Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Download 52.05 Kb.
|
kamolov feruz kurs ishi
Olimlar nima deydi?
Misol uchun, pokistonlik olimlar — Tariq Majid va No‘mon Malik tomonidan 2015 yilda amalga oshirilgan tadqiqotda kambag‘allikni keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga savodxonlik darajasi ham kiritiladi. Bunda oila xo‘jaligining kambag‘allikka tushib qolishiga oila boshlig‘ining tajribasi, yoshi, jinsi va bandligi kabi omillar ta’sir qilishini keltirib o‘tadi. Shuningdek, oila boshlig‘i sifatida ayol kishi bo‘lishi kambag‘allikni keltirib chiqarishga ko‘proq ta’sir qiladi, degan g‘oya ilgari suriladi. Bu ayollarning ta’lim olish va daromad topishdagi imkoniyatlari yuqori emasligi bilan izohlanadi. Tadqiqotlar asosida, birinchidan, ta’lim olganlik darajasi bilan kambag‘allik teskari proporsional ekanligi, ikkinchidan, qishloq joylarda pul o‘tkazmalariga ega bo‘lganlar kambag‘allikka kamroq tushishayotganligi, uchinchidan, shaharlashib borish kambag‘allikni pasaytirishini va qishloq hududlarida esa oshishiga olib kelishini qayd etib o‘tadi. O‘z navbatida, tajriba, yosh va qishloq xo‘jaligida band bo‘lish kambag‘allikni keltirib chiqarmasligini asoslab beradi. AQShda monetar siyosatning samarali amalga oshirilishi asoschilaridan biri M. Fridmen daromadlar notengligi statistik taqsimotni aniq ko‘rsatmasligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, iste’mol jihatidan daromadlarning taqsimoti ularni yuzaga keltiruvchi sabablarga bog‘liq. Daromadlarning notengligiga sabablardan biri esa insonlarning qobiliyati teng taqsimlanmaganligi bilan bog‘liq. Ushbu tendensiyani olim H. Stakle ham ta’kidlasa, J. Minser inson kapitaliga investitsiyalar hamda daromadlarning tengsizligi omillarini aniqlagan va ularni baholagan. Insonlar daromadining notengligi inson kapitaliga qilingan investitsiyalarga bog‘liq ekanligi, investitsiya jarayoni erkin tanlovga asoslanishini qayd etib o‘tadi. Minser fikriga ko‘ra, katta maosh ko‘p o‘rganishni talab etadi. Shu bois kasblararo farq ularni o‘rganishdagi farqlar bilan izohlanadi va o‘rganish muddatlaridagi o‘zaro absolyut farq yillik daromaddagi foizli farqlarni keltirib chiqaradi. Bir kasbning bir necha egalari daromadlari o‘rtasidagi farq inson kapitali tajribasiga qilingan investitsiya muddatining uzaytirilganligi bilan bog‘liq. Umuman olganda, ta’lim, yosh va kasb kabi omillar insonlar daromadlari tabaqalanishida asosiy sabab ekanligi asoslab beriladi. S. Peng va boshqalar o‘zlarining tadqiqotlarida kambag‘allikni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil etib chiqadi. Ular kambag‘allik ehtimolini keltirib chiqaruvchi omillar sifatida quyidagilarni sanab o‘tadi: keksalik, ayol kishi bo‘lish, turmush o‘rtog‘ining bo‘lmasligi, ota yoki ona bo‘lmagan oilada katta bo‘lish, ishsizlik, davlat uyida ijarada turish, past savodxonlik va sog‘liq darajasi. Shuningdek, oilada nogiron yoki surunkali kasallikka chalingan odamning bo‘lishi. Ta’kidlash lozimki, oliy ta’lim olganlik kambag‘allik va minimal qashshoqlikdan saqlanishga yordam berishi aytiladi. Fikrimizcha, kambag‘allikni aniqlashga yordam beradigan omil sifatida daromadlarning shakllanishiga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Bunda daromad shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi sabablar va omillarni rivojlantirish yanada muhim. Bu esa kambag‘allikni bartaraf etishda asosiy rol o‘ynaydi. Jumladan, ta’lim tizimi va insonlar qiziqishi doirasida kasbga yo‘naltirishni rivojlantirish.
Download 52.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling