Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan milliy g‘oya va 
ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar. 
Milliy g‘oya va ma’naviyat turkumiga kiruvchi fanlar ma’naviy 
hayotni yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi turli illatlarning oldini olishda 
katta ahamiyatga egadir. Milliy g‘oyaning jamiyat hayotini 
yuksaltirishga xizmat qiladigan barkamol avlodni tarbiyalab 
berishdagi o‘rni ham benihoya kattadir. Shuning uchun ham milliy 
g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Bugungi kunda jamiyat a’zolarini ayniqsa O‘zbekistonning 
kelajagi bo‘lgan yoshlarni ongi va qalbini zaharlashga intilayotgan, 
jamiyatimizning ma’naviy hayotini parokandalik holatiga tushirishga 
harakat qilayotgan ma’naviy tahdidlar mavjuddir. Mana shunday 
ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya katta rol o‘ynaydi. 
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar 
natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning 
asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan 
chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi 
jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. 
Milliy g‘oya va ma’naviyat faqatgina nazariy tafakkur natijasi 
emas, ular har bir shaxsning ma’naviy e’tiqodida, amaliy faoliyatida 
namoyon bo‘lishi bilan birga ma’naviy hayotni yuksaltiruvchi omil 
hamdir. Milliy g‘oya ta’limi milliy tarbiya an’analariga katta e’tibor 
bergan 
holda 
yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirib, ulardagi 
vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg‘usini qadriyat darajasiga ko‘tarib 
beradi. 
Milliy g`oya, ma’naviyat turkumiga kiruvchi fanlarda milliy ong, 
milliy o‘zlikni anglash va milliy mentalitet yetakchi o‘rin egallaydi. 
Milliy ong bo‘lmasa, u rivojlanmasa, millat o‘zligini anglamasa, u 
kim, qayerdan kelib chiqqan, ildizlari nimalar bilan bog`liqligi kabi 
tuyg`ularga ega bo‘lmasa va nimalarga qodirligini bilishga intilmasa, 
milliy g`oya ham sayozlashib boraveradi. Millat o‘zining turmush va 
hayot kechirish jarayonida o‘z millatiga xos bo‘lgan udumlar, urf-
odatlar, an`analar va qadriyatlarni o‘zlashtirishga intilsa hamda unga 
amal qilsagina milliy g`oyalar uyg`onib, rivojlanib, takomillashib 


10 
boraveradi. Chunki, milliy ong va milliy o‘zlikni anglash milliy 
g`oyaga turtki beradi, uni shakllantiradi va milliy taraqqiyotga ruhiyat 
bag`ishlab uni harakatga keltiradi. Shuning bilan birga milliy ong va 
o‘zlikni anglashning rivojlanishi milliy g`oya imkoniyatlarini 
kengaytirib turadi.
Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo‘lib, u 
millatning o‘ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo‘lida 
millat 
vakillarini 
birlashtirish, 
uyushtirish 
va 
taraqqiyot
yo‘nalishlarini belgilash kabilarga o‘zining ta’sirini o‘tkazadi.
Milliy g`oya milliy o‘ziga xoslikni saqlab turish va milliy 
manfaatlarni amalga oshirish, milliy istiqbolni belgilash uchun muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki u, millat vakili bo‘lgan har bir shaxsning 
dunyoqarashi, kundalik faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Millat 
vakillarining aksariyat ko‘pchilik qismini milliy g`oyasi mustahkam 
bo‘lgan insonlar tashkil qilgan sharoitdagina milliy manfaatlar uchun 
umummilliy harakat vujudga keladi. Xuddi mana shu umummilliy 
harakatni vujudga keltirish-milliy g`oyaning muhim vazifalaridan biri; 
ikkinchidan, uning millat vakillarida vatanparvarlik, ona 
zaminning muqaddasligi tuyg`usini uyg`otish, uni ko‘z qorachig`iday 
himoya qilish kerakligini tushunib etishga ta`sirini o‘tkazish; milliy 
g`oya har bir millat vakilida uning avlod-ajdodlari ana shu zaminda 
dunyoga kelgan, uning huzur-halovatidan bahramand bo‘lgan, undan 
ilhom, zavq-shavq olgan va qo‘nim topganligidan xabar berib turadi. 
Bu 
o‘z 
navbatida 
o‘z 
ona 
zaminiga 
mehr-muhabbatini
mustahkamlaydi; 
uchinchidan, milliy g`oya tarixiy xotirani mustahkamlaydi va 
uning takrorlanmas imkoniyatlaridan manba sifatida ilhom olib turadi. 
Biz umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi va umumbashariyatni 
birlashtiruvchanligi haqida gapirmaylik, baribir uning ildizlari, 
zaminlari millatning tarixiy xotirasi, merosi va asrlar davomida 
to‘plagan hayotiy tajribalari bilan bog`liq ekanligini nazarda 
tutishimiz lozim bo‘ladi. Xuddi mana shu jarayonda milliy g`oyaning 
o‘rni, salohiyati, imkoniyati va yuksakligi namoyon bo‘lib turadi.
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat 
yo‘nalishining tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarni
ana shunday ezgu g‘oyalar bilan tarbiyalab voyaga yetkazishdir. 
Ushbu yo‘nalishda “Umumiy psixologiya”, “Umumiy pedagogika”, 
“Milliy g‘oya, ma’naviyatning pedagogik asoslari” fani bilan bir 


11 
qatorda, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”, “Etnomadaniyat”, 
“Globallashuv asoslari”, “Geosiyosat asoslari”, “Ma’naviyatshu-
noslik”, “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”, “Dunyo dinlari 
tarixi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi”, “Milliy 
g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish meto-
dikasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Davlat va huquq tarixi va nazariyasi”, 
“Huquq sohalari”, “Jahon siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Ekstremizm, 
tarixi va mohiyati”, “Umumta’lim fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish 
metodikasi”, “Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti”, “Milliy 
g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitishda 
innovatsion pedagogik texnologiyalar”, “Hayot faoliyati va 
xavfsizligi” kabi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‘qitiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling