Buxoro davlat universiteti kengashining 022/2023 O‘quv yili yig‘ilish bayoni


Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri R.S.Shukurovga ilmiy ijodiy ta’til


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/45
Sana30.08.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1671719
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
1. 2022-2023 укув йили 1- КЕНГАШ баёни

 
1. Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri R.S.Shukurovga ilmiy ijodiy ta’til 
berish to‘g‘risida
 
ESHITILDI: G. Zaripov (Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i) – kengash a’zolariga 
Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, professor R.Shukurovni bir necha yillar davomida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish olib borayotganligi aytib 
o‘tdi. “Talabalarda 
turon 
yakkakurashi 
vositasida 
sog‘lom 
turmush 
madaniyatini 
rivojlantirish” mavzusidagi (13.00.01-Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi) 
ixtisosligida doktorlik dissertatsiyasi mavzusi OAKning dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan 
o‘tkazish elektron bazasiga kiritilganligi, R.S.Shukurovning doktorlik dissertatsiyasi tadqiqot 
natijalari 27 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini 
chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 10 ta maqola, 3 tasi xorijiy jurnallarda 7 tasi respublika 
jurnallarida, ilmiy-amaliy anjumanlarda jami 12 ta shundan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda 7 ta, 
respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda 5 ta tezislar chop etilgan nashr etilgan. 1 ta hammualliflikda 
elektron o‘quv qo‘llanma guvohnomasi olingan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan 3 ta mualliflik guvohnomalari olingan. Kengash 
a’zolariga Buxoro davlat universiteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, professor 
R.S.Shukurovga 1 oy muddatda (05.09.2022-yildan - 05.10.2022-yilgacha) ijodiy ta’til berishni 
kengashdan so‘radi.
Kengash raisi mazkur masalani kengash a’zolari hukmiga havola qildi.
Kengash a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab – quvvatladilar. Qarshilar va betaraflar 
bo‘lmadi.
Kun tartibidagi masala muhokama qilinib, kengash qaror qiladi: 
 
1. Buxoro davlat universiteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri R.S.Shukurovga 
(05.09.2022-05.10.2022y) 1 oy muddatda doktorlik (PhD) dissertatsiyasi mavzusini yozib tugatish 
maqsadida ijodiy ta’til berilsin. 
2. R.S.Shukurovning ijodiy ta’til davri uchun yo‘l xaritasi tayyorlansin va shu asosida ishlar 
amalga oshirilsin (mas’ul: Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i G.Zaripov va 
R.S.Shukurov). 
3. R.S.Shukurovga ijodiy ta’tildan qaytgandan so‘ng kengashga o‘rnatilgan tartibda hisobot 
taqdim etsin (mas’ul: Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i G.Zaripov va R.S.Shukurov). 
4. Mazkur qarorning ijro nazorati Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i G.Zaripov 
zimmasiga yuklatilsin. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling