Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida test metodini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida test metodini 
qo‘llashning mohiyati. 
Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada 
J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun 
qo‘llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz 
psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya 
fanlari doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab 
chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil 
ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik 
psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Psixologiya va 
pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik metodlar 
ham qo‘llanila boshlandi.
Bunday metodlar o‘z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi.
2
XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning 
o‘quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. 
Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo‘nalish: aqliy 
(intelektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va 
qo‘llash hamda o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini va bilimlarini 
baholashga mo‘ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo‘llash 
sohalari rivojlana boshladi. 
Test tuzuvchilar turli odamlarda reaksiya vaqti bir xil emasligini 
aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy (intelektual) qobiliyatlarini 
1
Omarova G.S. “O`rta maxsus ta`lim tizimida “Huquqshunoslik” fanini o`qitishda yangicha 
yondashuv” // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2021. 5-son. – 536-b. 
2
Qoraboyeva Z.T. Pedagogik texnologiyalar. Ma`ruzalar matni. 2006 y. 


54 
o‘rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy 
ishlar olib borish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib keldi. 
Test sinovlarining asosiy maqsadi ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish 
darajasi to‘g‘risida, hamda navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars 
hajmi to‘g‘risida o‘quvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish 
metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. 
O‘quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, 
testlarni guruhlarga ajratishga o‘rganib ko‘rilgan. CH.Grin (1926) 
o‘zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli 
monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning 
afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni bergan: 
- test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va 
uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; 
- mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba 
yo‘li bilan aniqlash; 
- o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha 
tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test 
sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; 
- test sinovlaridagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va 
mantiqan muvofiqligini tekshirish; 
- topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri
va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l 
qo‘ymaslik. 
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda muhim vositalardan bo‘lgan 
test nazoratining ijobiy jihatlari:
1. Savodli tuzilgan test obektiv pedagogik o‘lchash vositasi bo‘lib, 
uning natijasi imtihon oluvchi o‘qituvchiga bog‘liq emas.
2. Pedagogik test o‘quv materialining dasturiy mazmunini to‘liq 
qamrab olishi mumkin.
3.Test nazoratida texnikani qo‘llash oson, bu ma’lum bir materialni 
yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy 
nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bu uning muhim ustunliklaridan 
biridir.
Test usuli ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, test 
o‘quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini qoliplaydi, ya’ni
cheklaydi; o‘quvchi o‘zining ruhiy kechinmalarini namoyon qila 
olmaydi; o‘quvchining boshqa shaxsiy sifatlarini baholab bo‘lmaydi.


55 
Shunga qaramay, pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari juda 
katta. Testdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim tizimining barcha 
bo‘g‘inlarida o‘qish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi, 
o‘quvchining bilish faolligini oshiradi. Test topshiriqlariga 
qo‘yiladigan didaktik talablar mavjud. Tuzilgan test topshiriqlarini 
hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari 
mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya 
qilishi zarur.
Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o‘quv 
materialining maqsadga muvofiqlari; material ahamiyatliligi; ilmiy 
aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra 
tabaqalashtirish; samaradorlik; til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik;
qat’iy belgilangan vaqt; ixchamlik; murakkablik meyori; to‘g‘ri 
javobda qo‘shimcha belgilarining mavjud emasligi; shaklan va 
mazmunan o‘zaro bog‘liqlik. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling