Buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsialogiya kafedrasi
Oilaviy psixoterapiya bosqichlari
Download 124.53 Kb.
|
Oilaviy psixoterapiya
1.2 Oilaviy psixoterapiya bosqichlari
Oila psixoterapiyasi maxsus oila azolaridagi uchraydigan va o‘zaro munosabatni tiklash uchun qo‘llanadi. Oila psixoterapiyasining maqsadlari quyidagicha: - shikoyatlar to‘planadi; - o‘z muammolarini aytib chiqadilar; - modifikatsiya; - qo‘shimcha yechim yo‘llarini izlanadi; -muammoga sabab bulayotgan oila azo bilan mulokot olib boriladi; - korreksiya; - disfunksional xulq-atvor aniqlanadi; - Oila azolarining muammolari o‘z yechimiga ega bo‘la boshlaydi, ular o‘rtasidagi aloqa mustaxkamlanadi. Oilaviy o‘tkaziladigan terapiyaning konsepsiyasi. Ota-onalar: Xar bir bola g‘amxo‘r ota-ona ga ega bo‘lishga xaqlidir. Ona – bola uchun eng yaqin inson bo‘lib xisoblanadi, bolani turli xil yemon faktorlarda asrovchi, g‘amxur insonidir. Ona professioanal tarbiyachi bo‘lib… bolani tarbiyasi xamda psixik va jismonan rivojlanishiga kata axamiyat beruvchi insondir. U farzandini tarixini, va dinini yaxshi bilibgina qolmay xurmat xam qiladi. Aka-uka va opa-singillari: Oilaviy aloqalar tabiiy yo‘l bilan bog‘lanadilar. Ikki xil jinsdagi opa-ukalar bir oilada opa uka bo‘lib birga yashaydilar. Bu farzandlar birga onalari bilan oilaviy aloqalarni bog‘lab o‘z umrlari davomida shu aloqani mustaxkamlab birgalikda xayet kechiradilar. Uy: Xar bir oila o‘zining shaxsiy xonadonini quradi. Uy o‘zining atmosferasiga ega bir qo‘rgon bo‘lib xisoblanadi. o‘zining uyi ichida bolalar zavq olib katta bo‘lishadi. Bolalar uy ishlarini birgalikda taqsimlab katta bo‘lishadi. Oiladagi g‘am va kayg‘uni birgalikda bosib o‘tishadi. Qishlok: qishloq bir necha oilalar va xonadonlardan tashkil bo‘ladi. o‘z kishloklarida bolalar birgalikda o‘ynab , taqsil olib katta bo‘ladilar. Kishlokda bolalar xamjixatlikka, bir biriga bo‘lgan mexrga o‘rganadilar. qishloq bola tarbiyasida juda katta axamiyatga ega. Bir biriga bo‘lgan, kattalarga Bo‘lgan, xamkishloklariga bo‘lgan xurmat e’tiborga o‘rganadilar. Oilaviy psixoterapiyada ko‘p ko‘llaniladigan psixoterapiya usullari quyidagilar kiradi. 1) jimlikdan effektiv foydalanish. 2) eshitishni o‘rganish 3) savollar yerdamida o‘kitish. 4) takrorlash (rezyumirovaniye), 5) summar takrorlash 6) aniqlash (proyasneniye) 7) konfrontatsiya 8) rollarni ijro etish, 9) bunyod qilish «tirik skulpturalarni», 10) videomagnitofon yozuvlvrni ko‘rib, taxlil qilib chiqish. Mustaxkam oila belgilari. 1. Barcha oila azolari bir-birlarini tinglashadi va o‘zaro xurmatda bo‘lishadi. Sog‘lom oila-yaqinlik, sevgi va vafodorlik tuyg‘ulari aks etgan, salbiy xissiyotlardan yiroq maskan. 2. Barcha oila azolari bir-biriga javobgar. 3. Barcha oila azolari bir-birlarini yumushlarini bajaradilar (komandirovka, kasallik paytlarida). 4. Barcha oila azolari o‘zlariga ishongan, adekvat qarashga ega bo‘lgan insonlar. 5. o‘zgalarni xurmat qila oladigan, ularni tanlovlarini rad etmaydigan, do‘stlarin xurmat qiladigan insonlar. 6. Barcha oila azolari o‘z xuquqlarini bilgan xolda ish olib boradilar. 7. Oila azolari o‘z avlod tarixlarini biladilar va o‘z madaniyatilariga egadirlar. 8. Oila azolarida malum bir chegara mavjuddir, bu esa ular o‘rtasida muvozanatni saqlab turishda yordam beradi. 9. Oilada pozitiv ruxda tarbiyalanib, xazil-xuzil xam ishlatiladi. 10. Ruxiy xolatga xam etibor qaratiladi. 11. Kungilxushliklarga xam vaqt ajratiladi. 12. Ovqat vaqti birgalikda tanovvul qilinadi. 13. Kattalar xurmatda bo‘ladi. 14. Oila azolari o‘zlari ustilarida ishlashadi, o‘zlarini rivojlantiradilar. 15. Oila azolari qiyin bo‘lgan vaziyatlarda uyalmasdan mo‘taxassisga murojaat qiladilar. Sistemali buzilish turlari. - «Normativ vaqtinchalik o‘zgarishlari» bu turdagi buzilish xayotiy qiyin vaziyatlarda yani bola tug‘ilishida, kasb o‘zgartirishda, kuchib ketishda, oilani tashlab ketayotganda yuzaga chikqadi. - «Sistemali o‘zgarishlar» malum turmush sharoitlarida (ayol bolalari katta bo‘lganidan keyin ishga tushishi, qaynona o‘limidan so‘ng erning bebosh bo‘lib qolishi) oilaviy krizis paydo bo‘lishi. - «Sistemali travma» — ruxiy yoki jismoniy qiyinchiliklar, o‘lim tasirida bo‘ladi. Oila psixoterapiyasida 3 etap mavjud: 1) Qo‘shilish. Turlari: - ko‘maklashish – oila qonun qoidalarini xurmat qilish. - taqlid qilish – oila uslubini ishlab chiqish. 2) Terapevtik so‘rovnoma ko‘rinishi. asosiy maqsad xar bir oila azosining erishgan yutuqlari. 3) Oila munosabatlarining qayta tiklanishi, oila gomeostazini to‘g‘rilash natijasida erishiladi. Oila psixoterapiyasining vazifalari: - simptoma tanqidi; -oila struktura tanqidi; - oila tanqidi. Guruxda uzini tutish turlari. Umumiylashgan tur. Individual oriyentirovka yaxshi rivojlangan. Yo‘naltirilgan tur. Taqlid qilishga qaratilgan, o‘zini mustaqil fikri bo‘lmagan oila azosi maslaxatlashgan xolda oila bilan ish ko‘radi. Boshqaruvchi tur Barcha oila azolarini o‘ziga tobe qilgan xolda ish olib boradi. Xamkor tur. Oila azolari bilan maslaxatlashgan xolda xamkorlikda ish olib boradi. Guruxli psixoterapiya usullari. Gurux diskusssiyasi 3 turdagi mavzuda bo‘ladi: biografik, tematik va interaksion. Psixodrama. Guruxli psixoterapiya usuli bo‘lib, muammolarni rollar orqali spontan namoyon qilishdan iborat. Psixogimnastika. Bu usul yordamida so‘zlarsiz xarakat natijasida bemordagi kechinmalar yuzaga chiqadi. U 3ta qismdan tashkil topgan: tayyorlov, pantomimika, tugallanish. Gurux yoki individual tarzda xar bir qatnashchiga qalam, qogoz, kraska berib,30 daqiqa davomida rasm chizishga buyuriladi. Shu rasmlar muxokama qilinib, qo‘shimcha informatsiya yig‘iladi. Muzikoterapiya. Bu psixoterapevtik metod, davo maqsadida kullanadi. 4 xil effekt kuzatiladi: 1) emotsional aktivlashish; 2) kommunikatsiya yani insonlar orasidagi munosabat yaxshilanadi; 3) Psixovegetativ jarayonlarni yaxshilaydi; 4) Estetik talabni rivojlantiradi. Ta’sir o‘tkazish ( lot. suggestio) ruxiy – asab va somatik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi va tanqidiy baxolashsiz qabul qilinuvchi ma’lumotni yetkazish bilan belgilanadi. Ta’sir o‘tkazish orqali xissiyot, tasavvur va turli xil emotsional xolatlar chaqiriladi, xamda shaxsiyatning faol aralashuvisiz, ta’sirlanuvchining mantiqiy fikrlashisiz vegetativ funksiyalariga ta’sir etiladi. Ta’sirchanlik – inson ruxiyatining qabul qilinayotgan ma’lumotni tanqidiy baxolashsiz qabul qilish xususiyatidir. Insonning orttirilgan xislati bo‘lib, shaxsiyat, jinsi, yoshi va aqliy faoliyatiga bog‘liqdir. Yuqori ta’sirchanlik ayollar, bolalar va keksa yoshdagi odamlarga xos. Yuqori ta’sirchanlik mustaqil fikrga ega bo‘lmaslik va tanqidiy fikrning yo‘qligiga bog‘liq bo‘lib, passiv, o‘ta ishonuvchan, aqli zaif, spirtlik ichimliklarni ko‘p istemol qiluvchi, BMJ va infeksiya oqibatida bo‘shashgan odamlarga xos. Ta’sir o‘tkazish turlari: Ta’sir o‘tkazish manbai bo‘yicha: geterosuggestiyu — boshqa shaxs tomonidan ta’sir o‘tkazilishi autosuggestiyu - o‘z-o‘zini ishontirish Mexanizmi bo‘yicha: Bevosita ta’sir o‘tkazish - to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokor so‘zlari yordamida ta’sir o‘tkaladi. Bemor odatda ta’sirlanish va uning oqibati orasidagi aloqani o‘rnatadi. Bilvosita tasir o‘tkazish- bu xolatda shifokor ko‘shimcha (oraliq) tasir etuvchi xolatdan foydalanadi va bemor odatda davo natijasini shu bilan bog‘laydi. Davo maqsadida ta’sir o‘tkazish tetiklik xolatida (uyg‘ok), gipnoz ( gipnosuggestiya), xamda chuqur bo‘lmagan uyqu va narkotik uyqu (narkopsixoterapiya) xolatida o‘tkaziladi. Uygoq xolatida ta’sir o‘tkazish.Uyg‘oq xolatida ta’sir o‘tkazish samarasi o‘tkaziladigan joy sharoitiga xodimning tashqi ko‘rinishi, shifokorning obro‘siga va maxoratiga bog‘liq. Shifokorning obrusi qancha yuqori bo‘lsa, uning ta’sir etish «formula» si shuncha kamroq tanqidiy fikrga uchraydi. Psixoterapiyaning bu usulida bemorning affektiv xolati muxim axamiyatga ega. qo‘rquv, jaxl, ekstaz va boshqa kuchli emotsional xolatlar uyg‘oqlik vaqtida ta’sir etishni osonlashtiradi (urush xolatida, turli mitinglarda va x.k.). Uyg‘oqlik davrida ta’sir o‘ o‘tkazish nevrozlarning barcha turlarida, ayniqsa isterik turida, alkogolizm va kashandalikda, nojuya xatti-xarakatlarni bartaraf etish uchun ko‘rsatma bo‘ladi. Bolalarda va ta’sir ko‘rsatishi yukori bo‘lganlarda bu usul samaralirok. Tabiy uyqu xolatida ta’sir o‘tkazish.Uyqudagi odam bilan so‘zlashish orqali muloqotga kirishsa bo‘ladi. Bunda singdiriladigan ma’lumot verifikatsiyasi juda past bo‘lib singdirilish effekti yuqori bo‘ladi. Uyqu paytidagi kiritilgan ma’lumotni bemor eslab qolishi shart emas. Uyqu paytidagi aytilgan gap uyg‘ongandan kegin esdan chiqgan bqlsa shu ma’lumotning ta’siri kuchlirok bo‘ladi. Gipnoz xolatida ta’sir o‘tkazish. Bu usulning asosida qabul qilinuvchi informatsiyaning verifikatsiyasi pasayib ma’lumotning singdirilishi ko‘payadi. Davolash jarayoni bir kancha davrga bo‘linadi (etap): -tayyorlash, - gipnozlantirish, -gipnoz xolatida davolovchi ta’sir -gipnozdan keyingi ta’sir orqali degipnotizatsiyalash. Gipnoz usullari. Fariya usuli, yoki fassinatsiya (ot lat. fascinare — maftun etish). Breyd usuli - Lebo. Bemorga gipnoz xolatiga kirguncha biron-bir predmetga tikilib turish buyuriladi. K. I. Platonov texnikasi -kuchsiz monoton ta’sirlantiruvchilar orqali, ko‘ruv, eshituv, taktil analizatorlari yordamida uyquni verbal tarzda chaqirish. Gipnozning kombinatsiyalashgan usullarga Berngeym, P. I. Bul, V. Ye. Rojnov., Shertok. texnikasi kiradi. Umumiy va maxsus ta’sirlantirish farqlanadi. Umumiy ta’sirlarga og‘riqli sipmtomlar va ular natijasida kelib chiqgan diskomfort xolatini pasaytirish, umumiy axvolini yaxshilovchi, tonusni ko‘taruvchi xattoki salbiy xotirani amneziyalovchi kiradi. Maxsus ta’sirlar umumiyga nisbatan aniqroq shu bilan birga xar doim individualdir. Shifokor bemorning shikoyatlaridan , shaxsning o‘ziga xos xususiyati, kasallik xarakteri, davolash etap va x.k. Gipnoz boskichlari: -engil gipnoz(uyku), -o‘rta darajadagi gipnoz (gipotoksiya) - chuqur gipnoz (somnambulizm) Gipnozni ko‘llashda ta’sir etuvchi ko‘rsatmalar: - isterik neroz, asosan isterik monosimptomlarda, falajlarda, nutk buzulishi, eshitish, amneziya, duduklanish. - uyquning buzulishi. - nevrasteniya. - yopishkok xolatlar nevrozi - psixogen depressiyalar. - somatik kasalliklar (GK boshlangich ko‘rinishi, bronxial astma, unikki barmokli ichak va oshqozon yarasi, turli xildagi allergiyalar) - narkomaniya, alkogolizm va kashandalik. Isterik proyeksiya , gipnologik gallyutsinatsiya va konfabulyatsiyaga moyilligi bo‘lgan bolalarda gipnosuggestiv psixoterapiya ko‘llanilmaydi. Quyidagilarga qo‘llaniladi: - psixogen mutizm, - nevrotik duduqlanish, - respirator tikda, - amavroz ko‘rinishdagi isterik buzilishlar, anesteziya, parez va falajlarda. - immun allergik buzilishlarda, - tungi enurezda. - bolalarning zararli odatlari (tirnok tishlash, masxarabozlik, onanizm) - o‘smirlarda o‘zini noto‘g‘ri tutishni korreksiya qilish usulidir (xukukbuzarlik, o‘z joniga qasd qilish, seksual deviatsi va x. k.). Gipnosuggestiyani kullanilishiga qarshi ko‘rsatmalar: - psixozlar (ta’sir vasvasasi bilan kechuvchi shizofreniya, psixik avtomatizm sindromi bilan (Kandinskiy - Klerambo sindromi). - yaqqol debillik. - epilepsiya. - kasallik xolati, yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi, isitmalash, ongning buzilishi (sopor, koma). - shaxsda isterik bilan gipnomaniq o‘rnatmalar mavjudligi. O‘zini o‘zi ishontirish (autosuggestiya) - bu o‘zini o‘zi ishontirish metodi. Bu o‘zi rejalashtirilmagan xoxlamagan xolda (masalan, ipoxondriklarni o‘zini o‘zi ishontirishi, bezovta va isterik shaxslarda) va ataylab, ongli. o‘zini o‘zi ishontirish davo usuli 1910 yilda fransuz aptekachi Emil Kue tomonidan taklif etilgan. o‘zini o‘zi ishontirish - o‘z o‘zini ishontirishni o‘tkazayotgan shaxsda farazlar, shaxsning ruxiy aktivlashishi yordamida uning vegetativ funksiyalariga yoki ruxiy kechinmalariga ta’sir o‘iladi. - o‘z o‘zini ishontirish -bu usul o‘ziga qandaydir fikr, xoxish, obraz, xis qilishni singdirish. Davolash texnikasi. - dastlabki suxbat, turli kasalliklarda o‘zini o‘zi ishontirishni organizmga ta’siri xaqida misollar keltiriladi. - shifokor bemor bilan birga o‘zini o‘zi ishontirish formulasini tuzishadi, davo jarayonida o‘zgarishi mumkin. Formula bir qancha so‘zdan iborat oddiy bo‘lishi lozim, ko‘pi bilan 3-4 iboradan tashqil topgan bo‘lib ijobiy so‘zlardan tashkil topadi. - bemor seans vaqtida o‘tirgan yoki yotgan xolatda o‘ziga qulay joylashadi, ko‘zlarini yumadi, past ovozda bo‘shashadi, 20 marta o‘zini o‘zi ishontirish formulasini kaytaradi. Seans 3-4 daqiqa davom etadi, kunda 2-3 marta qaytariladi, 6-8 xafta davomida. Davo odatda ambulator sharoitda, shifokor nazorati bilan o‘tkaziladi. Autogen mashg‘ulot (Shuls usuli) Autogen mashg‘ulot - bu o‘zini o‘zi ishontirishni relaksatsiya xolati (qo‘yi pog‘ona) yoki gipnotik trans (yuqori pog‘ona). Shuls tomonidan taklif etilgan bu usul klassik deb ataladi va u 2 boskichdan iborat: 1-chi, yoki boshlang‘ich (AT-1), va 2-chi, yoki oliy (AT-2). AT-1 Texnikasi - bemor bilan muloqot o‘tkazilib , u yoki bu mashg‘ulotlaring organizmga ta’sir mexanizmi fiziologik asoslar usulida tushuntiriladi. - seanslar kuniga 3-4 marta o‘tkaziladi. Birinchi 3 oyda xar bir seansning davomiyligi 1-3 daqiqadan oshmasligi kerak, keyinrok vaqti uzaytiriladi (AT-2). ammo 30 daqiqadan oshmaydi. - kamida 1 xaftada 1 marta guruxli mashg‘ulot o‘tkaziladi. - davoning birinchi etapida 6 ta mashqni o‘zlashtirig kerak. Xar bir mashg‘ulotga 10-15 kun ketadi. - bundan so‘ng davoning 2 chi etap boshlanadi(AT-2), davo kamida 6 oy davom etadi. - autogen mashg‘ulot 9-12 oyga muljallangan. AT-2 Texnikasi. Shuls autogen mashg‘ulotni eng yuqori pog‘onasining maqsadi, mashg‘ulotda tasavvur jarayonini mashq qilish (xayolotni vizualizatsiya qilish qobiliyati) va affektiv kechinmalarni neytrallash. Autogen mashg‘ulotning asosida va yuqori pog‘onasida meditatsiya yotadi. Ishontirishni aniqlash usullari. Bauden Shifokor bemorga uning asab faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirmokchiligini aytadi, unga o‘rnidan turib orkasini o‘girishini suraydi, asosiy tayanch nuktasi tovon bo‘lib tik xolatda turadi, oyoqlar jipslashtiriladi, qullar yonda. Bemor boshini orqaga tashlab shifokorning qo‘liga boshini quyadi. Ko‘zlarini yumgan xolatda mushaklarini bo‘shashtiradi; Sungra bemorga topshirik beriladi, bunda unga xozir asta orqaga yiqilishi va o‘z vaqtida uni ushlab olishlari xaqida unga buyuriladi. Sung shifokor bemorni ishontiradi: Men ensangizdan qo‘limni olishim bilan, asta syokin orqaga yiqilas! Sizni orqaga tortyapti! Siz yiqilyapsiz, yiqilyapsiz! Bauden bo‘yicha (2) Shifokor bemorni oyoqlari jipslashgan, qo‘llar yonda turgan xolatda yuzma yuz quyadi. Bemorga shifokorning ko‘zlariga tik qarash buyuriladi. Shifokor ko‘llari bilan bemorning terisiga asta tegadi,shundan so‘ng bemorga qo‘llarini asta syokin olishini va uni shu yo‘nalishda og‘ishini aytadi shu bilan shifokor asta orqaga tisariladi va gapiradi: Siz yiqilyapsiz, yiq ilyapsiz. Rojnova (1) Shifokor bemorga qo‘l barmoqlarini birlashtirishni buyurib uni qo‘llarini o‘z qo‘li bilan yopadi. Bemorning nigoxi shifokorning ko‘zlariga qarab fiksirovat qilinadi. Bemorni qo‘llarini massaj qilayotib quyidagi ishontiruvchi formulani aytadi: Sizning qo‘llaringiz qattiqlashyapti....qo‘llaringiz kuprok sikilyapti...kullaringiz judayam kattik sikildi... Siz endi kullaringizni ocholmaysiz! Xarakat kiling...siz qo‘llaringizni ocholmayapsiz! Rojnova (2) Bemorga xid bilishingizni tekshirishaman deb aytib qo‘liga ikkita toza va bo‘sh probirka beriladi. Bemorga probirkalar xidlash uchun beriladi va qay birida kerosin, navshadil spirti xamda toza suv ekanini aniqlash so‘raladi. Agar bemor mavjud bo‘lmagan xidlarni sezishni boshlasa bu odamni o‘ta ishonuvchan desa xam bo‘ladi. Gipnoz bosqichlari Yengil gipnoz (uyquchanlik) Bemor yuzaki uyqu xolatida bo‘lsa xam tashqi muxit bilan aloqasi uzilmaydi so‘zlarga javob bera oladi va tanada yengil xolsizlik, qovoqlar og‘irligini sezsa xam o‘z xoxishi bilan ko‘zini ocha oladi qo‘l oyoqlarini xarakatlantira oladi va istaganda seansni tuxtata oladi. Sub’ektiv ma’lumotlarga ko‘ra bemor o‘zini uyquda xisoblamaydi. O’rta chuqurlikdagi gipnoz (gipotoksiya) Bu xolatda bemor yaqqol uyquda bo‘lib, mushaklar xolsizligi, ixtiyoriy xarakatlar bo‘lmaydi, sezgi doirasini pasayishi, passiv bo‘ysunish kuzatiladi. Oriyentirovka saqlanadi. Bemor bilan gaplashganda, u seans vaqtida yuzaki uxlaganligini, atrofidagi shovqinlarni eshitganini, ko‘zini ochmokchi bo‘lgani lyokin buni qilgisi kemaganini ta’kidlaydi. qisman postgipnotik amneziya kuzatiladi. Chuqur gipnoz (somnambulizm) Oriyentirni buzilishi va tuliq postgipnotik amneziya bilan tavsiflanadi. Gipnoz xolatida bemor xech kanday tashqi ta’surotlarni qabul qilmaydi, faqat gipnoz qilgan shifokor bilan aloqada bo‘ladi. Gallyutsinator kechinmalar tasiri bo‘lishi mumkin. og‘riq ta’sirini kuchaytirish yoki biror bir analizator ta’sirini o‘chirish mumkin. Bu bosqichda postgipnotik ta’sir bo‘lishi extimoli bor. Gipnoztizatsiya asoratlari Rapportni seans vaqtida yukotish Gipnotik trans bunday xolatlarda oddiy uyqu xolatiga o‘tadi. Gipnolog seansni tugatishi yoki bemorni uyqudan uyg‘otib qaytadan gipnoz qilishi lozim bo‘ladi. Spontan katarsis Gipnoz vaqtida bemorda xech qanday sababsiz yoki (shifokorning nojuya xarakati bilan) to‘satdan uning oldingi jaroxatlagan kechinmalari yuzaga chiqishi, shu sabab unda ko‘z yosh, yig‘lash, ekspansiv xarakatlar vujudga keladi. Shifokor bemorga xissiy reaksiyalarini bosish uchun tinchlanishni va uyquda davom etishini buyuradi. Isterik gipnoid Seans vaqtida qichqirish, isterik xuruj, baqirib yig‘lash, xondon otib kulish talvasa tutganday qilib ko‘rsatadi o‘zini. Ba’zan isterik gipnoidda bemor ma’nosi yo‘k iboralarni aytishi, sher o‘qishi, o‘rnidan turib ketib qolishi,... mumkin. Bunday xolatda buyruq oxangida bemorni tinchlantirishi va seansni to‘xtashi lozim duladi. Spontan somnambulizm Isterik gipnozdek boshlanadi asosan isterik shaxslarda. Rapportni yo‘qolishi bilan boshlanadi. Bemor somnambulizm xolatiga tusatdan tushib qoladi, shu vaqtda oriyentirni yuqotadi, gallyutsinatsiya bo‘ladi, xonada yuradi, qandaydir xayotida sodir bo‘lgan yoki bo‘lmagan xolatlarni ijro etadi. Bunday xolat bir kancha daqiqadan bir qancha soatgacha davom etishi so‘ng tabiy uyquga aylanadi. Gipnotik letargiya Odatda gipnozning uchinchi bosqichida vujudga keladi. Shiokfokor bemor bilan o‘rtada rapportni yo‘qotadi va uni gipnoz xolatidan olib chiqish imkoniyatini yo‘qotadi. Bunday xollarda gipnotik trans tugab tabiy uyqu davriga o‘tishini kutish lozim, bemorga uxalab olishga vaqt beriladi, so‘ng u bilan tinchlantiruvchi suxbat o‘tkaziladi. Download 124.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling