Safarni tashkil etish bo’yicha tasniflash. Tashkillashtirilgan
14
turizm – turistik firma tomonidan yakka yoki guruh holdagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning agentidan turli xizmatlar to’plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi. Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo’yicha uyushtirilmagan yoki xususiy turizmni ko’rsatish mumkin. Xususiy sayohat turagentlikkka murojaat qilmasdan, bevosita yetkazib beruvchidan xizmatlarni sotib olish yo’li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ba’zan xususiy sayohatni “ O’zboshimchalik” deb xato aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |