishi mumkin bo‘lgan xaridor. Uchinchi subyekt – «bizning» firmamiz ishlab chiqaradigan mahsulot bilan xaridorning ehtiyojini qanoatlantirishga tayyor turgan, unga ana shunday mahsulotni sotishga tayyor raqobatchilar. Bu «uchlik» da asosiy xaridor hisoblanadi.
Vositachilar - firma yoki jismoniy shaxslar ishlab chiqargan tovar va xizmat turlarini iste’molchilarga yetkazib berishga yordam beruvchi subyektlardir. Vositachilarning quyidagi turlari ko‘proq uchraydi:

  1. savdo vositachilari-mijozlarni qidirib topish va tovarlarni sotishga yordam beradi;

  2. logistika vositachilari - tovarlarni harakatlanishini tashkil qilishga ixtisoslashgan, tovarlarni transportirovka qilish va ularni saqlashga yordam beradigan firmalar;

  3. marketing vositachilari-marketing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar masalan, reklama, axborotlar va h.k.);

  4. moliyaviy vositachilar-operatsiyalarni moliyalashtirish va sug‘urtalashga yordam beradigan kredit-moliya muassasalari mavjud.

Savdo vositachilariga chakana va ulgurji savdogarlar kiradi.
Logistik vositachilar-tovarlarni omborlarda saqlash, ularni transportirovka qilish, taxlash va bir shahardan ikkinchi shaharga yuborish funksiyalari bilan shug‘ullanadilar.
Marketing vositachilari firmalar mahsulotiga talabni shakllantirish, bozorni o‘rganish, talabni optimallashtirishga yo‘naltirilgan choratadbirlarni amalga oshiradilar.
Moliyaviy vositachilar firmalarning bank opertsiyalarini, sug‘urtalash, kreditlar olish kabi funksiyalarini amalga oshirishga yordam beradilar.
Mahsulot yetkazib beruvchilar (ta’minotchilar) - bu kompaniya va uning raqobatchilarini resurs materiallari bilan ta’minlovchi firmalar yoki alohida shaxslar. Marketing bo‘yicha boshqaruvchilar o‘zlari ta’minlanadigan predmetning narxi, yetkazib berilishining me’yoriy va muntazam, sifatli bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishlari zarur, chunki bu borada turli xil tartib buzilishlari tayyor mahsulotlarni jo‘natish jadvalini izdan chiqarishi mumkin, demak savdo imkoniyatlari boy beriladi va firmaga nisbatan uning mijozlarining ishonchi yo‘qoladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling