MADANIYAT -
jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari
tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va
faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan
moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi
muayyan tarixiy davr (antik Madaniyat), konkret jamiyat, elat va
millat (oʻzbek Madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki
turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat Madaniyati, badiiy
Madaniyat, turmush Madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor
maʼnoda “madaniyat” atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti
sohasiga nisbatan ishlatiladi. Madaniyat - arabcha madina (shahar)
soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini
badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb
ataganlar.
MA`NAVIYAT –
inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi
tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy,
diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Manaviyat atamasining asosida
"maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami
mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-
harakati va boshqa kiradi.
MA`RIFAT – kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini
oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson
mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham
bildiradi. M. ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. M. tushunchasi
madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. M. maʼnaviy
qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni
jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob
egasi boʻlishga yordam beradi. M.li kishilardan tashkil topgan jamiyat
ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. M. — bilim va madaniyatning
qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. M.ni hayotga
singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |