53
Bug’doy jahon aholisining deyarli yarmi uchun asosiy oziq manbai
bo’lib hisoblanadi va don ekinlarining 28 foizini tashkil qiladi. Bug’doy 70 dan
ortiq mamlakatda yetishtiriladi, ammo uning 80 foizini faqat to’rt davlat – Xitoy,
AQSH, Hindiston, Rossiya beradi. Shuningdek, Fansiya, Kanada, Argentina,
Ukraina, Qozogiston, Avstraliyada ham bug’doy ko’p ekiladigan mamlakatlar
hisoblanadi.
Makkajo’xori ham don, ham oziq sifatida ekiladi. Jahonda yetishtiriladigan
donli ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi. Makkajo’xori yetishtirish bo’yicha AQSH
dunyoda birinchi o’rinda turadi. Jahon bozoriga yetishtirilgan mahsulotning 10-15
foizi chiqariladi. Makkajo’xori eksport qiladigan davlatlar AQSH, Kanada,
Argentina, Avstraliya, Fransiya; import qiladigan davlatlar G’arbiy Yevropa
davlatlari Yaponiya, Rossiya.
Sholi ham insoniyatning yarmi uchun asosiy oziq manbai bo’lib
hisoblanadi va jahonda yetishtiriladigan don ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi. U
suv talab o’simlik bo’lib 12-15º haroratda o’sa boshlaydi, tropik kengliklarda ko’proq
ekiladi. Shu sababli, sholining 90 foizi Janubiy va Janubi-sharqiy hamda Sharqiy
Osiyo davlatlarida yetishtiriladi. Jahonda yetishtiriladigan sholining 38 foizi Xitoyda,
20 foizi Hindistonda ekiladi. Bundan tashqari Yaponiya, Indoneziya, Bangladesh,
Tailand, Filippin davlatlarida ham asosiy don ekini hisoblanadi.
Shuningdek donli ekinlarga arpa, suli, oqjo’xori, javdar, tariq kabilar ham
kiradi. Lekin bu ekinlarning jahon donli ekinlar yalpi hosilidagi ulushi katta emas.
Shu bilan birga mazkur ekinlarning geografiyasi yuqoridagilarga nisbatan ancha tor.
Do'stlaringiz bilan baham: