Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

MATERIALIZM - materialistik oqimiga mansub fay.lar K.Fogt, 
R.Moleshott va L.Byuxnerning fal-iy qarashlarini ta’riflash uchun 
Engels tomonidan kiritilgan tushuncha. G‘arb fal.siga mansub bo‘lgan 
V.m. oqimi 19-a.ning 1-yarmida tabiiyot ilmi rivojlanib, ulkan 
yutuqlarga 
erishilganligi 
ta’sirida vujudga keldi. Jumladan, 
energiyaning saqlanish qonuni, CH.Darvinning evolyusion ta’limotini 
ijtimoiy hodisalarga tadbiq qilinishi, miya funksiyalarini jadal 
ravishda tadqiq etilishi kabi tabiiy fanlarning kashfiyot va yutuqlari 
argument sifatida butun naturfalsafaga, jumladan, nemis klassik 
fal.siga qarshi yo‘naltiriladi. Ijtimoiy hodisalarni (mas., sinfiy 
tafovutlarni, xalqlar tarixini o‘ziga xos xususiyatlarini va b.) tahlil 
qilishda V.m.da biologizm, naturalizm va empirizm nuqtai nazaridan 
fikr yuritiladi; gnoseologiya masalalarini empirik yo‘l b-n tadqiq 


165 
qilish, fal.ni tabiatshunoslikka qarama-qarshi qo‘yish kabi urinishlar 
ham V.m.ga xos ish uslubidir. 
MILLIY G`OYA – 
muayyan millat hayotiga mazmun baxsh 
etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U 
millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, 
uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mo-
hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq 
muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks 
ettiradi. Mas, oʻz davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan 
Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi Moya gʻoya darajasiga 
koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini 
yoʻqotdi. Biror gʻoyaning Milliy gʻoya sifatida maydonga chiqishi 
millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 
negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga 
erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri 
ifodalay olishi mumkin. Har qanday M.gʻ.da umuminsoniy moqiyat 
mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun 
ahami-yatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Mac, "Milliy yarash" gʻoyasi 
fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy maz-munga ega 
boʻlsa, "Manfaatli hamkorlik" gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari 
uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz tarixining burilish 
nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil 
etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan 
ijtimoiy gʻoyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa 
Milliy gʻoya orqali erishiladi. Milliy gʻoya muayyan darajada 
insoniyat taqdiriga taʼsir qiladi. Milliy gʻoyaning yosh avlodni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va 
odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda 
ahamiyati katta. Milliy gʻoya vositasida el-yurt birlashadi, oʻz oldiga 
buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling