Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Milliy g‘oya va ma’naviyat ta’limida shaxs manfaatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
Milliy g‘oya va ma’naviyat ta’limida shaxs manfaatlari
ustuvorligi Milliy g'oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish zaruriyatini tushunishdan oldin shaxs tushunchasi, uning manfaatlari va erkinligi ning mazmun va mohiyatini anglash kerak bo‘ladi. SHAXS - alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘z predmeti nuqtai nazaridan ishlatiladi. Shaxs haqida xilma-xil talqinlar bor. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi: 1) biologik (nasl); 2) tabiiy muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy tajriba; 5) odamlar bilan munosabat. Shaxsning biofiziologik jihati ovqatlanish, joylashish, jinsiy aloqalarga kirishish, bola tug‘ilishi kabi individual faoliyati bilann bog‘liq hodisalardir. Shaxsning shakllanishiga tabiiy aloqador buyum va aloqalar olami fizik muhit deb ataladi. Shaxs madaniylashgan jonzot; ijtimoiy-tarixiy tajribaga ega bo‘lgan muayyan avlod vakili; odamlararo munosabatlar subekti bo‘lishi ham mumkin. Bu uch omil ham shaxs hayoti va faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi 1 . 1 Ma`naviyat asosiy tushunchalar izohli lug`ati. T.: “G`afur G`ulom”nashriyoti. 2013 yil. 362 bet. 39 Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini o‘zida mujassam etadi. Uni har tomonlama o‘rganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, Sharqda u yuksak axloqiy- ma’naviy meyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining go‘zal va farovon bo‘lishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot ne’matlaridan to‘la foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega bo‘lgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham to‘la-qonli shaxs bo‘lib yetilmasligi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling