Buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi


II BOB. OILAVIY MUAMMOLAR YECHIMINING TERAPEVTIK DASTURI VA METODLARI


Download 123.59 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2023
Hajmi123.59 Kb.
#1144881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raxmatova Munisa1

II BOB. OILAVIY MUAMMOLAR YECHIMINING TERAPEVTIK DASTURI VA METODLARI .
Oila muammosi azaldan insoniyatning diqqat markazida bo’lib kelgan. Chunki oila mustahkamligi jamiyat faravonligining asosiy negizidir. Shu sababli Respublikamiz rahbariyati har bir xonadonning tinchligini, oilalarda farzandlarning baxtli, barkamol o’sishini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Oilaviy muammolar yechimini o’rganish borasida respublikamiz psixolog olimlari tomonidan bir qator diqqatga sazovor ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Jumladan, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova, N.A.Sog’inov, X.K.Karimov, Sh.Sh.Jo’rayeva, F.A.Akromova, R.M.Abdullayeva, Yo.No’monova, M.O.Utepbergenov, R.A.Samarov, T.Norimbetov kabi olimlarimiz va ularning izdoshlari tomonidan so’nggi yillar davomida o’zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy rollar taqsimoti, oilalardagi shaxslararo munosabatlar hamda oilaviy muammolar kabi masalalar o’rganilgan. Bunday tadqiqotlar respublikamizda oilani ijtimoiy-psixologik nuqtai-nazardan tadqiq etish bo’yicha ma’lum bir o’ziga xos an’analarning yuzaga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Oilaviy muammolarni o’rganish maqsadida olingan test natijalaridan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy muammolar o`zaro munosabatlardagi kelishmovchilik, o`zini tuta olmaslik, turmush o`rtog`idan mamnun bo`lmaslik, zerikarli hayot, oilaviy burchlarning taqsimlanishi, janjalkashlik, o`ta manmanlik, xulq-atvordagi nomukamallik, moddiy qiyinchiliklar, jizzakilik kabi oila a’zolariga xos xatti-harakatlar va xarakter xususiyatlaridan kelib chiqar ekan. Yana shu narsaga amin bo`ldikki inson o`zi ideal insonni izlarkan. Ko`p holatlarda er-xotinlarning bir-biridan qoniqmaslik (ish vazifalaridan norozilik), gumonsirash, tanqid, tanbeh kabilar ham ko`pgina muammolarni keltirib chiqarishini bildik. Oila a’zolari oilada bir-birini o`zaro tushunmaslik, xarakter xususiyatlarining bir-biriga to`g`ri kelmasligida deb bilsalar, ayrimlarida ayol kishi noroziligi, tanbehlari erkakdan o`zini ustun qo`yishi deb bildilar. Bundan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy muammolarning asl sababi oilalarda pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligidadir. Buning uchun mahallalarda bu borada keng qamrovli ishlarni olib borish, mahalla yig`inlarini oilalar bilan hamkorlikda amalga oshirish, oilalarning mahallaga bo`lgan ishonchini, psixolog va pedagoglarga bo`lgan ishonchini oshirish masalalarini hal etish lozim. Konstitutsiyamizning 63-moddasida ”Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”, degan qoida mustahkamlab qo`yilgan. Shunday bo`lsada ko`pgina oilalarda turli masalalarda muammolar bo`lib turadi.
Bular:
- oilaviy muammolar azaldan olimlar tomonidan o`rganib kelingan muammolardan biri. Oilaviy muammolar yechimi ustida ko`pgina pedagoglar, psixologlar bosh qotirganlar. Buning isboti tarzida ular yaratgan metodikalarni, testlarni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu metodikalar asosida oiladagi nizolar muammolar o`rganiladi, tashxislanadi va shu asosda o`rganilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko`riladi;
- oilaviy muammolar oiladagi o`zaro munosabatlarning noto`g`ri yo`lga qo`yilishi bilan belgilanadi. Bunday munosabatlar ko`proq er-xotinlar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchiliklarini, chiqisha olmaslik, muomalasizlik, kelisha olmaslik, o`zaro xurmatning yo`qligi, oiladagi obro` kabilarda ko`rinadi. Shu bilan birga ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi o`zaro bir-birini tushunmaslik holatlari, qaynona-kelin munosabatlaridagi kelisha olmaslikdagi holatlar oilaviy munosabatlaridagi kelisha olmaslikdagi holatlar oilaviy muammolarning eng katta qismini tashkil etadi;
- oiladagi muammolarning yana ko`p qismini moddiy yetishmovchilik tashkil etadi. Oilani moddiy jihatdan ta’minlay olmaslik er-xotin munosabatlarini yomon ahvolga solib keladi, xozirgi kunda ko`pgina ajrimlarning sababini moddiy yetishmovchilikdan degan xulosalar mavjud. Bunday muammolar farzandlar tarbiyasiga ham jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Oiladagi janjallarning sababini tushunib yetgan bolada ota-onaga bo`lgan munosbat o`zgaradi va bu holat ham yana bir muammoni keltirib chiqaradi;
- tadqiqotlarda yana shunga amin bo`ldikki yosh oilalarda hayotga, oilaga bo`lgan munosabat o`zgacha. Ular hayotga, oilaga yengil qaraydilar. Ularda turmush tajribasining ortishida qaynona, qaynota va boshqa oila a’zolari bilan hamkorlikda yashashi muhim ekan. Oilada bo`ladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish masalasida ularning ko`maklari zarur ekan;
- Oiladagi ko`pgina muammolarning sabablaridan yana biri bu oilalarning ko`pchilik (qaynota, qaynona, qaynilar, qaynisingil, ovsinlar) bilan yashashidir. Oiladagi o`zaro ikir-chikir, chiqisha olmasliklar ko`pchilik bilan birga yashashdan kelib chiqadi;
- oilaviy muammolarning ko`pgina sabablari er xotin munosabatlariga borib taqaladi. Bunda jinsiy hayot masalasi alohida o`rin egallaydi. Ushbu masaladagi muammolar sharq mutafakkirlari asarlarida ham o`z aksini topgan;- oilaviy muammolarda oila a’zolarining sog`lom turmush tarziga amal qilmasliklari ham sabab bo`ladi. Otaning yoki onaning, yomon salbiy odatlarga (ichish, chekish, giyohvandlik, yomon yo`lga kirish) odatlanishi hamda oiladagi turli kasalliklarning avj olishi masalalari ham oilada yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi;
- oiladagi tenglik, er-xotinlar hayotidagi tenglik huquqi barchaga ham birdek ma’qul kelmas ekan. Ayrim oilalardagi ayollarni kamsitish, mensimaslik, odam o`rnida ko`rmaslik, fikrlarini inobatga olmaslik holatlari muammolarni keltirib chiqaradi, shu bilan birga ayollarning xukmronligi ham muammolarga olib keladi. Ushbu xulosalarga asoslanib quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
- oilaviy muammolar yechimi oiladagi sog`lom psixologik muxit yaratilishiga bog`liq;
- oilaviy muammolar yechimidan biri bu – oila a’zolarini yetarli darajada pedagogik – psixologik bilimlar bilan qurollantirishdan iborat;
- oilaviy muammolar yechimida muammoni keltirib chiqargan har ichki tomonning psixologik jixatdan o`zaro kelishuvini ta’minlash;
- oilaviy muammolar yechimida oila bilan mahalla hamkorligini yo`lga qo`yish eng muhim masalasidir;
- oiladagi shaxslararo tenglikni yuzaga keltirish oila mustahkamligi va barqarorligini ta’minlaydi. Ushbu tavsiyalar oilalar tinchigi va mustahkamligini ta’minlaydi. Yana shuni aytish kerakki, oilalardagi muammolarni hal etish uchun maslahatxonalar muhim. Ushbu maslaxatxonalar muammolarni yechib berish bilan birga oilalarga psixologik ko`mak bersa. Oila a’zolarini turli qarorlarida yordamlashsa, bunday psixologik madad, ta’sir ko`rsatish inson psixologiyasini o`zgartirsa. Balki shunda oilaviy muammolarga chek qo`yilar edi.


2.1 O'zaro oilaviy munosabatlarning namoyon bo'lishi va oqibatlari .


Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar barcha kishilarning diqqat markazida muhim masalalardan bo‘lib kelgan. Shuning uchunbu masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og‘zaki ijodi namu- nalarida, doston, qo‘shiq va ertaklarda, donishmandlarning fikr va qarashlari sifatida o‘ziga xos ravishda munosabat bildirish va tahlil qilish obyekti bo‘libkelgan.


Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asar- larini olib ko‘rmang, ularning hech qaysisi o‘z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o‘ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyg‘ular olamiga yetaklagan,uni yengib bo‘lmas g‘ovlardan o‘tishga va cho‘qqilarn izab tetishga undagan, uni rag‘batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa et- gan. Hatto o‘lim to‘shagida yotgan kishiga ham umid bag‘ish- lab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilo- larini arg‘umon etgan, uning atrof-muhitni hamda o‘zligini idrok qilishi uchun turtki bo‘lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o‘ziga ham noma’lum bo‘lgan qudratni kashf etgan. Ko‘hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg‘u hammaga barobar aziz vamuqaddasdir.
Sharqda qadimgi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfutsiy ta’limoti, Hindistonda Budda, Islom olamining muqaddas Qur’on va hadislarida insonlar orasida yaxshi insoniy muno- sabatlarini qaror toptirish lozim ekanligi aytib o‘tilgan. Deyarli bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda Konfutsiy ta’limotlarida bir g‘oya, qarash shakllanganini kuza- tish mumkin: «O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ravo ko‘rma». Konfutsiy merosida asosan odamlar orasidagi munosabat, insonparvarlik, do‘stlik, insonni sevish jihatlariga keng o‘rin berilgan:«Odamlarni sevish va iliq munosabatda
bo‘lish deganda o‘zini inkor etish emas, balki boshqa odamlarni ham, o‘zini ham bir xil ko‘rish kerak» ekanligi talqin etilgan.
Oilaning kommunikativ vazifasi oila a'zolarining muloqoti va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ij- timoiy yo‘nalganlik, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o‘zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy- psixologik iqlimga to‘g‘ridan to‘g‘ribog‘liqdir. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining ur- banizatsiyalashuvining (radio, televideniye, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ vazifasining aha- miyati, oila a’zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbat- lashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o‘rinda o‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyati: ko‘p avlodlilik, ko‘p farzandlilik kabilar bunday oilalar a’zolari o‘rtasida o‘zaro mu- loqot to‘laroq amalga oshishiga asos bo‘ladi, ularning o‘zaro muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynay- di. Biroq so‘nggi yillarda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o‘rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e’tiborning pasayishi, oila a’zolari o‘rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa qishloq oilalarida), holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o‘zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a’zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o‘z joniga qasd qi- lish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoq- da. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng avvalo oila a’zolari o‘rtasida oshkora, yaqin, o‘zaro tushunishli, ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo‘lsa, bu borada, yoshlarga tegishli bilimlarni berish aholi uchun psixologikmaslahatxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, treninglar tashkil etish, «Ishonchtelefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.
Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan muno- sabatda bo‘lishni, ularga hamdardlik, insonparvarlik, mehri- bonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak bo‘ladi.
Muloqot eng avvalo odamni odam tomonidan idrok qili- shidan boshlanadi, unda dastlabki o‘zaro baholash amalga oshadi, dastlabki hissiy-intellektual munosabatlar shakllanadi va shundan so‘ng tegishli muloqot shakli amalga oshiriladi. Bu jarayonda odam haqidagi ma’lumot, idrok etilayotgan odam- ning hayotiy tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishiyoki yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita emotsional munosabatlar muhim rolo‘ynaydi.
Muloqotda buyruq ohangining ustunligi, do‘q-po‘pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo‘lish, suhbatdosh nomi- ga tez-tez bildirilib turiladigan e’tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo‘l bermaslik vatajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o‘zaro raqobat (yoki hukmronlik-bo‘ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltira- di. Befarqlik, e’tiborsizlik, qo‘pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi. Agar ak- sariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o‘zaro kelishuvli savol-javoblardan, o‘z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada o‘zaro yordam, o‘zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat bo‘lsa, unda bunday oilalarda do‘stona munosabatlar o‘rnatila- di, oilaviy hayot uchun eng maqbul bo‘lgan psixologik muhit yuzaga keladi.

2.2 Inqirozli oilani psixologik qo'llab-quvatlash va yordam berish .


Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mus- tahkamligi shu qasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydiganbo‘ladi.


Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo‘lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo‘lgan nikoh oldiomillaridir.
Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo‘rin bo‘lsa, u shoshilinch, bo‘sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o‘rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo‘lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini tug‘diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinch- lik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to‘g‘ri keladi.
Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo‘lmish psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtirgan, ko‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bo‘ladi .
Demografik nuqtayi nazardanolinganda, oila qurish ma’lum bir kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo‘lsa (uning yoshi qanchalik yuqori bo‘lsa), u biz ko‘rib chiqayotgan jihat- larningharbiribo‘yichako‘proqyetukbo‘ladi.20—24yoshda- gi yosh guruhini o‘ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20 yoshdan kichik bo‘lgan avlodga qaraganda ko‘proq hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy yetuklik darajasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik yoshlar o‘rta yoki oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb-hunarni egallagan bo‘ladilar. 25—29 yoshlarda esa 20—24 yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar yetukligi bo‘yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo‘ladilar. Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan ushbu ko‘rsatib o‘tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlar- ning ijtimoiy yetukligining turli jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, vo- yaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha gu- ruhlashga ko‘ra bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.
29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga yetadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo‘lgan va xatto farzandli bo‘lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi yoshlar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko‘ra ham va boshqa asosiy komponentlarga ko‘ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi.
Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari o‘ziga xos hududiy, etnik, jinsiy, yosh va individual psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan er-xotin munosabatlari shakllanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi. U yoki bu yosh oilaga xos bo‘lgan er-xotin munosabatlari boshqa bir er-xotinga mos kel- masligi mumkin. Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-xotinlar turli xil shaxslararo munosabatlar tizimi, turlicha taomilga ega bo‘lgan oilalarda tarbiyalangan, shaxs sifatida shakllangan individlardan tashkil topadi. Lekin shunga qaramasdan maxsus psixologik tadqiqotlarda va ulardan olingan natijalar asosida yozilgan ilmiy psixologik adabiyotlarda yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining umumiy mexanizmlarga oid tegishli ma’lumotlar keltiribo‘tilgan.
Umuman yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining qay tarzda rivojlanishi avvalo shu yosh oilaning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillarining xarakteriga, shu oilalar- ningyuzagakelishshart-sharoitlari bilan uzviy bog‘liqdir.Bular haqida oldingi mavzuda qisman to‘xtalibo‘tdik.
Albatta, yosh oila yuzaga kelar ekan, ular bir-birlarini sevib turmush qurishganmi, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchi- lik, sovchilik, hisob tufaylimi yoki stereotip bo‘yichami, qan- day bo‘lishidan qat’i nazar nikohning ilk kunlarida ularning bir-birlariga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida, er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda emotsional ko‘tarinkilik, hissiy rang-baranglik darajasi yuqori bo‘ladi. Bir-birlarini ma’lum bir muddat sevishib oila qurgan juftlarda bunday emotsional ko‘tarinkilik darajasi nihoyatda yuqoribo‘ladi. Chunki ular bir necha yil kutib, intilib yashagan, visol damlariga nihoyat yetishgan bo‘ladilar. Bunday juftlar nikohi boshida er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda ko‘tarinkilik, bir-birlariga emotsional intilish juda yuqori darajada bo‘ladi. Nafaqat sevishib oila qurganlar, balki deyarli barcha motivlarga ko‘ra oila qurgan yoshlarda ham nikohning boshida er-xotin o‘zaro munosabatlarida bir-biriga yaqinlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish nisbatan yuqori bo‘ladi. Ularning bir-birlariga, o‘z nikohlariga, o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari haqidagi niyat, orzu, umidlari ezgu, ijobiy bo‘ladi. Chunki hech kim va hech qachon ertaga bo‘lajak turmush o‘rtog‘im, yangi oilam- ning yangi a’zolari bilan nizo-janjalga boraman, ular bilan urishaman va oxir-oqibatda oilam buzilib, ajrashib ketaman, deb oila qurmaydi (Ayrim hollarda majburan oila qurganlar bundan mustasno). Inson oila qurar ekan ahil-inoq yashab, murod-maqsadga yetishishni orzu qiladi, nikoh arafasida va nikoh kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh- urug‘lar, to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar. Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida turmush o‘rtog‘i timsolida, o‘zining shu orzu-istaklariga, murod-maqsadlariga yetishishda yordam beruvchi, uni qo‘llab-quvvatlovchi, uni har soniya, har onda tushunuvchi o‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur qiladi va unga imkon qadar shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi.
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birla- rini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro‘y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi savollarni yana ko‘p davom ettirishmumkin.
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalibo‘tamiz.
Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko‘plab ertaklar eshitib, keyinchalik o‘zlari ham ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan yoshlar o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo‘lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, murod-maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakun- lanadi. Bunga sizlar ham ko‘p martalab guvoh bo‘lgansiz- lar.
Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o‘z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so‘ngo‘g‘il bolalar xuddi o‘z otasidek va qizlarimiz o‘z onalaridek
«ota», «ona», «er», «xotin» bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ular o‘z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy muno- sabatda bo‘luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotin- larni ko‘rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuza- ga kelib qolgudek bo‘lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko‘rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘ladi.
Psixologik terapiyaning 6 bosqichi va ularning vazifalari
Oilaviy muammolar diagnostikasining terapevtik dasturini quyidagicha tartibda amalga oshiriladi :
1. Ishni baholash ;
2. Gipotezalarni yaratish ;
3. Ma'lumotni qaytarish ;
4. Terapevtik aralashuv (davolash) ;
5. Davom etish ;
6. Yopish .
Psixoterapiya - bu har bir bemorning shaxsiy xususiyatlariga va u aralashuv davomida bo'lgan holatiga moslashish zarurati tufayli ketma-ket tashkil qilingan turli qismlarga ega bo'lgan jarayon, ularning har biri o'z mantig'iga va ritmiga ega.
Bu yerda biz psixologik terapiya bosqichlari haqida qisqacha xulosa qilamiz, ushbu bosqichlarning har birining maqsadlari va bemorga taqdim etiladigan xizmatning xususiyatlarini aniq ko'rsatamiz.
Albatta, bir necha turdagi terapiya mavjudligini va ularning har biri ma'lum o'zgarishlarga va o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olish kerak; Bu erda biz psixologga individual ravishda tashrif buyuradigan bemorga, ikkinchisining ofisiga borish yoki video qo'ng'iroq orqali onlayn mashg'ulotlar orqali olib boriladigan mashg'ulotlarni mos yozuvlar modeli sifatida ko'rib chiqamiz.
1. Ishni baholash ;
Birinchi bosqich har doim baholash bosqichidir. Buning aksariyati intervyu shaklida bo'lib, unda bemor unga nima bo'layotganini tushuntiradi (yoki u nima deb o'ylaydi), psixolog savollar beradi va terapevtik munosabatlarning asoslarini belgilaydi, agar kerak bo'lsa, ba'zi psixologik testlar qo'llaniladi, masalan, shaxs testi, kognitiv baholash testlari va boshqalar. Tibbiy muammolarning alomatlari bo'lsa, nevrologik testlarni o'tkazish tavsiya etilishi mumkin.
Shunday qilib, ushbu bosqichning asosiy maqsadi odamning muammosining ildizini belgilashni boshlashi va ularning shaxsiy va kontekst xususiyatlarini (ya'ni, turmush tarzi va odatda ular yashaydigan muhitni) bilishni boshlashi uchun etarli ma'lumot to'plashdir. ochish). Bularning barchasi ishlashni davom ettirish uchun juda muhimdir.
2. Gipotezalarni yaratish ;
Terapiya jarayonining ikkinchi bosqichida bemorga nima bo'lishining mumkin bo'lgan sabablari chiqarib tashlanadi (ehtiyotkorlik bilan va hanuzgacha yakuniy xulosaga kelmasligini hisobga olib) va davolanadigan muammo va nima bo'lishi mumkinligi haqida mumkin bo'lgan tushuntirishlar o'rnatiladi. qil.
Shu tarzda, shu ravishda, shunday qilib, Dastlab to'plangan ma'lumotlardan, qabul qilinishi mumkin bo'lgan echimlar to'g'risida ko'rsatmalar mavjud mutaxassisning mezonlari va diagnostika qo'llanmalariga muvofiq, agar mumkin bo'lgan psixologik buzilish bo'lsa. Nihoyat, farazlardan biri tanlanadi va ish undan boshlanadi.
Sizni qiziqtirishi mumkin: "Depressiya oilaviy sharoitga qanday ta'sir qiladi?"
3. Ma'lumotni qaytarish ;
Terapiyaning ushbu bosqichida psixolog shu paytgacha qanday xulosalarga kelganligini tushuntiradi va bemorning bunga bergan reaktsiyasi va qo'shimcha ma'lumotlarini hisobga oladi. Maqsad shu etishmayotgan ma'lumot tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatolardan saqlaning, agar kerak bo'lsa, ishni boshqa mutaxassisga yuboring (bu muammo o'z ta'limidan yoki terapevt tajribasidan xalos bo'lganda yuzaga keladi), shuningdek tanlangan gipoteza va uning oqibatlari to'g'risida bemorning munosabatini hisobga olgan holda.
Bu amalga oshirilgandan so'ng, odamga harakatlar rejasi tushuntiriladi va terapevtik aralashuvning maqsadi nima bo'lishi kerakligi to'g'risida kelishuvga erishiladi (Bunga erishish uchun bemorning sadoqati va ishtiroki talab etiladi).
4. Terapevtik aralashuv (davolash) ;
Bu terapevtik jarayonning asosiy bosqichi, chunki bu psixologik "trening" dasturi bo'lib, unda odam mashg'ulotlarga vaqti-vaqti bilan qatnashadi va mashg'ulotlar oralig'ida kichik maqsadlarga erishadi, har doim mutaxassis bilan uchrashuvlarida o'rgangan narsalariga va uning ko'rsatmalariga amal qiladi. .
Ya'ni, uning bir qismi psixoterapevt oldida, qolgan qismi esa bemorning shaxsiy hayotida (yoki kasbiy hayotda, agar shunday bo'lsa) sodir bo'ladi. Har safar ko'tarilgan qiyinchiliklar egri chizig'idan kelib chiqib, yanada ulkan maqsadlarga erishishni tanlaganingizda va shaxsning taraqqiyot darajasiga moslashgan.
Maqsad odamning his-tuyg'ularni, fikrlarni va ularning xulq-atvorini boshqarish uchun resurslarni o'zlashtirishi, boshqalar bilan va umuman atrof-muhit bilan aloqada bo'lishidir.
Boshqa tomondan, agar istalgan vaqtda bemor o'zi aytadigan yoki ochib beradigan ma'lumotlarda sezilarli o'zgarishlar yuz bersa va bu kuzatilayotgan aralashuv shakliga muvofiqligi shubha tug'dirsa, psixolog formulyatsiya bosqichiga qaytadi gipoteza.
5. Davom etish ;
Psixolog doimo ishlaydi taraqqiyotni, qiyinchiliklarni, bemorning hissiy holatini va ularning mumkin bo'lgan shikoyatlari yoki shubhalarini kuzatib boring. Biroq, psixoterapiyaning oxiriga kelib, ba'zida mashg'ulotlar ko'proq oraliqda bo'lib, odamning juda ko'p professional nazoratisiz avtonom tarzda ishlash uslubi ko'rinadi.
6. Yopish ;
Ushbu psixoterapiya bosqichidagi maqsad bemorni endi muntazam ravishda mashg'ulotlarda qatnashishga hojat qolmaydigan hayot tarziga moslashtiring psixolog bilan suhbatlashish, bu uning uchun muammo emasligini va uni odatdagi tarzda o'zlashtira olishini tekshirish, terapiya davomida olingan o'rganish va xulq-atvor shakllarini amalda saqlash.

2.3 Oilaviy muammolarni yechish va oldini olish metodlari .


Ajralishlarning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etno- psixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususi- yatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o‘zbek va qishloq oilala- rida ajralish tashabbuskori ko‘proq erkaklar bo‘ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbaniza- tsiyalashuv darajasi yuqori bo‘lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq ayollarbo‘ladi.


Biz Sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulo-hazalarimizni bildirishdan oldin o‘zbek oilalarida ajralishlar- ning o‘ziga xos xarakteri, ya’ni boshqa (ayniqsa, chet mamlakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Bu quyidagi obyektiv omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko‘proq tanqidiy muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgan- dan so‘ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki o‘zbek millatidagi o‘ziga xos urf-odatlar o‘zbek ayoli- ning uy-joylarni eriga qoldirib, o‘z ota-onasinikiga (uning aka- ukalari o‘z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrash- gan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo‘ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so‘ng qayta oilaqurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu obyektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi o‘zbek ayollari muammoli (er-xotin orasida- gi munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko‘nikib yashayveradilar. Ba’zi ayollar, aslida eri bilan birga yashama- yotgan bo‘lsalarda (hatto yillab), erlaridan «o‘ch olish» maqsa- dida, uning boshqaga uylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga ko‘nmaydilar. Qishloq joy- lardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan birmunchaimtiyozli vaziyatda bo‘ladilar: ular ajralishgandan so‘ng o‘z yaqinlari tomonidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. Bolasi yo‘q bo‘lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiq- magan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug‘dirmay- di. Bundan tashqari u ajralishdan so‘ng oldingi sharoitda — o‘z (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralish- larning tashabbuskorlari ko‘proq erkaklarbo‘ladilar.
Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo‘lsa, unda hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga ko‘rabu «ozodlik»
«kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo‘lgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida bo‘lishi mumkin.
Ayollar uchun:
Ajralish = ozodlik + bola + aliment ± uy + yolg‘iz ona- largaberiladiganimtiyozlar+yangioilaqurishmuammosi.
Erkaklar uchun:
Ajralish = ozodlik – bola – aliment ± uy + yangi oila qurish imkoniyati.
«Oilangizda nizolar mavjudmi?»testi
Siz uchun muhiminima?
nikohning o‘zi, oilali kishi, deb hisoblash imkoniyati – 1ball,
turmush o‘rtog‘isiz, nikohsiz hayot yomon bo‘lmas edi — 0ball.
Nikohga yengil qarab, uni kattalarning o‘yiniga o‘xshay- di, debhisoblaysizmi?
ha – 1ball,
yo‘q – 0ball.
Ota-onangizga moddiybog‘langanmisiz?
ha – 1ball,
yo‘q – 0ball.
Sizlarning nikoh va hayotiy kutishlar borasidagi qarash- laringiz mostushadimi?
ha – 0ball,
yo‘q – 1ball.
Oila turmush tarzi, maishiy-xo‘jalik sohasi haqidagi tasavvurlaringiz turmush o‘rtog‘ingiz, hamda boshqa oila a’zo- lari bilan birxilmi?
ha – 0ball,
yo‘q – 1ball.
Munosabatlarni oydinlashtirishda nizo va kelishmovchi- liklar tez-tez bo‘libturadimi?
ha – 1ball,
yo‘q – 0ball.
Sizlarning umumiy qiziqishlaringiz, qarashlaringiz, mashg‘ulotlaringizmavjudmi?
ha – 0ball,
yo‘q – 1ball.
Bolalaringiznechta?
2 ta va undan ortiq – 0ball,
2 tadan kam –1ball.
Bolalaringiz tarbiyasi qanday?
yuqori – 0ball,
o‘rtacha yoki past – 1ball.

Olingan ma’lumotlar tahlili:
0 — 2 ballgacha. Ajralish sizning oilangizga xavf solgani yo‘q. Mustahkam oila qurish, qiyinchiliklarni yengish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Oddiy tortishuvlar o‘zaro muno- sabatlaringizga ta’sirko‘rsatmaydi.
3 — 5 ballgacha. Sizning munosabatlaringiz taranglik chegarasida. Siz turmush o‘rtog‘ingizdan doim mamnun emas- siz. Siz har doim ham o‘zingizni tuta bilmaysiz, qo‘lga olol- maysiz. Bunday vaziyatlar ajralish xavfini tug‘diradi. Bunday holatlardan uzoqlashing. Oilaviy hayotingiz ayrim hollarda zerikarli tuyulsa ham, siz undan qoniqasiz. Sizning o‘zaro munosabatlaringizda muloqot madaniyatiga e’tibor bering. Bir- biringiz gag‘amxo‘rlik ko‘rsating, yonbosishga o‘rganing.
6 — 9 ballgacha. Oilangizda ajralish vaziyati yuzaga kelgan. Oilaviy burchlarning taqsimlanishini haqiqat nuqtayi-nazardan ko‘rib chiqish, muammolarni bartaraf etish zarur. Oiladagi muloqot jarayonini o‘zgartirishga e’tibor bering, er va xotin har biringiz o‘zingiz uchun hayotiy qoniqmaslik sababini, turmush o‘rtog‘ingizni hayotdan qoniqmaslik sabablarini, imkoniyatlari- ni o‘rganib chiqish zarur. Bir-biringizga nazokatli, diqqat-e’ti- borli, yumshoq, yaxshi niyat bilan murojaat qiling. O‘z nav- batida bir-biringizga kamroq tanbeh bering. Er-xotinni bir-biri bilan bog‘laydigan, biriktiradigan xususiyatlarga ko‘proq intilng.
Oila qurish motivlaridan biri sevgi-muhabbat hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarning qay darajada kechishi ko‘pincha shu motivga bog‘liq. Lekin har qanday inson o‘z his-tuyg‘ularining sevgi obyekti, ya’ni tanlagan kishisiga nisbatan qanday ekanli- gini bilib olishi kerak.
Quyida keltiriladigan test shaxsdagi his-tuyg‘ularidan sevgi va yoqtirishning darajasini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun shu 14 ta tasdiqlarning ushbu javob variantlaridan birini belgilaysiz:

  1. ha, bu shunday;

  2. ehtimol shundaydir;

  1. u qadar bo‘lmasa kerak;

  2. butunlay unday emas.

Bunda iloji boricha tez ishlashga harakat qiling.
Bu tasdiqlarning toq va juft o‘rinda turganlarining ballarini summasini hisoblash orqali o‘zingizdagi hissiyot turini aniqlashingiz mumkin. Buning uchun toq va juft tasdiqlar bo‘yicha olgan ballaringizni hisoblab chiqing. Ya’ni toq sonda- gi tasdiqlar orqali sevgi darajasini, juft sondagi tasdiqlar esa yoqtirish (mayli) darajasini bildiradi.
Qaysi shkala bo‘yicha ballaringizning ko‘p ekanligi, sizning munosabatingizda shu his-tuyg‘u turining ustunligini ko‘rsatadi. Muhabbat eng qadimiy va navqiron tushuncha. U shu kun- gacha qarigan emas, bundan keyin ham qarimaydi. U hamisha oftob kabi qalbga yaqin, ammo har bir zamon, har bir avlod va har bir qalb uning yanada yangi, mazmunli, ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
«Siz bir-biringizni tushunasizmi?» testi


Sevgi o‘z yo‘liga, biroq turmush qurganlar, agar ular haqiqatan ham uzoq va baxtli umr qurishmoqchi bo‘lsalar, unda yana bir narsa, ya’ni ularning bir-birlarini tushunishlari ham muhimdir. Shuning uchun ushbu test orqali Siz o‘z oila- ngizda bir-birini tushunish uchun qanday holatlar mavjudligini aniqlab olishingiz mumkin. Buning uchun berilgan savolga javob namunasining o‘zingizga ma’qulini tez belgilashingiz kerak bo‘ladi.
Sizda orangizdagi munosabatni jiddiy hal qilib olish ke- rak, degan fikr mavjudmi?
ha — 1 ball;
yo‘q — 0 ball;
d) munosabatlarni hal qilib olish foydasiz — 2 ball.
Agar siz muhim bir savol bermoqchi bo‘lsangiz, buni to‘g‘ridan to‘g‘ri, ortiqcha urinishlarsiz amalga oshirishingiz mumkinmi?
ha — 0 ball;
ha, lekin buning uchun qulay vaziyat talab etiladi — 1 ball;
d) bu haqda so‘z bo‘lishi mumkin emas — 2 ball.
Turmush o‘rtog‘ingiz ko‘pincha o‘zini qiynoqqa solayot- gan muammolar haqida indamaydi deb hisoblaysizmi?
ha — 1 ball;
tasavvur qila olmayman — 2 ball;
d) uning barcha muammolarini bilaman — 0 ball.
Har qanday vaqtda ham turmush o‘rtog‘ingiz bilan muhim narsalar haqida gaplasha olasizmi?
ha — 0 ball;
har doim emas, imkoniyat bo‘lgan vaziyatni kutish ke- rak — 1 ball;
d) deyarli ko‘p vaqtda yo‘q, chunki uni bo‘sh vaqti yo‘q — 2 ball.
Siz bir-biringiz bilan suhbatlashganingizda gaplaringizni aniq o‘ylab gapirasizmi?
ha, har bir gapimni o‘ylab gapiraman — 1 ball;
yo‘q, bir-birimizga nimani o‘ylasak to‘g‘ri gapira- veramiz — 2 ball;
d) o‘z fikrimni aytaman, lekin boshqaga ham quloq sola- man — 0 ball.
Siz o‘z muammolaringizni turmush o‘rtog‘ingiz bilan hal qilganingizda unga ham tashvish orttirayotgandek his qila- sizmi?
ha, bunday tez-tez bo‘ladi — 2 ball;
u meni muammolarimga e’tibor bermaydi — 1 ball;
d) u muammolarni men bilan doim hal etadi — 0 ball.
Sizning biringiz boshqalar bilan maslahatlashmagan hol- da muhim muammoni hal eta olasizmi?
shunday ham bo‘ladi — 2 ball;
birgalikda hal qilamiz, lekin har birimiz o‘z fikrimizda qolamiz — 1 ball;
d) birgalikda muhokama qilamiz va hal etamiz — 0 ball.
Siz umr yo‘ldoshingizdan ko‘ra ko‘proq do‘stlaringiz bi- lan o‘z fikringizni bo‘lishasizmi?
ba’zan shunday bo‘lib turadi — 1 ball;
yo‘q, men o‘z muammolarimni turmush o‘rtog‘im bilan muhokama qilaman — 0 ball;
d) do‘stlarim meni yaxshiroq tushunadi — 2 ball.
Turmush o‘rtog‘ingiz bilan gaplashganda siz boshqa narsalar haqida o‘ylaydigan holatlar bo‘lib turadimi?
shunday ham bo‘lib turadi — 2 ball;
yo‘q, men diqqat bilan eshitaman — 0 ball;
d) agar uni jahli chiqqanini sezsam diqqat-e’tiborimni qaratishga intilaman — 1 ball.
Suhbat jarayonida siz fikrlaringizni oldin aytib olishga harakat qilasizmi?
albatta — 2 ball;
turmush o‘rtog‘im o‘zini o‘ylantirgan muammoni aytishi uchun imkon beraman — 0 ball;
d) ikkalamiz birga muammolarni hal etishimiz zarur, deb hisoblayman. — 1 ball.
Test natijalari tahlili:



Download 123.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling