Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Фойдаланилган адабиётлар
- Sh.Isroilova BuxDU “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabasi
1-расм. Қуёш мини мева-сабзавот қуритгич-иссиқхона қурилмасининг
схемаси 1 - шиша билан қопланган ёғоч каркас; 2 - қуритиладиган мева-сабзавотлар ёйилиши учун тўр тагликлар; 3 - тўр соябон; 4, 6 - табиий хаво алмашинувини таъминловчи дарчалар; 5 - қурилманинг шишаланган эшиги. Ушбу қурилмани ўқувчилар ўқитувчининг кўрсатмаси асосида тайёрлашлари мумкин. Натижада ўқувчиларда ижодкорлик қобилият- ларининг дастлабки элементлари шаклланади. Бу эса келажакда уларнинг ўзлари мустақил равишда турли қурилмаларни лойиҳалаш ва ясаш, янги вариантдаги такомиллашган қурилмаларни яратишга доир дастлабки амалий кўникмаларни шаклланишига хизмат қилади. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Каримов И. Меҳнат таълими ўқитиш технологиялари. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Фан ва технология, 2013. – 228 б. 2. Qahhorov S.Q., Jo’rayev H.O. Fizika ta’limida geliotexnologiya. T.: Fan, 2009. –191 b. TA’LIM TIZIMIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI BORASIDAGI TAKLIFLAR N.N.Mirjanova BuxDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi, Sh.Isroilova BuxDU “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947- sonly 7.02.2017 farmoni qabul qilindi. 2017-2021 yillarda 4 3 3 5 2 2 6 1 285 O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha bo’yicha harakatlar strategiyasi belgilab berildi. Harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalish ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, unda “… ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” masalasiga katta e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Harakatlar strategiyasida yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, jumladan 2020- yil O’zbekiston Respublikasida “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi [1]. Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotga tub o’zgarishlar bo’lmoqda. So`nggi yillarda respublikamizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo`yicha keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va Respublika energiya samaradorligini oshirish bo`yicha hukumatning asosiy qarorlaridan biri, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 - yil 5 - maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi” to`g`risidagi qaror bilan tasdiqlangan “2017-2019 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirsh, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi farmoni hisoblanadi [2]. Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hamda energiteka sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o’zlashtirish hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyotida elektr energiya ishlab chiqarish muhim rol o’ynaydi. Uni ishlab chiqarish uchun eng ko’p yoqiladigan tabiiy gazdir va bu ko’rsatgich qariyb 87%ni tashkil qiladi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 86% qismi respublikamizdagi issiqlik elektr stansiyalari hisobiga to’gri keladi [3]. Prezidentimizning “Valyuta yoqib elektr energiya ishlab chiqarmoqdamiz”, degan mazmundagi so’zlaridan shuni anglasa bo’ladiki, bundan buyog’iga uni tejab-tergab ishlatish va O’zbekiston hukumatining gaz turbinalardan voz kechish siyosatini yurgizish ehtimoli yuqori bo’lishi mumkin. Bu ishlarni tabiiy qazilma resurslarni qazib olish sohasida ham qo’llash mumkin. Shu sababli quyidagi takliflarni beraman: 1. Sanoatimizdagi eskirgan bug’ turbinalari o’rnini yuqori haroratli mujassamlangan parabalotslindrik quyosh kollektorlari egallashi, ularning issiqlik harorati 200-600 gradusni tashkil etadi. 2. Issiqlik elektr markazlari hamda tuman issiqlik qozonxonalarida past haroratli quyosh adsorberlarini qo’llash mumkin. 10 gradusli suv haroratini 286 qozonxonalarda 40 gradusgacha bu absorberlar yordamida ko’tarilsa, qolgan yuqori haroratni olish uchun yoqilg’i ishlatish mumkin. Buning narxi ancha arzon tushadi. 3. O’zbekistonda rivojlangan davlatlar hamkorligida texnika universitetlarini tashkil etish. Bunda xorijda ilm olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish hamda ish bilan ta’minlash. 4. Quyosh issiqlik kollektorlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va texnoloyasi asosida mahalliy xom-ashyo asosida ishlab chiqarish. 5. Aholini quyosh energetikasini o’z xonadonlarida o’rnatishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan tegishli targ’ibot ishlarini kuchaytirish. 6. Xizmat safari bo’yicha yoki mehnat va o’quv ta’tili davomida O’zbekistonga kelayotgan xorijdagi vatandoshlarimiz bilan sohasiga oid turli uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar tashkil etish, ularning bilim va tajribalarini soha yo’nalishida ta’lim oluvchi talabalarga yetkazib borish. Talabalar bilan amaliyotda qo’llab ko’rish. 7. Vatanimizdagi markaziy teleradiokanallar orqali muqobil energiyani iqtisodimizning turli jabhalarida samarali qo’llash bo’yicha teleradioloyihalar tashkil etish lozim. Ushbu soha vakillari bilan uzviy bog’langan holda tashviqot ishlarini olib borish. 8. Muqobil energiya portalini yaratish. Mahalliy olimlar bilan birga xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikdagi ishlarni olib borish. 9. Energetika sohasida, jumladan, quyosh, shamol, biogaz, geotermal sohalarda rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda maqsadli o’qish tashkil etish. 10. Chekka tumanlardagi shu soha vakillari bilan hamkorlikdagi ishlarni olib boorish [4]. O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi, energiya resursi jihatidan qondirarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling