Buxoro davlat universiteti


Download 127.4 Kb.
bet1/70
Sana24.11.2021
Hajmi127.4 Kb.
#176894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
GENETIKA kitob buqa (1)


JONIBEK RAXIMOV +99890.712-13-12


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

GENETIKADAN MASALALAR YECHISH

Bonus; + DNK

R.R.Raxmonov R.J.Raximov



( SUPER STUDY o’quv markazi )

Buхоrо, “Durdona” nashriyoti, 2017

Nuklein kislotalar va irsiyatning molekular asoslariga doir masalalar va topshiriqlar

1.DNK zanjirida 450 ta T nukleotidi bo‘lib, n barcha nukleotidlarning 15 %ini tashkil qiladi. Shu fragmentda nechta adenin nukleotidi bor va u necha %ni tashkil qiladi?

2.DNK zanjirida 450 ta T nukleotidi bo‘lib, u barcha nukleotidlarning

15 %ini tashkil qiladi. Shu fragmentdagi barcha nukleotidlarning sonini aniqlang.

3.Agar DNK fragmentida hammasi bo‘lib 6000 ta nukleotid bo‘lsa, shu DNKdagi dezoksiriboza va fosfat kislota qoldiqlari sonini aniqlang.

4.Agar DNK fragmentida. hammasi bo‘lib 6000 ta nukleotid bo’lsa, shu DNKdan sintezlangan RNK dagi dezoksiriboza va fosfat kislota qoldiqlari sonini aniqlang (transkripsiya jarayonida DNK fragmentining 50%i ishtirok etgan).

5.Agar DNK fragmentida hammasi bo‘lib 6000 ta nukleotid bo'lsa, shu DNKdan sintezlangan RNK dagi nukleotidlar sonini aniqlang (transkripsiya jarayonda DNK fragmentining 50%i ishtirok etgan).

6.DNK fragmentida 456 ta nukleotid bor, shu fragmentning uzunligini hisoblang (Qo'shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm).

7.DNK fragmentining bitta zanjirida 350 ta dezoksiriboza bor. Fragmentning uzunligini hisoblang (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm).

8.i-RNKda 450 ta riboza bor, agar shu RNKni sintezlashda DNK ning butun boshli bitta zanjiri ishtirok etgan bo‘lsa, DNKning uzunligini hisoblang (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm).

9.Agar DNK fragmentining uzunligi 46,24 nm bo’lsa, undagi nukleotidlar sonini hisoblang (Qo'shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm).

10.Agar DNK fragmentining uzunligi 3026 A bo‘lsa, undagi nukleotidlar sonini hisoblang (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A).

11.Uzunligi 326,4 nm bo’lgan DNK fragmentida nechta dezoksiriboza va fosfat kislota qoldig‘i bor?

12. Agar DNK bir zanjiri AGCTACGGCACTG bo'lsa, uning ikki zanjiri orasida nechta vodorod bog' bor?


Download 127.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling