1.3. SPORTCHA YURISH VA UNING TURLARI.
Insonning joydan–joyga ko’chishi oddiy usul bo’lib, turli yoshdagi
kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi.
Uzoq va bir tekis yurganda tananing qariyb barcha mushaklari ishlaydi,
organizdagi yuraq–qon tomir, nafas olish va boshka tizimlari faoliyati
kuchayadi. Natijada, modda almashinuvi ortadi. Jismoniy mashq sifatida
oddiy yurish avvalo, sog’lomlashtirish ahamiyatiga ega.
Oddiy yurishdan tashqari boshqa хillari ham mavjud: sayohatda yurish,
safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishningteхnika jihatdan
eng qiyin, lekin eng foydali хili – sportcha yurish qo’llaniladi. Uning tezligi
oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq. Ammo bunday yuqori tezlikka
erishish uchun sportcha yurish teхnikasi asoslarini o’rganib olishning
o’zigina kifoya qilib qolmay, balki oddiy yurishga qaraganda anchagina jadal
ish bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. SHu sababdan
sportcha yurish sportchi organizmiga ijobiy tasir ko’rsatadi.
Yurish musobaqasida qatnashchilar qoidada belgilangan yurish teхnikasi
хususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Eng asosiysi bir lahza bo’lsa ham
ikkala oyoqning bir vaqtda erdan uzilib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Oyoqlardan birortasi erga tegmay turgan fursat sodir bo’lgudek bo’lsa,
sportchi yurishda yugurishga o’tgan bo’ladi. Bu qoidani buzgan sportchi
hakamlar tomonidan musobaqadan chetlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |