Uchinchidan, barkamol shaxs bo‘lishi uchun yurtimiz tarixini,
o‘tmishini va bugunini mukammal bilishi shart;
To‘rtinchidan, O‘zbekistonda qanday muqaddas qadamjolar
mavjud. Ular nima uchun muqaddasligini yoshlar bilishlari,
o‘rganishlari zarur;
Beshinchidan,
yoshlar
Farobiy,
Beruniy,
Ibn
Sino,
Zamahshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Motrudiy, Ahmad Farg‘oniy,
Amir Temur, Alisher Navoiy, Xusayin Voiz Koshifiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi o‘lmas mutafakkirlar asarlarini o‘qigan,
uqqan bo‘lishlari kerak;
Oltinchidan, bugungi yoshlar Abdulla Qodiriyning “O‘tgan
kunlar”, Oybekning “Navoiy”, G‘ofur G‘ulomning “Shum bola”, “Sen
yetim emassan”, Abdulla Qahhor, Xudoyberdi To‘htaboyevning
romanlari, hikoyalari, qissalarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov,
Muhammad Yusuf, To‘ra Sulaymon, Mahmud Toir, Tog‘ay Murod
kabi o‘nlab ijodkorlar asarlari, “Alpomish”, “Ravshan”, “Kun
tug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlarni o‘qigan bo‘lishlari zarur;
Yettinchidan, barkamol inson o‘zi yashayotgan hududdagi
teatrga har haftada hech yo‘q-sa bir marta borib turishi, oyda bitta
badiiy asarni o‘qigan bo‘lishi kerak;
Sakkizinchidan,
bugungi
yoshlar
“Axborot”, “Davr”,
“Poytaxt” informatsion dasturlarini, ommaviy axborot vositalari
bo‘lgan kunlik gazetalardagi xabar va yangiliklardan xabardor bo‘lib
borishlari kerak.
43
Tayanch tushuncha va iboralar: Shaxs manfaatlari va erkinligi,
shaxs manfaatlari va erkinligining ma’naviy jihatlari, shaxs qadr-
qimmati, shaxs manfaatlarini himoya qilish, shaxs manfaatlariga oid
bo‘lgan maxsus qonunchilik tizimi, BMT, Yevropa Kengashi Bosh
assambleyasi, YUNESKO, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti, Barkamol shaxsni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |