Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Mustaqillik sharoitida mamlakatimiz ta`lim tizimidagi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Mustaqillik sharoitida mamlakatimiz ta`lim tizimidagi 
islohotlar. 
Milliy g‘oya milliy tarbiya an’analariga katta e’tibor bergan holda 
jamiyat 
a’zolarining 
ma’naviyatlarini 
yuksaltirib, 
ularda 
vatanparvarlik, milliy iftixor, millatparvar tuyg‘usini iymon va 
e’tiqod darajasiga ko‘tarib beradi. 
U har bir millatning tili, milliy merosi, qadriyatlari va urf-
odatlariga hurmat bilan qarash, ularning millat ijtimoiy-ma’naviy 
kamolotini muhim omili deb bilishni shakllantirish vazifalarini ham 


18 
bildiradi. Milliy g‘oya elim, yurtim deb kuyinib yashaydigan fidoyi 
insonlarni voyaga yetkazish omillaridan biri hamdir.
Milliy g‘oya har bir fuqaroni iymonli, insofli, halol, mehnatsevar, 
mehr-muruvvatli, rahm-shafqatli, adolatparvar, axloqli, odobli 
bo‘lishi, ma’naviy kamolotni hal qiluvchi omili deb biladi.
Milliy g‘oya millatni ulug‘lashni qadrlashni millat manfaati 
yo‘lida fidoiy bo‘lishni insoniylik burchi ekanligini har bir fuqaroni 
ongi va qalbiga singdirib boradi. 
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta’limi ma’naviy hayotni 
yuksaltirish yo‘lidagi o‘z vazifalarini bajarib borishi va uni yanada 
kuchaytirish tarixiy zaruriyatdir. U tizim sifatida quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: oila-mahalla, ta’lim tizimi va hk. 1996 yil 9 sentabrda 
esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va 
ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va 
samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 1998 yil 24 iyulda 
Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qarori, 1999 yil 3 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidentining “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
Kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi
1

2001 yil 18 yanvarda 2001 yil 18 yanvarda O‘zbekiston 
Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning 
“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani boyicha 
ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish 
to’g’risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.
Nihoyat, 2021 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora 
tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 5040-son Qarori qabul qilinib, unga 
ko‘ra ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy 
tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g`oyasini keng targ`ib etish orqali 
jamiyatda sog`lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy 
harakatga aylantirish, oila, ta`lim tashkilotlari va mahallalarda 
ma`naviy tarbiyani uyg`unligini ta`minlash, targ‘ibot-tashviqot va 
tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha 
bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan 
1
www.lex.uz
 


19 
doimiy monitoring tizimini joriy qilish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, 
mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga 
bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga 
barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirish, aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish 
madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi 
mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, madaniyat, adabiyot, kino, 
teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa 
mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy 
mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga 
erishish, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, 
terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va 
boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish 
hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish1 asosiy 
vazifalardan biri sifatida keltirilgan. 
Aslida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ham o‘z o‘rnida ma’naviy 
qadriyatlar mezonidir. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma`naviy - axloqiy va 
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim – tarbiya berish 
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora tadbirlari 
to`g`risida” 2018 yil 14 avgustdagi ПҚ-3907-son Qarori, 2017 yil 28 
iyuldagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani 
rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida” ПҚ-3160-son 
Qarori, 2019 yil 3 may “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 
 
ПҚ-4307-
son Qarori ham milliy g‘oya va ma’naviyat rivojida muhim o‘rin 
tutadi. Shuningdek, mamlakatimizda milliy g‘oya va ma’naviy 
sohasida olib borilayotgan islohotlar ham bu borada alohida 
ahamiyatga ega.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling