Buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsialogiya kafedrasi


Oilada muloqotchanlikka kirishishning psixologik jihatlar


Download 136.04 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi136.04 Kb.
#1522068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oila muloqot tizimi sifatida

1.3 Oilada muloqotchanlikka kirishishning psixologik jihatlar
Muloqot-shaxslararo munosabatlarning asosiy ko’rinishi bo’lib,uning yordamida odamlarbir-birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta‘sir o’tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun ham muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma‘naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining
ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Hozirgi kunda dolzarb bo’lib borayotgan shaxslardagi muomalaga kirishuvchanlikning past darajada ekanligi, albatta, jamiyatning bir bo’lagi bo’lgan oilalarga borib taqaladi. Insonning tabiati shundayki, u atrofidagilar bilan muloqotda bo’lmasdan yashay olmaydi. Bola tug’ilganida uning onasi o’zining mehrini muloqot orqali beradi.
Vaholanki, endigina dunyoga kelgan bolakay ham ilk bor onasi bilan muloqotga kirisha boshlaydi. U o’zining dastlabki ehtiyojlarini yig’lab yetkazishga harakat qilib,muloqotga kirishadi.Oilaviy munosabatlarning eng ta‘sirli, jozibali va muhim bo’lagi-bu ona-bolamunosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi.
Ya‘ni farzandlar ota-onaning mehrini, samimiy muomalasini chin dildan his qilib borar ekan, u ham oiladagi oila a‘zolari va jamiyatga shu iliq munosabatlarni qaytarib bera oladi. Bundan kelib chiqadiki, qachonki, oilada ota-onalar bolalariga chaqaloq davridan muloqotga kirisha boshlasa, uning keyingi yosh davrlarida muloqotga kirishuvchanligi osonlashadi. Biz, avvalo, oilalardagi tinch barqaror muhit yaratishni ko’zda tutar ekanmiz, oiladagi er-xotinlar munosabatinigina emas, farzandlarning yosh psixologiyalari bilan birgalikda o’rganishimiz zarur. Ko’pincha ota-onalar farzandlarining yosh xususiyatiga qarab oilada to’g’ri muloqotga kirisha olmaydi. O’smir yoshida bolalarda o’tish yoshi bo’lganligi uchun xarakter, xulq-atvor xususiyatlarida ham o’zgarishlar ro’y beradi. Bu paytda ota-onalar muomala madaniyatiga to’g’ri yondashishlari talab etiladi. Mamlakatimiz psixolog-sotsiologlarimiz tadqiqotlarida, oila tarbiyasida mavjud
bo’lgan turli kamchiliklarni tahlil etilgan:-bola tarbiyasida unga bo’lgan diqqat va e‘tiborning yetishmasligi;
-farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining yo’qligi;
-ota-onalar bilan farzandlar o’rtasida o’zaro tushunishning yo’qligi va unga ikki yoqlamaintilishning yetishmasligi;-ota-onalarning o’g’il va qiz bolalarga nisbatan qo’pol muomalada bo’lishlari;
-ota-ona o’rtasidagi o’zaro tushunmovchiliklarning surunkasiga davom etib turishi; kabilar jamiyatning oqsashiga sabab bo’ladi. Zero, oila kichik vatan hisoblanadi. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o’z xo’jayinining ―Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so’ng aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir -deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo’lishi yoki aksincha eng fojiali bo’lishi ham mumkin. Muloqotda buyruqohangining ustunligi, do’q-po’pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo’lish, suhbatdosh
nomiga tez-tez bildirilib turiladigan e‘tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo’l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o’zaro raqobat (yoki hukmronlik-bo’ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik, e‘tiborsizlik, qo’pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi.
Shuning uchun o’z menini anglay boshlayotgan farzandlarga bu tarzda muloqotga kirishish, ertangi kunda uning muloqotga kirishuvchanligida psixologik muammolarga duch kelishi mumkin. Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o’zaro kelishuvli savol-javoblardan, o’z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada o’zaro yordam, o’zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat bo’lsa, unda bunday oilalarda do’stona munosabatlar o’rnatiladi, oilaviy hayot uchun eng maqbul bo’lgan psixologik muhit yuzaga keladi.
Oila o’zaro munosabatlarning tarkib topishi va muomala odobi o’sishi uchun zamin bo’ladigan asosiy makondir. Yosh avlod ulg’ayib borar ekan, ular bir oilaning boshlig’i va oila bekasi bo’ladi. Ular ham keyingi avlodni tarbiyalay boshlaydi. Shu yosh ota-onalarning tarbiyasida yosh davrlaridan boshlab, muloqotchanlikka kirishishni yuqorida aytib o’tilgan ijobiy psixologik yondashuv bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ular ham shu tarzda kelajak avlodlarga muomala madaniyatini singdirishadi. Bu esa jamiyatda o’z fikriga ega, mustaqil qaror qabul qiladigan, har tomonlama yetuk shaxsni ko’payishiga yordam beradi. Hamda oilalarda tinchlik,barqarorlik hukm suradi.
Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalarni o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun-qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining muloqoti o'rtasida katta farq bor. Ongli shaxs muloqotni boshlashdan avval miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali ta'sir qiladilar. Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga o'qituvchi muloqot orqali ta'sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta'sir qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi.
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o'ziga xos so'zlar qo'llaniladi. Bunda so'zning ta'sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsning temperament (mijoz) xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo'llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko'nikma, bilim, malakalarning hosil bo'lishida muloqotning o'rni beqiyos. Oddiy ko'nikmalar («to'g'ri o'tir, qo'lingni yuv, joyingga bor, salom ber») ham muloqot orqali singdiriladi.
Shaxs muloqotining shakJlanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o'rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta'sir etadigan so'zlarni qo'llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko'rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to'g'ri qo'yilishi lozim. Muloqot ta'lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.
Har tomonlama rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalash uchun yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib voyaga yetkazish zarur. Demak, muloqot fikrlash bilan uzviy bog'liq holda shakllanadi.
B.G. Ananev fikricha muloqot ijtimoiy va individual holatdir. Shuning uchun nutq bilan uzviy bog'liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi. Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan. Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda muloqot muammosiga qiziqish ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muloqoti katta ahamiyatga ega. Psixolog olim V.N. Myasishev muloqot masalasiga chuqur yondashgan, uni o'rgangan. Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan bog'lab o'rgangan bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni jarayon sifatida o'rgangan. Ya'ni shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta'sir ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish obyekti sifatida tahlil qiladi. Uning fikricha: «Shaxs turlicha munosabatlarda qarama-qarshi sifatlarni namoyon qilishi mumkin.»
Tajribali psixolog A.A. Bodalyev esa shaxs o'yinda, o'qishda, muloqotda, ya'ni faoliyatning turli sohalarida o'zining o'rnini bilishi zarurligini uqtiradi. U o'zining «Shaxs va jamiyat» kitobida bu masalaga katta e'tibor berib, bu muammolar kam o'rganilganligini ta'kidlaydi. A. A. Bodalyevning fikricha, «insonni muloqot orqali tarbiyalashda bu unga qanday ta'sir qilishini avvaldan o'ylash zarur».

Download 136.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling