Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatli kadrlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatli kadrlar
tayyorlash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab yuksak intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash siyosati olib borilmoqda. Xususan, 1991 yil 20 noyabrda davlat xalq manfaatlarini kо‘zlab, “О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida”gi qonunga asoslanib, respublika yoshlarning ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadida 2016 yil 14 sentyabrda Qonuni qabul qilingan edi. Mazkur qonunning 1-moddasidayoq qonunning mazmun va mohiyati tо‘laligicha о‘z ifodasini topgan: “Yoshlarga oid siyosat О‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yо‘nalishi bо‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yо‘lida imkoni boricha tо‘la-tо‘kis rо‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir” 1 . О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi: • millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar tо‘g‘risida g`amxо‘rlik qilish; 1 O`zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida”gi O`RQ-406-son qonuni. 2016 yil 14 sentyabr. https://lex.uz/docs/-3026246. 154 • yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; • milliy, madaniy an’analarning avloddan avlodga о‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi; • yoshlarning tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash, yoshlar О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari doirasida о‘z manfaatlarini amalga oshirish yо‘llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish; • jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; • huquq va burchlarning erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi”. Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash siyosati ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini о‘zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy о‘quv yurtlariga, balki har qaysi oila, hayotiga keng kirib borishi uchun zamin hozirladi. Ushbu siyosatning uzviy tarkibiy qismi sifatida O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunni (2020 yil 23 sentyabr) keltirish о‘rinli. Ushbu qonun mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati tо‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi о‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga kо‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta о‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib 2014 yil 6 fevralda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling