Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi
Marketing tizimi tashqi muhit omillarining xarakteristikasi
Download 1.92 Mb.
|
Mustaqil ish global iqtisodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiysiyosiy omillar
- Ilmiytexnikaviy
- Ijtimoiymadaniy
Marketing tizimi tashqi muhit omillarining xarakteristikasi
Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish, yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning nisbatan pasayishi aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oilada bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori. Firmaning potensial xaridori qanchaligini, ular qancha Tovar sotib olishlarini ham bilish – aniqlay olishi muhim. Aholining to‘lovga qodirlik talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi, ish haqi miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi. Shuningdek, daromadlarning aholining turli xil guruhlari orasida taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning bir tekisda bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat ko‘rsatish uchun bozorning ma’lum bir segmentini tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak. Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish global masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois juda katta muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiytadqiqot va qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratadilar. Binobarin, marketing xizmati firma faoliyati uchun zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat nazorati ostiga o‘tmoqda va firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga olishlari zarur. Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Har qanday yangilik eskirgan namunalarini siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar va ishlab chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va muqobillarini qidirib topish bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa, turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning ahamiyati ortadi. Siyosiy omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ (me’yoriy) hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning xarakteri va shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish firma uchun bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga yordam beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish bir tomondan, qonunga bevosita amal qilinishini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy bajarish maqsadga muvofiqligini anglab yetishlariga yordam berishdir. Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, an’analar, qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) largagina ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga yo‘naltirishdan iborat. Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari faqat iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular mikro muhitning hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning makro muhiti uning mikromuhitining keng (hamma) elementlari (unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi. Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy kuchlardan shakllanadi. 1.Aksariyat mol yetkazib beruvchilar. Firma. Marketing bo‘yicha vositachilar. Mijozlar. Raqobatchilar. Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling