Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Milliy g‘oya va ma’naviyatga doir fanlar orqali yoshlarda
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
Milliy g‘oya va ma’naviyatga doir fanlar orqali yoshlarda
ijtimoiy-siyosiy faollikni tarbiyalash istiqbollari. Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy sohalardagi mavqeini kuchaytirish - Yangi O‘zbekistonni barpo etishimizda juda dolzarb masaladir. Bu jarayonda davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, yoshlar tashkilotlarining samarali faoliyatlarini tashkil etmoqdamiz. Yoshlarni qo‘llab quvvatlashda,ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashda qonun chiqaruvchi Oliy Majlis o‘rni bugungi kunda juda sezilarli. Uning qoshida "Yoshlar Parlamenti" tashkil etilishi ham ularga bo‘lgan diqqatni yorqin misolidir. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari xalqaro maydonda yoshlar manfatini ifoda etishda ham faol ishtirok etib kelishmoqda. Parlamentdagi ushbu ijobiy o‘zgarishlar taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi janob Martin Chungong tomonidan yuqori darajada baholandi. Xususan, dunyo aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmas ekanligini, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etishi u tomonidan ijobiy ta’kidlandi. Aytish joizki,davlatimiz yoshlar masalasini strategik vazifa sifatida barcha islohotlarda nazarda tutadi. Chunki ular jamiyatimizda 63 foizini tashkil etadi. Dunyoda ham ular bilan bog`liq muammolar kam emas. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari jahon minbarlarida hamisha yoshlar masalasiga doir fikrlar bildiradi. Jumladan, 2017-yilning 19-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida yoshlar huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi mexanizmni tashkil etishda BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini oldinga surdi. Ushbu g‘oya jahon hamjamiyati tomonidan dolzarb masala sifatida qabul qilinib, qo‘llab quvvatlandi. Shuningdek, joriy yilning 22-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida Yoshlar huquqlari bo‘yicha 156 maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish taklifi bildirildi. U ham ma’qullandi. Yana bir muhim tashabbus, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlati tomonidan Yoshlar masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini tuzish tashabbusi ilgari surildi. Bunday tashabbuslar bejiz emas. Barcha islohotlar negizida qonuniy sharoitlar bo‘lishi lozim. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish borasida mustahkam huquqiy baza mavjud. U yildan yilga zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq qonunlar qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilingan. Ushbu qabul qilingan hujjatlarning sifatli ijrosi ustidan muntazam ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilgan. Yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish va yo‘naltirish uchun birinchi navbatda, ularda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish kerak: 1. Axborotni qabul qilish va tahliliy fikrlash. Har qanday jarayonda qatnashuvchi shaxs analitik fikrlashga ega bo‘lishi kerak. Voqea-hodisa haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi, jarayonning borishini tahlil qilish hamda natijaviy ko‘rinishini aniq tasavvur qila olishi kerak. Bundan tashqari, tahlillarga tayangan tarzda ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlay olishi hamda differensiyalashi lozim. 2. Shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish malakalari. Shaxs uchun eng muhim holatlardan biri-kommunikativlikdir. Chunki shaxslararo munosabatda-shaxsning kirishimligi, bemalol aloqa o‘rnata olishi muhim ahamiyatga egadir. 3. Motivatsiya, tashabbus va faoliyatni tashkil eta bilish. Ijtimoiy jamoada shaxs doimo tashabbus ko‘rsatish va bunga yarasha intilishga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun shaxs yetarli bilimga ega bo‘lishi bilan birga, o‘z taktika va strategiyasini tashkil eta olishi kerak. 4. Nutqning rivojlanganligi. 157 Shaxsda ijtimoiy aloqalarni yaxshi tashkil eta olishi uchun nutq har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kerak. Ayniqsa “og‘zaki” yoki “gaplashuv”, “yozma” nutqni boyitish ustida tinimsiz ishlash kerak. 5. Mustaqil fikrlash. Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun shaxsdan mustaqil fikrlash kuchli talab etiladi. Bundan tashqari mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega shaxslar doimo ijtimoiy guruhda o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘lishadi. 6. Mustaqil qaror qabul qilish. Shaxsdan har qanday jarayonda birinchi navbatda, mustaqil fikr yuritish talab etiladi. 7. Ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish. Shaxsda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish shakllangan bo‘lishi kerak. Hozir paytda shaxsning siyosiy faolligini boshqarish XXI asrdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, bu esa siyosiy jarayonlarda inson omilining oshishi bilan izohlanadi. Insonda liderlikka erishish, muvaffaqiyatga intilish, o‘z atrofidagilarga tan oldirish kabi shaxsiy sifatlar siyosiy jarayonlarning borishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiydir. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi. Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT- parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 158 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi 1 . Ushbu qarorga asosan quyidagi vazifalar belgilandi: yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish; mamlakatda xavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng huquqlilikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish; yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart- sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash; ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart- sharoit yaratish; yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish; yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yo‘qotgan va ota- ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash; salohiyatli yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash; yosh xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 1 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 23-son Qarori. 2021 yil 18 yanvar. https://lex.uz/docs/-5234746. 159 yoshlarning g‘oya, taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling