Fanning qisqacha bayoni:
– talabalarga iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiyalash
sharoitida mehnatni tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali
foydalanish muammolarini o‘rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini
oshirishning asosiy muammolarini aniqlash; bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining
shaklanishi va rivojlanishi muammolarini o‘rganish; aholining ish bilan bandligi va ishsizlikni
kamaytirishning yo‘llarini aniqlash; korxonaning ish haqi tizimini tahlil qilish va mehnat
ko‘rsatkichlari tahlili ; aholi turmush darajasi daromadlarini oshirish muammolarini o‘rganish;
mehnat sohasida aniq sotsiololik tadqiqotlar o‘tkazish tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni
o‘rgatishdan iborat..
Fanni o‘qitishdan maqsad – mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, mehnat
mohiyati namoyon bo‘lishining o‘ziga xos shakllari, chunonchi, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga
haq to‘lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog‘liq bir qator muammolarni o‘rganashdan
iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
mehnatning namoyon bo‘lish shakllari va funksiyalari;
ish joyini tashkil etish va unga qo‘yiladigan asosiy talablar;
mehnat resurslarining shakllanishi;
mehnat bozorining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari;
aholining ish bilan bandlik konsepsiyasi;
ish haqini tashkil etishning asosiy elementlari;
mehnat unumdorligini oshirish omillari va zahiralari;
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish omillari va mexanizmlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
aholini ish bilan bandligini tartibga solish mexanizmlarini;
mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga muhtoj shaxslar sonini aniqlash
uslubiyatini;
ish vaqti balansi ko‘rsatkichlarini hisoblashni;
mehnat unumdorligini o‘lchash usullari va ulardan foydalanishni;
korxonadagi mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ish vaqti yo‘qotishlarni aniqlash usullarini bilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |