Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti “Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq” ta’limi yo’nalishi bitiruvchisi Amrullayev Davrbekning “ ” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishiga
T A V S I Y A N O M A
Zamonaviy professional parlamentarizim va parlament nazorati institutini shakllantirish va isloh qilish davom etayotgan O’zbekiston Respublikasida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlisning rolini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi.
Bitiruvchi D.Amrullayev ushbu bitiruv malakaviy ishida parlament tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari haqida to’xtalish bilan bir qatorda parlament nazorati tushunchalarini O’zbekiston va xorijiy mamalakatlar misolida tahlil qilishga harakat qilgan.
Bundan tashqari bitiruvchi tomonidan Oliy Majlisning parlament so’rovini amalga oshirishining konstitutsiyaviy asoslari, ijro etuvchi hokimiyat ustidan parlament nazoratini amalga oshirish yo’nalishlari bilan bog’liq masalalarga ham to’xtalib o’tgan. Bitiruvchi bitiruv malakaviy ishini yozishda bir qancha ilmiy adabiyotlar, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarni izlab ularni o’rganish asosida yozganligini e’tiborga olgan holda D. Amrullayevni BMI himoyasiga kirishiga loyiq deb tavsiya beraman.
Ilmiy rahbar Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari kafedrasi katta o’qituvchisi F.Abdullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |