Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 0.81 Mb.
bet31/36
Sana13.09.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1676676
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)

OB`EKTLARNING XOLATLARI



ESHITUV
XARAKAT

KURKUV
XARAKAT

30 CHAPDA

4,8

100

URTASIDA

92

98

30 UNGDA

33,5

100



Olingan natijalar yarim eshgacha bolalar rivojining o`ziga xosligi to`g’risida umumlashma bo`lib hisoblanadi. Ma`lumotlardan kurinib turibdiki, eshituv xarakati orkali ular kayta fazoviy joylashuvidan, ko`rish burchagidan qat`iy nazar ob`ektlari idrok qilish, unga o`z munosabatini bildirish qo`rquv, ya`ni ko`z xarakatiga nisbatan qiyin ekchishi namoyon bo`lmokda, bu xolat boshka mamlakatlarda o`tkazilgan tajriba natijadariga o`xshab ketadi. Ularning xulosalariga kura, besh oylik, bolalarda jism xajmiga nisbatan moslashish kuchli ekanligi, gudaklarning xarakatlari esa kuyilgan ob`ektni ushlash, paypaslash, his kilishga yo`nalganligi saklanib qolishi ko`zatiladi.
T. Bauer bir yarim eshli gudaklar barcha jismlarni topish, saralash imqoniyatiga ega ekanligini ta`kidlab, mazkur jarayon to`rt boskichda amalga oshirishini uktirib utadi:

  1. Xilmaxil vazndagi jismlarga nisbatan differentsial reakiiyalar mavjud emas.

  2. Xar xil vazndagi jismlarga nisbatan differentsial reaktsiyalar ularni ushlab ko`rgandan keyin vujudga keladi.

  3. Jismlarga qo`l tegizish oqibatida ularning vazni o`rganmaganligi tasavvur kilganida differentsial reaktsiyalar xosil bo`ladi.

  4. Jismlar uzunligi va vazn buyicha tartibga keltirilganda diffe­ryontsial reaktsiyalar shakllanadi.

Kognitiv tarakkiet boskichlari sxematik tarzda kuyidagi kurnishga ega. natijalar esa umumlashma xususiyatini kasb etadi.
Sxemadan kurinib turibdiki, qognitiv tarakkiet muayyan reaktsiyalar orkali munosabat tarikasida bolaning bilish jarayonlari (sezgisi, idroki xarakat erdamida aks etishi) rivojlanishi xususiyatlari buyicha anik ma`lumotlar tartibga keltirilgan, shunnngdek, ulardan kelib chikadigan xulosalar yakqol ko`zga tashlanadi.
Ingliz psixologlari tekshiruvni yanada ilmiyrok chikarish maksadida Mandi Kastl apparatidan foydanadilar. Apparat ekrandan, oralik teshikchadan, markazdan, bola urnidan iborat Uning erdami bilan bola ko`z kirini jismga yo`naltirish, bir joydan ikknnchi joyga, bir tomondan boshka bir tomonga fazoviy o`zgarish yasash orkali tajriba ob`ektivligini oshirishga xizmat kiladi. Undagi optik kurilma elgiz bir odam tasviriga muljallangan bo`lib, tajriba anikligi darajasini orttiradi. Masalan, bola besh oyligida onaning xarakatini, va to`rgan joyini xayajon bilan his kila oladi, natijada ko`pchilik onalar xattixarakati muvofiklashuvini vujudga keltiradi.
YUqoridagi mualliflardan tashkari Grinfild, Nelson, Saltsman kabi
izlanuvchilar jismlar to`g’risidagi tasavvur rivojlanishining faraziy (gipotetik) izchilligi umumiy qognitiv tarakkietning asosiy mezoni sifatida kul laganlar. Buning uchun qognitiv xarakatqoidalari, xulk shakllari va ularni taqomillashib borishiga aloxida ahamiyat berganlar.
Ingliz psixologlarining qognitiv psixologiyaga oid karashlaridan kelib chikkan xolda kuyidagi xulosalar chikarish mumkin:

  1. Jismlar moxiyatiga nisbatan nizoli vaziyatlarning vujudga kelishi bolalarda ular to`g’risidagi tasavvurlar, qoidalar bilishga oid xattixarakatlarni taqomillashtiradi.

  2. Jismlarga oid tasavvurlar, qoidalar, qonuniyatlar, bilishga oid xatixarakatlar o`zaro birlashuvi, umumlashtiruvchi orkali qognitiv tarakkiet amalga oshadi.

  3. Xar uchala mezon barcha vaziyatlarda ham ishonchlilik, validlilik va reprezantivlpk xususiyatlarini kat`iy saklaydi.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling