Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o`qitishning
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o`qitishning
tarixiy, nazariy, huquqiy va pedagogik asoslari. Milliy g‘oya va ma’naviyatning tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Aslida ma’naviyat ta’limi mustaqillikdan so‘ng joriy etilayotgan bo‘lsada, insonlarning bilimi, ma’rifati va ma’naviyatini yuksaltirish masalasi kishilik jamiyati paydo 1 Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni –millat qilishga xizmat etsin, Т., 1998 y 10- bet 16 bo‘lganidan beri davom etmoqda yoki dastlab og‘zaki tarzda, so‘ng yozuv paydo bo‘lganidan boshlab esa turli manbalar asosida avloddan – avlodga o‘tib kelmoqda. Dastlabki yozma manbalarda, jumladan, “Avesto”da “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” zardushtiylik axloqining asosiy qoidasi bo‘lsa, “Qur’oni Karim” va Hadisda yuksak ma’naviyat va ma’rifat, bilimlilik inson uchun qanchalik zarurligi alohida o‘rin tutadi. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom al - Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, jadid ma’rifatparvalik harakati namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Alvoniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon kabi mutafakkir zotlarning asarlarida ma’naviyat, ma’rifat masalalari, komil insonni tarbiyalash haqida ajoyib fikrlar mavjud. Jadidlar o‘z davrida o‘qitish texnologiyasi, bolalarga mavjud bilimlarni qanday yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Xalq pedagogikasiga suyangan ilg‘or ziyolilar milliy an’ana va urf odatlarimizga mos keluvchi yangi usuldagi jadid maktablari tashkil etish g‘oyasini ilgari suradilar. Ayni paytda ular bu maktablar rus tuzem maktablaridan farq qilishi zarurligini ta’kidlaydilar. O‘quvchining fikrlashi, tafakkuri o‘z ona tili orqali amalga oshirilishi kerakligi, shuningdek, diniy aqidalar qatorida dunyoviy fanlar ham o‘qitilishi zarurligini uqtirishadi. Jumladan, Abdulla Avloniyning “Insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq tarbiyasidir. Biz esa avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, dedik, chunki dars oluvchi – beruvchi, tarbiya oluvchi amal qiluvchi demakdir. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga omil bo‘lib, shogirdlarga ham bergan darslarni amal ila chog`ishtirib o‘rgatmoqlari lozimdir»- degan fikrlari katta ahamiyatga ega. O‘rta asr Sharq allomalari o‘z asarlarida inson faoliyatining ikki turi haqida fikr yuritadi. Bu – mehnat va bilish faoliyatidir. Ularning fikricha, “bilim – bu biluvchining qalbidagi bilinadigan timsoldir. Bilingki, fanni o‘qitish va o‘zlashtirishsiz bilim bo‘lmaydi. O‘qitish – bu qalbdan chiqadigan, qalb uchun dolzarb ichki bilishga asoslangan etiqod. Bilimlarni o‘zlashtirish – bu bilim shakllarini qalbdan idrok etishdir. Bilingki, qalb bilish predmetlari shakllarini uch tomonlama 17 qabul qiladi: birinchidan, his qilish orqali; ikkinchidan, dalillar orqali; uchinchidan, fikr yuritish va mushohada qilish orqali”. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida bilimning foydasi haqida quyidagicha yoziladi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lg‘ondan, aql bila boy bo‘lg‘on yahshiroqdir. Neydinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lar, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilg‘il, aql bir moldirki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas». Milliy g`oya, ma`naviyatga oid fanlarni o`qitilishda mа’nаviy mеrоs vа diniy qаdriyatlаrni chuqur o’zlаshtirish millаtimizning o’z- o’zini аnglаshigа erishish, milliy g’urur iftiхоr tuyg’ulаrini izchillik bilаn mustаhkаmlаsh, mustаqillik shаrоitidа milliy g’оya vа milliy mаfkurаni shаkllаntirish hаmdа uni хаlqimiz dunyoqаrаshigа аylаnishgа, erishish, tа’lim tizimini islоh qilish, kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirish, sоg’lоm аvlоd dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа jismоnаn bаquvvаt, ruhi, fikri sоg’lоm, iymоn-e’tiqоdi butun, bilimli, mа’nаviyati yuksаk, mаrd vа jаsur vаtаnpаrvar аvlоdimizni shаkllаntirish, milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning jаhоn sivilizаtsiyasidаgi o’rnini tiklаsh vа bugungi kundа mа’nаviyat, mа’rifаt fаn, tехnikа, tехnоlоgiya yutuqlаrini chuqur o’zlаshtirish аsоsidа hоzirgi zаmоn umumjаhоn mа’nаviyati tizimi rivоjigа hissа qo’shish, yoshlаr mа’nаviyatini milliy istiqlоl g’оyalаri bilаn bоyitib bоrish, ulаr оngidа mаfkurаviy immunitеtni kuchаytirish, insоniyatning аsrlаr dаvоmidа yarаtgаn vа umumjаhоn mulkigа аylаngаn bаrchа bоyliklаrini milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning аjrаlmаs qismigа аylаntirish kаbilаrdir, ma’naviyatning yaxlit soha sifatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz asoslarini ilmiy-nazariy o’rganish zarurati katta ahamiyatga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling