9 – mavzu: Menedjer muomalasi psixotexnologiyasi (2 soat)
Reja:
Muomala psixotexnologiyasi amaliy harakatlar sistemasi sifatida. Psixotexnika boshqaruv muomalasi tuzilishida menedjerning psixik faoliyati sifatida.
Psixotexnikaning individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik turlari. Muomalaning psixologik texnikasi. Individual kommunikativ faoliyatning qurilishi.
Menedjer shaxsiyati o‘zini-o‘zi boshqaruv ob’ekti sifatida.
IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT vositasi-grafik, organayzer, elektron darsliklar, dasturlashtirilgan psixologik metodikalar, videoproektor moslamalaridan foydalanib darslar tashkil qilinadi.
10 – mavzu: Mojaro va muzokaralar
(2 soat)
Reja:
Mojaroning ijtimoiy-psixologik tabiati. Mojaroning tipik sabablari. Mojaroning ijobiy ta’siri. Mojaroga xatti-harakat reaksiyasi.
Mojaroli vaziyatlarda xatti-harakatning asosiy turlari. Muzokaralar turlari. Vertikal muzokaralar.
Shaxsiy manfaatli muzokaralar. Hamkorlikka yo‘naltirilgan muzokaralar.
Muzokaralarni o‘tkazish bosqichlari. Muzokaralarga tayyorlanish. Mojarolarni baholash metodlari. Muzokaralarni boshlash tabiati: strategiya va uslub.
Mojaroni hal qilishda kelishuv jarayoni. Tugallashning maqsadi va tabiati.
Mustahkam kelishuvning asosiy qurilishi: qoniqish, psixologik qoniqish. Mojarodan keyingi holat. Mojarodan keyingi holatni yuzaga keltiruvchi omillar.
IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT vositasi-grafik, organayzer, elektron darsliklar, dasturlashtirilgan psixologik metodikalar, videoproektor moslamalaridan foydalanib darslar tashkil qilinadi.
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarnn tashkil etish bo‘yicha kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma na tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda bakalavr asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yiicha olgan bilim va ko‘niikmalarini mashg‘ulotlar olib borish jarayonida yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida magistrlar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni tayyorlash orkali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |