Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi


Download 1.92 Mb.
bet45/182
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1491862
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182
Bog'liq
Mustaqil ish global iqtisodiy

Bo‘limlar

Faoliyat turi

Bozorni tadqiq qilish bo‘limi

Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning rivojlanish istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish. «Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish.

Mahsulot assortimentini rejalashtirish bo‘limi

Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish. Tovarning iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish.

Realizatsiya bo‘limi

Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot assortimenti bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish. Mahsulotni realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini aniqlash. Sotishni bashoratlash.

Firma do‘konlari

Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish. Sotish kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona obro‘- e’tiborini shakllantirish.

Reklama byurosi

Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini shakllantirish. Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish.

Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichmabosqich yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalarning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi.
Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiyalaridan biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – konstrukturlik ishlari) va b.
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat qilish bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchilarning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish– savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir. Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga (spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisobkitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash, bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish, bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar:
− funksiyalar bo‘yicha;
− mahsulot bo‘yicha;
− bozorlar bo‘yicha;
− iste’molchilar guruhi bo‘yicha; − hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi.
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi, tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil yondashadi.
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldindan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni “muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlarning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur.

4.2-rasm. Korxona marketingini marketing funksiyalari bo‘yicha boshqarishning chiziqli-funksional strukturasi
Marketing bo‘limi faoliyatini kadrlar bo‘limi ishi bilan muvofiqlashtirish marketing xizmati rahbarlariga marketing bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni aniqlash va jalb etishga yordam beradi. Takliflarni amalga oshiruvchi, suhbat o‘tkazuvchi va ehtimoliy nomzodlarni tanlovchi shaxslar qidirilayotgan odamning kelgusi ishlari tavsifini, uning statusini u tayinlanadigan bo‘limning boshqa xodimlari bilan xizmat bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini, uning xizmatda o‘sish istiqboli va ushbu ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy va umum ta’lim tayyorgarligi, shaxsiy sifatlari va ish tajribasidagi qobiliyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Shuning uchun marketing xizmatida o‘zining har bir xodimining xizmat majburiyatlarini va ular mos keladigan talablarni aniq tarifini tayyorlash uchun kadrlar bo‘limi bilan eng mustahkam aloqada bo‘lishlari zarur. Bu masala boshqa kasblardagi mutaxassislarga nisbatan marketing sohasidagi mutaxassislar uchun ancha murakkab.
Marketing bo‘limi va kadrlar bo‘limi hamkorlikda yo‘l-yo‘riqlar (instruktajlar) tavsifini va yangi ishchilar yaxshi tayyorlanishi va o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishlari uchun ularni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishlari zarur. Shu bilan birga umumiy yo‘l-yo‘riq odatda, kadrlar bo‘limi tomonidan o‘tkaziladi. Marketing bo‘yicha maxsus tayyorgarlik marketing bo‘limining majburiyati hisoblanadi.
Marketingni boshqarishning maqsadi firmaga marketing maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi marketing muhiti bilan o‘zaro munosabatni ta’minlashdan iborat. Kompaniyaning bozorga chiqishidan avval o‘z ichiga ham ichki, ham tashqi marketing muhitini o‘rganishni olgan marketing tadqiqotlari kompleksi olib boriladi. Har qanday faoliyat yurituvchi korxona, tashkilotning marketing sohasi biror-bir muhitda bo‘ladi. Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiylik kuchlari manbayidir. Unda faoliyat yuritish imkonini beruvchi quvvat mujassamlashgan. Ammo ichki muhit uning muammolari manbayi va hatto halokat sababchisi bo‘lishi mumkin.
Tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan marketingning ichki va tashqi sohalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ochiq tizim hisoblanib, tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling