Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


ХХI asr – axborot va texnologiyalar asrida milliy g`oya va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

ХХI asr – axborot va texnologiyalar asrida milliy g`oya va 
ma`naviyatga va bu sohadagi fanlarni o`qitishga ehtiyoj. 


25 
Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati esa xarakterda namoyon 
bo‘ladi, degan edi buyuk mutafakirlardan biri. Demak, insonning 
insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur 
darajasi bo‘lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi, miqyosi va 
ko‘lamiga baho beruvchi bosh mezon xatti-harakati, hayotga va atrof 
muhitga munosabati, o‘z-o‘zini boshqarishdagi ichki qudratdir. Ana 
shu ichki qudratga tayangan xalq Sharqning diyonat, or-nomus, 
sharm-hayo kabi fazilatlarni asrlar mobaynida oliy qadriyat sifatida 
avaylab-asrab kelmoqda. Ularni milliy istiqlol g‘oyasi orqali yoshlar 
ongi va qalbiga singdirishning ahamiyati nechog‘li ekanligini anglash 
muhim. Bu har bir yoshga o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi hamda 
shularga o‘xshagan va shunga harakat qilayotgan yoshlarning yangi 
avlodi yetishib chiqishiga olib keladi. 
XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash 
tobora rasm bo‘lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan, 
ko‘rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini 
o‘zgartirishga, fikriga ta’sir qilishga yo‘naltirilgan. Hozirgi davrda 
inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga 
sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashda 
uzilishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda begona 
mafkuralarning qo‘poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz 
aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. chunki bunday 
mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro 
maydonda ham olib borish talab etiladi. 
Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg‘otish, tirishqoq va serg‘ayrat 
shaxsni tarbiyalash, shaxsni o‘zi ustida qunt bilan ishlashga o‘rgatish, 
unda o‘ziga ishonchni qaror toptirishdan ham manfaatdormiz. 
Shuningdek, milliy g‘ururi baland, mas’uliyat va burch hissiga ega
intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan, kelajagi o‘z 
qo‘lida ekaniga ishongan mustaqil shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik 
berish zarur. Inson mafkurani hayotdan uzilib qolgan, begona va 
mavhum narsa sifatida tushunmasligi kerak. Milliy g‘oyani oddiy va 
yurakka yaqin g‘oyalar orqali singdirish, ya’ni milliy g‘oyaning inson 
ongidan o‘rin olishi bilan qanoatlanmay, balki uning qalbiga jo qilish 
zarur. Bu sohada amalga oshiriladigan ishlar o‘zining samarasini 
berishi shubhasiz.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi 
fanlarning o‘qitilishini yanada takomillashtirish zarurligining 


26 
sabablaridan biri, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan 
qat’iy nazar, uning real sub`yekt, ma’lum moddiy va ma’naviy 
boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega 
bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini 
tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat 
va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir. 
Ma’naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va 
manfaatlari 
asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish zarurati 
shundaki: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling