Buxoro davlat universiteti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Qo’lyozma huquqida QO`CHQOROVA DILFUZA O`KTAM QIZI Aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish 5A140501- kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) mutaxasisligi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
Ilmiy rahbar: k.f.d. dots. G.A.Ixtiyarova
BUXORO-2014
2 MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………… 8 I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 1. Pardozlashda gazlamalarni bo`yashga va gul bosishga tayyorlash....................................................................................................13 1.1. Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari……………….......14 1.1.1. Matolarga gul bosish jarayoni………………………………….......14 1.1.2. Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari…...........15 1.2.Faol bo’yoqlar, kimyoviy tuzilishi, xossalari va qo’llash usullarining ususiyatlari…………………………………………………………….......18 1.2.1. Aralash tolali matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash............22 1.2.2.Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash………………….......32 1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi……………………………….......38 1.3.1. Modifikatsion kraxmal asosidagi quyultiruvchi moddalar…...........39 1.4.Yakunlovchi pardozlash jarayoni xususiyatlari………………............41
2.1.Foydalanilgan kimyoviy moddalar tavsifi……………………….........44 2.2. Namunalarning oqlik darajasini aniqlash……………………….........46 2.3. Namunalarni kapillyarligini aniqlash…………………………..........46 2.4. Paxta-modifikatsiyalangan nitron asosidagi matoni aktiv bo`yovchi moddalar bo’yash…………………………………………………............47 2.5. Sovun eritmasi ta`siriga rang mustahkamligini tekshirish……...........47 2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish……….........48 2.7. Aralash quyultiruvchilar tayyorlash uslubiyoti…………………........48 II bob bo`yicha xulosa…………………………………………………...49 III BOB. TAJRIBA NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI 3.1. Aralash tolali matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash……….50
3 3.2. Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar asosida aralash quyuqlovchilar olish……………………………………………..52 3.3. Pigmentlar bilan gul bosish………………………………………….65 3.3.1. Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish……………………..67 3.4. Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari…………………...67 3.5. Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar asosida aralash quyuqlovchilar olish……………………………………...69 3.5.1. Gul bosish jarayonida karboksimetilsellyuloza va poliakrilatlar asosida aralash quyuqlovchilar olish……………………………………………………74 III bob bo`yicha xulosa…………………………………………………….79
4 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Fakultet: Kimyo-biologiya Magistratura talabasi: D.O`.Qo`chqorova Kafedra: Umumiy kimyo Ilmiy rahbar: k.f.d.dots G.A.Ixtiyarova O’quv yili: 2013/2014 Mutaxassisligi:5A140501 Kimyo (fan yo`nalishlari bo`yicha) MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Mavzuning dolzarbligi.. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi gazlama va materiallarini soni ko’payib ketdi. Paxta va nitron, paxta va ipak, tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiya qilingan nitron asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish jarayonida mahalliy xom ashyolardan olingan quyultiruvchilarni ishlatish, bo’yovchi moddani (BM) to’g’ri tanlash yakunlovchi pardozlashda matolarning iste’mol sifatini yaxshilaydi. Ishning maqsadi va vazifalari. Aralash tolalar va ular asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini o’rganish. Pardozlash jarayonida quyultiruvchilar va bo’yovchi moddalarning aralash matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq etish. Bu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi: -
bo’yash va gul boshishga tayyorlash; -
paxta va nitron aralash matolarni gul boshishga tayyorlashning fizik- kimyoviy jarayonlarini o’rganish; -
yaxshilash, tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga aralashtirish orqali, tansiq tolalar o’rniga arzon kimyoviy tolalarni ishlatish imkonini yaratish; -
aralash matolardagi tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini yaxshilash.
5 Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyekti tabiiy va sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar, sirt faol moddalar hisoblanadi.
spektrofotometriya, tegishli Davlat standartlari bo’yicha matolarning intensivligi, mustahkamlik va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash kabi zamonaviy nazariy va eksperimental tadqiqot usullari qo’llanilgan. Ishning ilmiy yangiligi shu bilan belgilanadiki, ilk bor bifunktsional bo’yovchi moddalar va mahalliy xom ashyolar asosida olingan qyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarni bo’yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganildi. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. O`zbekistanda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham qondirish dolzarb muammodir. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 86 betni tashkil etadi.
xulosalari bo’yicha ilmiy jurnal va to’plamlarda maqolalar nashr etilgan. Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Paxta va tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiyalangan nitron va ular asosidagi assortimntni kengaytirish ularning material sig`imini kamayishiga, gazlamalarning pishiqligini ortishi, nitron tolasini qo`shish hisobiga ipak mato assortimentni arzonlashtirishga olib keladi.
Ilmiy rahbar: ______________ Magistratura talabasi: ______________
6 THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN THE MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL EDUCATION BUKHARA STATE UNIVERSITY Faculty: Chemistry and Biology Graduate student: Kuchkorova Dilfuza Uktam Kizi Department: General Chemistry Research supervisor:Ixtiyarova Gulnora Аkmalovna Year of study: 2013/2014 Speciality: Chemistry (according area of discipline) ANNOTATION FOR MASTER’S THESIS Relevance of the topic: At the last time number different assortment in mixed fabric and material increased. Under to consumptions decaration material quality improves under it is necessary it is correct to choose dye staffs to become thicker on base local resource for dyeing and typing mixed part fabric pat on base and synthetic wool material( nitron) pat and snap and modified nitron with departure natural crack. Goals and objectives of the work. The Choice of the dye staffs depends basically by nature and correlations , mixed fabric and to from stability of the colour, and use fabric. In dye - an decaration factory for miхed fabric specially to choose the mixture of the dye staffs and use the different bifunksional to dye staffs. For instance: active and acid, dispers and active, deep blue and dispers. Methodology and methods of investigation. Reologe, colorimetric, spektrophotometric. Scientific novelty of the work. Purpose of the study is a development of the dyeing, typing mixture fabric quality mixed fabric and studies of the decorating of the process and final decorating Problem studies is: - preparation to dyeing and typing mixed fabrics on base modified synthetic wool material( nitron) with departure natural crack - a studies physico-mechanical processes mixed fabric pat on base and synthetic wool material( nitron) - a development and improvements quality new assortment mixed fabric to account of the accompaniment by cheap chemical yarn
7 - an improvements physico-mechanical and hygenic characteristic mixed fabric Practical significance and application of the work. Preparation to dyeing and typing mixed fabrics on base modified synthetic wool material( nitron) with departure natural crack a development and improvements quality new assortment mixed fabric to account of the accompaniment by cheap chemical yarn.
introduction, three chapters, general conclusion and the list of literature. Total volume of the work consists of 86 pages.
were published in collected articles. Conclusion. The dyeing, typing mixture fabric quality mixed fabric and studies of the decorating of the process and final decorating.
Research supervisor: ______________ Graduate student: ______________
8 KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi asosiy vazifasi iqtisodiyotda tubdan islohatlar o’tkazish edi. Ayniqsa, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri to’qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgandir.Respublikamizda yiliga o’rtacha 3-3,5 mln tonna paxta yetishtirilib,1 -1,2 mln tonna paxta tolasi qayta ishlanadi va chetga eksport qilinadi. Hozirgi kunda yangi tolalar kashf etishdan ko’ra mavjud tolalar asosida yangi assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq iqlim sharoitiga mo’ljallangan, tarkibida nitron va paxta, nitron va ipak tutgan aralash tolali matoni pardozlash texnologiyasini o’rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi qimmatbaho turdagi paxta, ipak, va arzon nitron tolalarini ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda jahonda aralash tolali matolarga bo`lgan talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar o`zida tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini mujassam etadi. O`zbekistanda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham qondirish dolzarb muammodir [1]. Hozirda paxta va tabiiy ipak iplari, paxta va nitron, ipak va nitron aralashmasidan olinayotgan matolarga katta e`tibor berilmoqda, umuman so`ngi yillarda aralashma matolarni ishlab chiqarishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, nitron bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan nitron tolalari aralashmalaridan to`qimachilik mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin. Nitron va tabiiy ipak asosidagi assortimentni kengaytirish, ularning material sig`imini kamayishiga, gazlamalarning pishiqligini ortishi, sintetik tolani qo`shish hisobiga ipak mato assortimentni arzonlashtirish bilan bir qatorda, ularni pardozlash jarayonini o’zgartirishiga olib keladi.
9 Mamlakatimizda yetishtirilayotgan pillaning bir qismi pilla yuvish fabrikalarida qayta ishlab, to`qimachilik xom ashyosiga aylantiriladi. Buni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham o`z asarlarida vatanimizda paxta yetishtirish muammolariga alohida e`tibor qaratish bilan bir qatorda ipak tolasini ishlab chiqarish va uni to`qimachilik sanoatida qayta ishlashni kengaytirish muhimligi to`g`risida fikrlar bildirganlar [2]. Bu mahsulotlar o`zlarining uzoq muddat xizmat qilishi va mustahkamligi, yuqori gigiyenik xossalari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli xil aralash tolali matolarning keng ishlatilishi pardozlovchilar oldiga murakkab yechimli masalalarni qo`yadi. Aralash tolali matolarni ishlab chiqarishda optimal texnologik jarayon parametrlarini tanlashda har bir tolaning xususiyatlarini hisobga olish
kerak, sababi
ushbu tolalarning qaynatish-oqartirish jarayonlaridagi modda bilan o`zaro bog`lanishi va turli reagentlarga ta`siri bir- biridan tubdan farq qiladi. Bularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun esa zamonaviy jihozlar bilan ta`minlangan yangi korxonalar kerak bo`ladi. Shu sababdan oxirgi yillarda paxtani mukammal qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko`paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko`proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik uzluksiz takomillashib bormoqda. Shunday hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvarda imzolangan «Respublika to`qimachilik sanoatiga sarmoyalar jalb qilish choralari to`g`risidagi» 38-sonli qaror bo`lib, u to`qimachilik sanoatidagi sarmoyalar jalb qilish muhitini tubdan o`zgartirish imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu qaror bilan chet el sarmoyalarini jalb qilinishining 2005-2008 yillarga mo`ljallangan dasturi tasdiqlandi [3]. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi gazlama va trikotaj mahsulotlarini soni ko’payib ketdi. Gazlama va polotnilar tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish, ularning iste’mol sifatini yaxshilaydi, ammo ularni bo’yashda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
10 Bu qiyinchiliklar shundan iboratki, har bir tola turli sinfdagi bo’yovchi modda (BM) bilan bo`yaladi. Hatto ikki tola bir sinfdagi BM bilan bir xil sharoitda bo’yalsada (muhit, harorat va b), bo’yalgan tolalarda bir xil tusdagi va bir xil to’yingan ranglar olish juda ham qiyin. Masalan, paxta +viskoza aralashmasini yoki jun + PA tolalar aralashmasini bir xil BM bilan bo’yash mumkin, ammo hosil qilingan ranglar bir xil bo’lmaydi. BM sinfi va bo’yash usulini tanlash asosan aralashma tarkibidagi tolalarning tabiatiga, ularning aralashmadagi nisbatiga, rang mustahkamligiga bo’lgan talabga, ranglar effektiga va mahsulotni ishlatilish sohasiga bog’liq. Aralash tolalar uchun pardozlash-bo’yash korxonalarida maxsus tanlangan BM lar aralashmasidan hamda kimyoviy sanoatda ishlab chiqariladigan ikki xil BM aralashmasidan tarkib topgan maxsus BM lar aralashmasidan foydalanish mumkin. Masalan, bevosita va kislotali, kub va dispers BM aralashmalari va h.k lar. Hozirgi vaqtda ilm fanning asosiy masalalaridan biri bu ilmiy texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish effektivligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning assortimentini, hamda uning sifatini oshirishdan iborat. Respublikamizda an`anaviy ishlab chiqarilayotgan nitron-ipak, paxta-ipak aralash tolali mahsulotlarini yangi assortiment yaratishda mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va bu assortimentlarning kimyoviy pardozlash texnologiyasini yaratish orqali ularning sifat ko`rsatgichlarini jahon talablariga moslash o`ta dolzarb vazifadir. Nitron-ipak, paxta-ipakli aralashma mato va trikotaj-mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga to`g`ri tayyorlashning ahamiyati kattadir. Bunda xom paxta xom ipak tolasining tabiiy ijobiy xususiyatlarini saqlagan holda ularga kapillyarlik va oqlik berish talab qilinadi. Ipak ishqor ta`siriga o`ta chidamsiz bo`lganligi sababli paxta-ipakli aralashma mahsulotni qaynatish sharoiti asosan ipakli matolar sharoitida olib boriladi. Shu sababli qaynatishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga o`ta faollarini tanlash, hamda paxta tolasini yo`ldosh moddalarini parchalash reaksiyani tezlatuvchi
11 katalizatorlar qo`llash zarur bo`ladi. Paxta-ipakli aralashma matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlashning shu kabi o`ta nozik tomonlarini jiddiy o`rganish shu kungacha to`liq amalga oshirilmagan. Tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi: Ishning tadqiq obyekti tabiiy va sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar, sirt faol moddalar hisoblanadi.
tayyorlangan aralash tolali matolarni bo`yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini o`rganish va takomillashtirishdаn ibоrаt.
- paxta va ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasidan tayyorlangan aralash tolali matolarni bo’yash jarayonlarini o’rganish va takomillashtirish; - aralash matolarni pardozlash jarayonida quyultiruvchilar ta’sirini o’rganish; - nitron bilan paxta tolasi asosida aralash tolali matolarga gul bosish va bo’yovchi moddalar ta’sirini oshirish; - aralash matolarga gul bosish texnologiyasini tadqiq etish; - yakunlovchi pardozlash texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish.
spektrofotometriya, optik mikroskopiya, tegishli Davlat standartlari bo’yicha matolarning intensivligi, mustahkamlik va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash kabi zamonaviy nazariy va eksperimental tadqiqot usullari qo’llanilgan.
- bevosita bo’yovchi moddalar ishtirokida paxta va ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasidan tayyorlangan aralash tolali matolarni bo’yash jarayonlari o’rganildi; - faol va dispers bo’yovchi moddalar bilan aralash tolali(paxta-nitron, nitron-ipak) matolarga gul bosish jarayonlari tadqiq etildi;
12 - gul bosishga tayyorlash jarayonining optimal sharoiti ishlab chiqildi; - tayyorlov jarayonini sharoitini mato xususiyatiga ta`siri o`rganildi va aralash matoni bo’yashga tayyorlash texnologiyasi taklif etildi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling