Buxoro davlat universiteti kengashining 022/2023 O‘quv yili yig‘ilish bayoni
Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri R.S.Shukurovga ilmiy ijodiy ta’til
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1. 2022-2023 укув йили 1- КЕНГАШ баёни
1. Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri R.S.Shukurovga ilmiy ijodiy ta’til berish to‘g‘risida ESHITILDI: G. Zaripov (Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i) – kengash a’zolariga Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, professor R.Shukurovni bir necha yillar davomida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish olib borayotganligi aytib o‘tdi. “Talabalarda turon yakkakurashi vositasida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish” mavzusidagi (13.00.01-Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi) ixtisosligida doktorlik dissertatsiyasi mavzusi OAKning dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish elektron bazasiga kiritilganligi, R.S.Shukurovning doktorlik dissertatsiyasi tadqiqot natijalari 27 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 10 ta maqola, 3 tasi xorijiy jurnallarda 7 tasi respublika jurnallarida, ilmiy-amaliy anjumanlarda jami 12 ta shundan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda 7 ta, respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda 5 ta tezislar chop etilgan nashr etilgan. 1 ta hammualliflikda elektron o‘quv qo‘llanma guvohnomasi olingan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan 3 ta mualliflik guvohnomalari olingan. Kengash a’zolariga Buxoro davlat universiteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, professor R.S.Shukurovga 1 oy muddatda (05.09.2022-yildan - 05.10.2022-yilgacha) ijodiy ta’til berishni kengashdan so‘radi. Kengash raisi mazkur masalani kengash a’zolari hukmiga havola qildi. Kengash a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab – quvvatladilar. Qarshilar va betaraflar bo‘lmadi. Kun tartibidagi masala muhokama qilinib, kengash qaror qiladi: 1. Buxoro davlat universiteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri R.S.Shukurovga (05.09.2022-05.10.2022y) 1 oy muddatda doktorlik (PhD) dissertatsiyasi mavzusini yozib tugatish maqsadida ijodiy ta’til berilsin. 2. R.S.Shukurovning ijodiy ta’til davri uchun yo‘l xaritasi tayyorlansin va shu asosida ishlar amalga oshirilsin (mas’ul: Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i G.Zaripov va R.S.Shukurov). 3. R.S.Shukurovga ijodiy ta’tildan qaytgandan so‘ng kengashga o‘rnatilgan tartibda hisobot taqdim etsin (mas’ul: Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i G.Zaripov va R.S.Shukurov). 4. Mazkur qarorning ijro nazorati Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i G.Zaripov zimmasiga yuklatilsin. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling