Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi


Download 1.92 Mb.
bet38/182
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1491862
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   182
Bog'liq
Mustaqil ish global iqtisodiy

Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.7
Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiyhuquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizimda yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi.
Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab chiqishda korxonaning xususiyatlari: strategik maqsadlari, vazifalari, boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes turining soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar hisobga olinadi.
F.Kotler marketing tizimi tushunchasiga kompleks yondashib, uni jiddiy bozor munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta e’tibor beradi. Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida e’tibor qaratish zarur.
Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik yo‘nalishini belgilab beradigan tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va axborot oqimlari kompleksidir.
4.2. Makromarketing va mikromarketing

1986 – yilda F.Kotler megomarketing tushunchasini muomalaga kiritdi. Bu tushuncha maqsadli iste’molchilarga nafaqat tovar va xizmatlar taklif etish, balki bozor muhitining makro guruhlari bilan imkoniyat darajasida kelishilgan holda faoliyat olib borishni nazarda tutadi.
Ayirboshlashning maqsadi, u yoki bu faoliyatning natijalariga ko‘ra tijorat va notijorat marketingi farqlanadi. Tijorat marketingi – foyda olish maqsadida daromadi yuqori kompaniyalarda asosan, savdo va xizmatlar sohasida qo‘llaniladi. Ko‘p tarqalgan tovarlar va xizmatlar turlariga muvofiq shakllangan faoliyatdir.
Ijtimoiy tashkilotlarda – maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi, qariyalar pansionati kabilarda notijorat marketing tadbirlari o‘tkazilib, tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.8
Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy shakllari tavsiflangan.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling