Buxoro davlat universiteti Pedagogik ta'lim fakulteti btu yo’nalishi
Download 14.94 Kb.
|
Hisobot (2)
Buxoro davlat universiteti Pedagogik ta'lim fakulteti BTU yo’nalishi guruh talabasi___________ ____________________ning 2021-yil 6-sentabrdan 31- yanvargacha bo’lgan amaliyotda Bajargan ishlari bo’yicha Hisoboti Biz ____________ guruh talabalari o’zimiz yashaydigan hududlarda malakaviy amaliyot o’tash uchun 2021-yilning 6-sentabridan 31- yanvargacha amaliyotni o’tadik. Shu davr mobaynida juda ko’p bilim va malakalarni o’rgandim. Ustozlarimning yo’l-yo’riq va ko’rsatmalari kata hayot maktabini o’tadi. Fakultetimiz dekani pedagokik amaliyotini ko’ngilli tarzda o’tkazishimiz muhimligini aytib o’tdilar. Bizga kerak bo’ladigan hujjatlar, daftar yuritish tartibi, kun tartibini to’g’ri taqsimlash, jurnal yuritishni o’rganish, ish rejani elektron va xomaki qo’l yozma nusxalarini yozib borish kerakligini, o’qituvchi va o’quvchilarga, maktabning barcha xodimlariga hurmatda bo’lishimiz kerakligini va maktabning o’ziga xos qoidalariga rioya qilishimiz kerakligini tushuntirdilar. Amaliyot rahbarimiz ________________ ham bizga kerakli ma’lumotlarni berib bordilar. Men _____ sinfiga biriktirildim. Sinf rahbari ________________ meni ochiq yuz bilan kutib oldilar va qo’llaridan kelgancha menga o’z yordamlarini va maslahatlarini ayamadilar. __________ sinf maktabda tartibi, intizomi, bilimi bilan har jihatdan boshqalarga o’rnak bo’ladigan sinf ekan. Yurtimizda bo’layotgan pandemiya sababli maktablarda darslar karantin qoidalariga muvofiq tashkil etilgan edi. Darslarni o’qituvchimiz bilan birgalikda tashkil qildik. Amaliyot davomida har bir dars jarayonini qiziqish bilan kuzatib, tahlil qilib yangidan yangi metodlarni o’rgandim. O’qituvchilar juda talabchan, tajribali, nutqi ravon, e’tiborli, mehribon, jonkuyar, qisqacha qilib aytganda mahoratli pedagog. Men o’qituvchidan eng avvalo darsni to’g’ri reja asosida, darsni to’g’ri taqsimlab o’tishni o’rgandim. Bu menga tajriba bo’ldi. Men amaliyot davrida jurnal yuritish, darsni boshqa fanlar bilan bog’lab multimediya va audio lavhalardan foydalanishni o’rgandim. Darslarga qo’limdan kelgancha taqdimot va ko’rgazmalar tayyorlab o’qituvchimga yordamlashdim. Bu tajribalar menga kelajakdagi faoliyatimnni yuritishda asos bo’ldi. Download 14.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling