Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va ulardan ma’naviy-


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va ulardan ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarda foydalanish. 
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish
bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini 
oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu 
tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi 
bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Ma’naviy - ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari hech qachon 
hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani, mafkuraviy tahdid va axborot 
xurujlari ko‘payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash 
yo‘lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha 
jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma 
qatlamlari orasida ma’naviy - ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal 
ishlarni amalga oshirish targ‘ibotchi oldidagi eng muhim vazifa 
hisoblanadi. SHuning uchun ham ma’naviy - ma’rifiy va mafkuraviy 
targ‘ibot ishlari qanday dastur va yo‘nalish, qaysi ko‘rsatma va 
qo‘llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib 
borilayotgani g‘oyat muhim masala bo‘lib turibdi. Yoshlar qalbida 
yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda, ularda milliy ong va 
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish 
va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida”gi PQ - 3160 sonli qarori. 
2017 yil 28 iyul. https://lex.uz/ru/docs/-4071203. 


145 
g‘ururni uyg‘otishda, Vatan, millat va istiqlol taqdiri uchun faol 
kurashchi fuqarolarni tarbiyalab, voyaga etkazishda muzey, teatr va 
kutubxonalar, bugungi kun ta’biri bilan aytganda axborot resurs 
markazlarining alohida o‘rni bor. Bu kabi muassasalar Respublikamiz 
fuqarolari ma’naviy dunyosini boyitish, ularni go‘zal narsalarning 
hammasidan bahramand qilish, kishilar qalbiga tezroq yo‘l topish, 
estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni 
chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. 
SHuning uchun pedagog-o‘qituvchilar o‘z faoliyatida mazkur 
muassasalarning 
yoshlarni 
yuksak 
ma’naviy-axloqiy 
ruhda 
tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositachilik xususiyatidan 
imkoni boricha kengroq foydalanishlari muhim ahamiyatga ega. 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasini yaratish 
eng muhim vazifalardan biridir. Chunki har qanday ma’naviy-ma’rifiy 
tadbir 
metodik 
jihatdan 
puxta 
ishlab 
chiqilmasa 
quruq 
safsatabozlikdan nariga o‘tmaydi. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar 
yuzasidan 
o‘tkaziladigan 
tadbirlarning 
muayyan 
majmui 
bag‘rikenglik, insonparvarlik g‘oyalari asosida tayyorlanib, talaba-
yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, o‘zga millat va din 
vakillariga hurmat uyg‘otish ruhida o‘tkazilishi muhimdir. 
O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, 
bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini 
oshirish, yoshlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, 
intellektual salohiyati, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, 
vatanparvarlik, bag‘rikenglik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi 
bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarning 
ta’sirchanligini 
oshirish, 
ma’naviyat sohasidagi tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi 
samarali 
kurashish, 
jamiyatda 
mafkuraviy 
immunitetni 
mustahkamlash, sohasida: 
- aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, 
jamiyatda 
milliy 
va 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
asoslangan 
demokratik tamoyillarni qaror toptirish; 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun 
hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali 
etkazish; 


146 
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida 
ijtimoiy - ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va o‘rganishga 
qaratilgan 
faoliyatda 
ishtirok 
etish, 
«mahalla-tuman-viloyat-
respublika» prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy 
muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot 
texnologiyalarini keng joriy etish; 
- jamiyatda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida uzluksiz 
ma’naviy tarbiya va targ‘ibot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan,
strategik yo‘nalishlari, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab 
chiqish; 
- tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror 
taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik 
g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi 
samarali targ‘ibot ishlarini olib borish; 
- aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini 
kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini 
yanada mustahkamlash. 
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni 
jismonan sog‘lom, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularni 
yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga 
aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling