Buxoro davlat universiteti sirtqi fakulteti


I.1 Kosacha barglar va ularning vazifasi


Download 86.58 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi86.58 Kb.
#202837
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gulning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar

I.1 Kosacha barglar va ularning vazifasi

Kosacha kichikroq va yashil rangdaligi, ba’zan esa boshqacha shaklda bilangina gultojdan ajralib turadigan murakkab gulqo’rg’on bargchalarining tashqi doirasini hosil qiladi. Kosachabarglar bir-biri bilan mutlaqo qo’shilmagan bo’lsa, birikmagan bargli kosacha, aks holda birikkan bargli kosachabarglarning yoqori qisimlari butunlay birikmay qoladi,shunga ko’ra, bo’lak yoki tishchalarning soniga qarab, uni hosil qilishga ishtirok etgan

kosachabarglarning soni haqida fikr yuritish mumkin. Kosachabarglarning qo’shilib ketgan pastki qismi kosacha paychasi deyiladi. Vegitativ barglarni tasvirlashda qanday terminlar ishlatilsa, birlashmagan bargli kosachabarglarni yoki birikkan bargli kosacha barklari, parralari, tishchalarini tasvirlashda ham shunday terminlar ishlatiladi.

Kosachadan bir necha simmetriya tekisligi o’tkazish mumkin bo’lsa, u to’g’ri yoki aktinamorf kosacha deb, bordiyu faqat bitta simmetriya tekisligi o’tkazish mumkin bo’lsa, noto’g’ri yoki zigomorf kosacha deb ataladi. Kosachaning asosiy vazifasi g’uncha holidagi gulning ancha yosh va nozik ichki qisimlarini gul ochilguncha himoya qilib turishdir. Ko’pchilik o’simliklarda kossacha gullash vaqtida saqlanib qoladi va so’lib, gultoj bilan birga to’kilib ketadi. Talaygina o’simliklarda (olma,nok,behi, va boshqalarda) kosacha mevalarda ham saqlanib va ba’zi o’simliklarda hatto o’sib, ba’zan rangini o’zgartiradi (fizalis paq-paq)-Physalis alkekengi da) yoki mevalarning tarqalishiga yordam beradigan organga aylanadi: Mevalarning shamol bilan tarqalishiga yordam beradigan talaygina murakkabgullilarga mukli jug’a va boshqalarga yoki meaning hayvonlar yordamida tarqalishiga yo’l ochadigan qayrilgan ilmoqlar, tishsimon qilchilarga (tikanok va boshqalar) aylanadi.

Ba’zi o’simliklarda kosacha yirik, rangli bo’lib gultojga o’xshab turadi; bunday hollarda u yo rosmana gultoj bilan baravar rivojlangan bo’lib, shakli va olgan joyi jihatidan undan farq qiladi yoki vazifasiga ko’ra, o’rnida mayda- mayda nektardonlar yuzaga keladigan gultojning o’rnini bosadi (kupatsiya maroznik-Helleborus va boshqalarda). Ko’pchilik sayavongullilar, murakkabgullilar, valeriangullilarga kosacha judda kuchsiz rivojlangan (reduksiyalangan) yoki tamom yoqolgan.



    1. Download 86.58 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling