Buxoro davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti 2. Mad21-g


Download 1.76 Mb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1595829
  1   2
Bog'liq
MIRJALOL ESHMURODOV

Buxoro davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti 12.2 MAD 21-guruhi talabasi

Eshmurodov Mirjalolning

Markazlarda ish yurtish fanidan tayyorlagan slayti


MAVZU: XODIMLAR FOLIATIGA DOIR HUJJATLAR
REJA:
1.Mehnat daftarchasi,
2.Shaxsiy hujjatlar yig’ma jildi
3.Hujjatlarni tartiblash va saqlash
Mehnat daftarchasi - xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi asosiy hujjat.
OʻzR Mehnat kodeksiga koʻra, ish beruvchi korxonada 5 kundan ortiq ishlayotgan
xodimlarning hammasiga Mehnat daftarchasini tutishi shart (oʻrindoshlik asosida
ishlovchilar bundan mustasno). Mehnat daftarchasiga xodim, u bajarayotgan ish
haqidagi maʼlumotlar kiritiladi. Jazolar Mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat
shartnomasi (kontrakti) xodimning tashabbusi bilan kasalligi, nogironligi, qarilik
tufayli pensiyaga ketishi, oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtiga yoxud aspiranturaga
kirganligi va qonun muayyan imtiyozlar, afzalliklar berishni nazarda tutadigan
boshqa sabablarga koʻra bekor qilinganda, Mehnat daftarchasiga ishdan boʻshash
haqidagi yozuv ushbu sabablarni koʻrsatgan holda yoziladi. Xodim ishdan
boʻshaganda Mehnat daftarchasi unga ishdan boʻshash kunida berilad
Mehnat daftarchasi ishga kirish uchun asosiy hujjat sanaladi. Shunday ekan, Har kim ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yo'li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishga joylashishda o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashab turgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko'maklashish markazlarining bepul vositachiligidan foydalanishlari mumkin. Buning uchun ish qidiruvchi sifatida shu markazda ro'yxatdan o'tish lozim bo'ladi. Biror doimiy yoki vaqtincha ish bilan shug'ullanayotgan shaxs ham kasbi (ishi)ni o'zgartirish maqsadida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatdan o'tishi mumkin. Bandlik markazlari fuqaroligidan qat'iy nazar bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot beraish, maslahat berish, ishga joylashtirish, kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xizmatlarini bepul amalga oshiradi
Mehnat daftarchasi kimdan olinadi va qanday yuritiladi? Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi o'rindoshlik asosida ishlovchilardan tashqari, korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart. Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o'tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko'ra mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o'tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Agar birinchi marta ishga kirayotgan bo'lsangiz mehnat daftarchasini Sizga ish beruvchi o'z hisobidan olib beradi. Sizga beriladigan mehnat daftarchasi Siz ishlayotgan korxona tomonidan hududiy bandlikka ko'maklashish markazidan oldisotdi shartnomasi asosida sotib olinadi. Mehnat daftarchalarini boshqa birovga sotish, fuqarolar tomonidan sotib olish taqiqlanadi. Savdo va xizmat ko'rsatish shahobchalaridan sotib olingan mehnat daftarchalari haqiqiy bo'lmaydi.
Ma’lumot o’rnida Mehnat daftarchasi yo‘qolganda stajni qanday tasdiqlash kerak Haqiqatan ham, mehnat daftarchasi – bu ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonuni 42-m.. Biroq mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmagan holatlarda yoki unga zarur yozuvlar kiritilmaganda yoxud ular noto‘g‘ri va noaniq bo‘lganda, ish stajini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar qabul qilinadi Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom 59-b. 4-x. 08.09.2011 y. VM 252-son qaroriga 1-ilova:  ma’lumotnomalar, shu jumladan arxiv ma’lumotnomalari;  buyruqlardan ko‘chirmalar;  shaxsiy hisobraqamlar va ish haqi to‘lash bo‘yicha qaydnomalar;  mehnat shartnomalari (kontraktlar);  mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan boshqa hujjatlar. Ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:  ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;  ishdan ishga o‘tkazishlar (lavozimlar) haqidagi ma’lumotlar;  asos keltirilgan holda mehnat daftarchasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek uni tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi hamda uni bergan tashkilot yoki arxiv muhri bilan tasdiqlanadi Nizom 59-b. 5-x.. 2005 yildan amalga oshirilgan mehnat faoliyati bo‘yicha stajni tasdiqlash uchun arxiv ma’lumotlari zarur bo‘lmaydi. Mehnat stajini tasdiqlash va pensiya hisoblash uchun ish haqi miqdorini aniqlashda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:
 2005–2016 yillardagi davrlar uchun – ShJBPHga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
 2016–2018 yillardagi davrlar uchun – budjetdan tashqari PJga hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning elektron markazlashtirilgan reestridan ma’lumotlar;
 2019 yil uchun – Fuqarolarning hisoblangan ish haqini personallashtirilgan hisobga olishning elektron markazlashtirilgan reestridan ma’lumotlar. Ushbu davrlar uchun arxiv ma’lumotlari faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki ariza beruvchining murojaatiga ko‘ra talab etilishi mumkin. Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish zarurati tug‘ilganda, shuningdek qo‘shimcha arxiv ma’lumotlari talab etilganda, pensiya keyinchalik qayta hisoblash bilan eng kam miqdorda rasmiylashtiriladi 02.03.2020 y. PF-5953-son Prezident farmoni 20-b.. Shu tariqa, pensiyani rasmiylashtirishda 2005 yilgacha amalga oshirilgan mehnat faoliyati bo‘yicha stajni qog‘oz shaklidagi hujjatlar bilan, 2005 yildan keyingi stajni esa elektron ma’lumotlar bilan tasdiqlash mumkin. 2020 yil 1 yanvardan keyin mehnat staji «Yagona milliy mehnat tizimi» (YaMMT) idoralararo apparat-dasturiy kompleksida mavjud ma’lumotlarga asosan tasdiqlanadi. Unda mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, uni o‘zgartirish va bekor qilish asosida elektron mehnat daftarchasi shakllantiriladi.
Shaxsiy hujjatlar yig’majildlaridagi hujjatlar ularning kelib tushishiga ko’ra xronologik tartibda joylanadi. Muayyan tashkilot va uning tasarrufidagi tashkilotlar ishlari masalalari bo’yicha fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari, ularning ko’rib chiqilishi va ijro etilishi bo’yicha hujjatlar fuqarolarning shaxsiy masalalar bo’yicha arizalaridan alohida guruhlanadi. Hujjatlar ushbu hujjatlar yig’majildlariga xronologik yoki alifbo tartibida joylanadi. Yozishmalar, qoidaga ko’ra, kalendar yil davri bo’yicha guruhlanadi va xronologik tartibda ketma-ket turkumlanadi. Javob hujjati so’rov hujjatidan keyin joylashtiriladi. O’tgan yilda boshlangan muayyan masala bo’yicha yozishmalar qayta boshlanganda, hujjatlar o’tgan yilgi hujjatlar yig’majildi indeksi ko’rsatilgan holda, joriy yilning hujjatlar yig’majildiga kiritiladi. Tashkilotlar faoliyatining xususiyatiga ko’ra yozishmalar o’quv yili, chaqiruv muddati doirasida ham guruhlanishi mumkin. Hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasiga tashkilot ishlarining barcha, hujjatlashtirilgan uchastkalarini aks ettiruvchi hujjatlar yig’majildi sarlavhalari, shu jumladan, ma’lumot va nazorat kartochkalari, shaxsiy hujjatlar yig’majildlari, hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi kiritiladi. Har bir hujjat yig’majildiga tarkibiy bo’linma indeksidan (tarkibiy bo’linma tasnifi bo’yicha) hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi bo’yicha tartib raqamidan iborat bo’lgan indeks beriladi (masalan: 03-12). Hujjatlar yig’majildida bir nechta jildlar (qismlar) mavjud bo’lganda, indeks har bir jildga “I j. II j.” qo’shimchasi bilan qo’yib chiqiladi.
Hujjatlar yig’majildlarini shakllantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
• hujjatlar yig’majildiga nomenklaturasi bo’yicha hujjatlar yig’majildi sarlavhalariga muvofiq faqat ijro etilgan, to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni joylashtirish;
• bitta masalaning hal qilinishiga taalluqli barcha hujjatlarni birgalikda joylashtirish, ilovalarni asosiy hujjatlar bilan birgalikda joylashtirish;
• hujjatlar yig’majildida bitta kalendar yilning hujjatlarini guruhlash (yildanyilga o’tuvchi hujjatlar yig’majildlari bundan mustasno);
• hujjatlar yig’majildlarida doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlash;
• hujjatlar yig’majildiga mashina yozuvlarini umumiy asoslarda joylashtirish. Hujjatlar yig’majildiga qaytarish lozim bo’lgan ortiqcha nusxalar, xomaki qo’lyozmalar joylanmasligi kerak. hujjatlar yig’majildi 250 varaqdan oshmasligi kerak.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling