Buxoro davlat universiteti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana01.03.2017
Hajmi0.7 Mb.
#1434
1   2   3   4   5   6   7   8

                           I bob bo’yicha xulosa 

Olib  borilgan  ilmiy  adabiyotlar  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  paxta  va 

tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron  asosidagi aralash 

matolarni  bo’yash  va  gul  boshishga  tayyorlashning  fizik-kimyoviy 

jarayonlarini  o’rganish,  bunda  namlik  yutishini  oshishiga,  elektrlanishini 

kamayishiga  bag’ishlangan  dolzarb  muammolar  hal  etilganligi    va    shu 

bilan  birga  modifikasiyalangan  nitron  tolalarini  to’qimachilik  jihozlarida  

qayta ishlash osonlashganligidan darak beradi. 

            Shu    nuqtai  nazardan  to’qimachilik    sanoatida  ishlab  chiqariladigan 

paxta-nitron tolasi asosida aralash mato olindi va uning xossalari o’rganildi. 

Tabiiy ipak chiqindilari bilan nitron tolasi modifikasiyalandi va ular orasida 

kimyoviy bog’ hosil bo’lishi aniqlandi. Tayyorlangan aralash tolali matoning 

gul  bosish    va    yakunlovchi  pardozlash    jarayonlari  o’rganish  ham  ilmiy, 

ham amaliy ahamiyat kasb etadi.    

                                        


 

 

 



44 

                                    II -bo`lim. Metodik qism 

2.1.Foydalanilgan kimyoviy moddalar tavsifi 

Faol bo’yovchi moddalarning asosiy xarakteristikasi 



Jadval 2.1. 

Bo’yovchi modda 

nomi 

Struktura formulasi 



Ishlab 

chiqaruvchi 

DTS 

 

 



Zarg’aldoq- 5R 

 

 



Turkiya 

Bercolin 

Mol. massasi 

889 


 

Ochiq qizil 6B 

 

 

 



Bezema 

Mol. massasi 

802 

 

 



Binafsha- 4R 

 

 



Turkiya 

Bercolin 

Mol. massasi 

926 


 

Ochiq ko’k 19K 

 

Turkiya 


Bercolin 

Mol. massasi 

626 

 


 

 

 



45 

 

Jadval  2.2. 

Kimyoviy  moddalar 

nomi 

Formulasi 

Tashqi ko`rinishi 

Natriy bisulfit 

NaHSO

3

 



Oq kukun 

Natriy karbonat 

Na

2

CO



3

 

Oq rangli kukun 



Magniy Xlor 

MgCl


2

 

Oq rangli kukun 



Natriy silikat 

Na

2



SiO

3

 



Rangsiz, 

qovushqoq 

suyuqlik 

Vodorod peroksid 

H

2

O



2

 

Rangsiz suyuklik 



oqarturuvchi 

O`yuvchi ishqor 

NaOH 

O`yuvchi rangsiz 



suyuqlik 

Sulfat kislota 

H

2

SO



4

 

Rangsiz, 



qovushqoq 

suyuqlik 

OP-10 

— 

Sirt aktiv modda 



OOM 

— 

Optik oqartiruvchi 



modda 

Mochevina 

CO(NH

2

)



2

 

Oq donachalar 



Aktiv bo’yovchi 

modda  


NaSO

3

–Kp–T–X 



 

Dispers bo’yovchi 

modda  

Kp–SO


3

Na 


 

 

3   g  li  xom  namunaga  quyidagi   tarkib  bo’yicha ishlov beriladi, 



(g/l): Vanna moduli 1:30. 

1. Na


2

SiO


3

 - 30 


2. SAM - 0,5 

 

 

 



46 

3. H


2

O

2



 - 3 

4. MgCl


2

 - 1 


Qaynatish — oqartirish jarayoni  95°C haroratda, 30 minut davomida 

olib  boriladi.  Ishlov  berilgan  mato  avval  issiq  suv  keyin  sovuq  suv  bilan 

yaxshilab yuviladi va quritiladi. 

 

2.2. Namunalarning oqlik darajasini aniqlash 

Namunalarning 

oqlik 

darajasi 



«Minolta»  spektrofotometrida 

aniqlandi.  Spektrofotometr  oq  va  qora  etalonlar  bo`yicha  kolibrovka 

qilinadi. Uning Data baza katagi bosiladi va spektrofotometrga qora maska 

joylashtirilib Measure katagi bosiladi va bir oz poylab turiladi. Ekranda oq 

etalonni 

qo`yish 


mumkinligi 

to`g`risida 

axborot 

chiqgach, 

spektrofotometrga  oq  etalon  joylashtirilib  yana    Measure  katagi  bosiladi. 

Ekranda  kolibrovka  tugaganligi  haqida  axborot  chiqadi.  So`ng  quyidagi 

amallar  ketma-ket  bajariladi:  mato  spektrofotometrga  joylashtiriladi,  YUS 

katagi  bosiladi  -  OREN  —  AS  —  WNAITEN.  Ekranning  tepa  chap 

tarafidagi  birinchi  tugma  bosiladi.  Ekranda  o`lchanayotgan  mato  oqlik 

darajasi  qiymati  to`rtta  standart  bo`yicha  hisoblanib,  son  va  grafik 

ko`rinishda chiqadi. Talab qilinganda ularni qog`ozga ko`chirish mumkin. 

 

2.3. Namunalarni kapillyarligini aniqlash 

 

To`qimachilik materialining kapillyarlik darajasi uning ho`llanishiga 



bog`liq bo`lib, bo`yash va gul bosish kabi jarayonlarda muhim o`rin tutadi. 

Kapillyarlikni  aniqlash  uchun  uzunligi  30  sm  va  eni  5  sm  bo`lgan 

namunalarning  bir  uchi  kaliy  bixromatning  3  g/l  li  eritmasiga  tushirib, 

ikkinchi  uchi  osib  qo`yiladi.  Suyuqlikning  ko`tarilish  balandligi  chizg`ich 

bilan  o`lchanadi.  Tekshirish  1,  5  ,10,  20,  30  minut  va  1  soatda  o`lchanib 

boriladi.  Yaxshi  tayyorlangan  matolarda  suyuqlik  bir  tekis  ko`tariladi, 



 

 

 



47 

yaxshi  tayyorlanmagan  to`qimachilik  materiallarida  buni  aksini  ko`rish 

mumkin. Suyuqlikning bir tekis ko`tarilgan va eng yuqori nuqtasi orasidagi 

farq matoning bir tekis tayyorlanganligi ko`rsatadi. 



 

2.4. Paxta-modifikatsiyalangan nitron asosidagi matoni aktiv  

bo`yovchi moddalar bilan bo’yash 

Aktiv bo`yovchi moddalar bilan sellyulozali tolalarni bo`yash uchun 

1-2 g og`irlikdagi oqartirilgan mato namunasi 30°C haroratda 1,5% li aktiv 

bo`yovchi  moddaning  neytral  eritmasiga  shimdiriladi,  3-5  minut 

shimdirilgach,  siqiladi  va  80°C  haroratda  quritish  shkafida  quritiladi. 

So`ngra  mato  2  qismga  bo`linadi  va  birinchi  namuna  quyidagi  tarkibli 

eritmada  3-5  minut  shimdiriladi  va  siqiladi:  natriy  karbonat  —  2,0  g/l, 

natriy xlorid — 30,0 g/l. Har ikki mato 15-20 minut davomida laboratoriya 

bug`latgichida  bug`  bilan  ishlanadi,  iliq  suv  bilan  yuviladi.  So`ng 

namunalar  alohida-alohida  stakanga  solinib,  30  minut  davomida  sirt  aktiv 

moddaning  2  g/l  li  eritmasida  qaynatiladi.  Namunalar  issiq  va  sovuq  suv 

bilan  yuviladi  va  quritiladi.  Tajribadan  so`ng  qaysi  namuna  yaxshi 

bo`yalganligi aniqlanadi.  

2.5. Sovun eritmasi ta`siriga rang mustahkamligini tekshirish 

Katta  bo`lgan  aralash  tolali  matolar  rangini  sovun  eritmasiga 

chidamliligini  tekshirish  uchun,  bo`yalgan  yoki  gul  bosilgan  mato 

namunasini  bir  tarafiga  shu  matoni  tashkil  etuvchi,  lekin  oq  holatdagi 

namuna  va  ikkinchi  tarafiga  ishlatilgan  bo`yovchi  modda  bilan  bo`yalishi 

mumkin bo`lgan boshqa mato namunasi tikiladi[44]. 

Rangning  sovunga  mustahkamlikni  tekshirish  vannasi  moduli  50  ga 

teng.  Rangni  sovunga  mustahkamligini  aniqlash  uchun  tarkibida  5  g/l 

sovun bo`lgan eritma 40°C haroratgacha qizdiriladi. Shu vannada oldindan 

tayyorlangan  namunaga  30  minut  davomida  ishlov  beriladi.  Ishlovdan 

so`ng  namuna  sovuq  suvda  chayilib  quritiladi.  Ishlov  berilgan  hamda 

quritilgan namuna ranglari etalon bo`yicha baholanadi. Baho uch raqamdan 



 

 

 



48 

iborat  bo`lib,  ulardan  birinchisi  namuna  rangini  o`zgarganini,  ikkinchi 

namunaning o`ng  tarafiga tikilgan oq matoning va uchinchisi namunaning 

teskari tarafiga tikilgan oq namunaning bo`yalganlik darajasini bildiradi. 



2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish 

Namuna  ho`l  va  quruq  holatda  ishqalanishga  chidamlilik  darajasini 

o`lchovchi asbobning old qismiga kiydirilib, metall uzuk bilan  mahkamlab 

qo`yiladi.  Sterjenga  oq  rangdagi  aralash  mato  namunasi  kiydiriladi  va 

bo`yalgan  mato  yuzasida  10  marotaba  bir  tarafga  va  ikkinchi  tarafga  10 

marotaba yurgiziladi. Baholash natijasida ikkita sondan iborat bo`lgan ball 

qo`yiladi.  Birinchisi  bo`yalgan  matoni  rangsizlanishiga  va  ikkinchisi  oq 

mato namunasini bo`yalganlik darajasiga tegishli ekanligini bildiradi. 

Ho`l  ishqalanishga  chidamlilik  tekshirilganda,  sterjendagi  oq  mato 

namunasi  oldin  ho`llanadi  va  ish  yuqorida  ko`rsatilgan  tartib  bo`yicha 

davom etadi[44] 

                   2.7. Aralash quyultiruvchilar tayyorlash uslubiyoti 

    Hajmi  250  ml  bo’lgan  kolbada  8  ml  30  %  li  gidrolizlangan  akril 

emulsiyasi    eritmasi  va  0,15%  li  uniflokdan  o’lchab  oldik.  Ikkinchi  xuddi 

shunday  kolbaga  58  ml  suv  o’lchab  olib,  ustiga  texnik  tarozida  5  g 

karboksimetillangan  kraxmal  tortib  olib,  yaxshilab  aralashtirdik.  Hosil 

bo’lgan  eritmaga  natriy  metasilikat  qo’shib  kleyster  hosil  qilib, 

gidrolizlangan  akril  emulsiyasi  va  uniflok  eritmalarini  quyib  aralashtirdik. 

Hosil bo’lgan aralashmani 85-90

0

C atrofida 15-20 minut aralashtirib turgan 



holda  qizdirdik.  Aralashma  bir  jinsli  bo’lgandan  so’ng  uni  xona 

haroratigacha  sovutdik.  So’ng  turli  nisbatlarda  aralash  quyultiruvchilar 

tayyorladik.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



49 

 

 



                            II bob bo’yicha xulosa 

     Aralash  tolalar  asosida  olingan  matolar  bo’yash,  gul  bosish  va 

yakunlovchi  pardozlash  jarayonlaridan  o’tkazib,  ularning  xossalarini 

o’rganish  yuqorida  ko’rsatilgan  usullar  yordamida  aniqlandi,tajriba 

natijasida xulosalarning bir-biriga yaqinligidan dalolat beradi.  

    Olib  borilgan  tajriba  ishning  natijasini  tahlil  qilib  berishga  qulayliklar 

yaratadi.    Matoning    qator  mustahkamliklar  bo’yicha    tajribalari  metodik  

jihatdan  tahlil  qilindi.  Olib  borilgan  tadqiqot  natijalaridagi  tajriba  xatoligi 

1-2% ni tashkil qiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

 



50 

 

 



 

                    III -bo`lim. Tajriba natijalari va ularning tahlili 

     3.1. Paxta va ipak tolali aralash matoni pardozlash 

texnologiyasini yaratish 

Ma’lumki, paxta tolasi o’rtacha 95 %  sellyuloza va 5 % turli tabiiy yo’ldosh 

moddalaridan  tashkil  topgan,  undan  tashqari  matoni  tayyorlash  davomida 

mexanik  texnologiya  jarayonlarini  osonlashtirish  maqsadida  iplarni  yigirishda 

moylovchi  moddalar bilan ishlov beriladi va mato to’qishdan oldin tanda iplari 

oxorlanadi. Shunday qilib, qaynatishdan maqsad matoni chiqindilardan tozalash 

va  unga  kapillyarlik  berishdir.  Aralashma  matolarga  pardoz  berish  

texnologiyasini  yaratish  sharoitini  tanlashda  kimyoviy  moddalarga  eng  

ta’sirchan    tashkil  etuvchi  xossalari  nazarda  tutiladi.  Paxta  va  ipak  aralashma 

matodagi  ipak  iplari ishqoriy ishlovlarga chidamsiz bo’lganligi sababli bunday  

agent  sifatida  natriy  karbonat  tanladik.  Tajribalarda  bo’yash  va  gul  bosishga 

tayyorlash eritmasidagi soda konstentratsiyasini  matoning kapillyarligiga  ta’siri 

o’rganildi.  Natriy  karbonat  miqdori  quyidagicha    tanlandi,  g/l:  2,  6,  10,  14;  

SAM  miqdori o’zgarmas 2  g/l, T =95

C,    qaynatish  vaqti  60  min  tashkil  etdi. 



Olingan  natijalar  3.1-rasmda  keltirildi.  Kapillyarlik  matoning  tanda  iplari 

yo’nalishida o’lchandi.  

 


 

 

 



51 

                         

 

  Izоh: b.m. –C= Na



2

CO

3



 – 3g/l,  

  3.1– rаsm. Aralash tolalar kapilyarligining  Na

2

CO3 konsentratsiyasiga   



bog’liqligi  

  1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron. 

 

 Olingan natijalarni tahlili asosida qaynatish eritmasidagi soda miqdorini 5 g/l 



qilib  tanladik,  chunki  bunda  o’rganilgan  SAM  li  eritmalari    ta’sirida  yetarli 

darajadan  ortiq  kapillyarlikka    erishildi.  Keyingi  tajribalarda  o’zgarmas  5  g/l  li 

soda  olib,  SAM  (metaupon,  sulfonol)  konstentrastiyasini  mato  oqligiga  ta’siri 

o’rganildi. 

 

3.2-rasm. Namunalarning  оqlik dаrаjаsining Na



2

CO

3



 konsentratsiyasiga 

bog’liqligi 

      1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron. 

                SAM  konstentrastiyasi  ortishi  bilan  mato  kapillyarligi  ham  ortib 

bormoqda, lekin kapillyarlik me’yorini (h =130mm/soat) inobatga olib, hamda 

iqtisodiy  nuqtai    nazaridan  ham  SAM  konstentrastiyasini  oqlik  darajasiga 

ta’siri bo’yicha ko’rinib turibdiki 79,8 % ni tashkil etdi. 


 

 

 



52 

         Oq  holatda  yoki  gul  bosilgan  holatda  ishlab  chiqariladigan  aralashma 

matolarning  oqlik  darajasini  oshirish  tanlangan  qaynatish  eritmasi  tarkibiga 

vodorod  peroksid  qo’shishni  taklif  etdik.  Olingan  natijalardan  ko’rinib 

turibdiki,  qaynatish  eritmasidagi  peroksid  matoning  kapillyarligi  va  oqligiga 

ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Vodorod peroksid konstentrastiyasini SAM eritma 

uchun  1,5  g/l  deb  tanladik,  bunda  matoning  oqlik  darajasi  83  %  gacha 

ko’tarildi.  



3.2. Paxta-nitron  matolarni  bo’yash va gul bosishga tayyorlash 

texnologiyasi  

Yangi  assortimentlarni  yaratish  asosan  tolalar  aralashmasidan 

foydalanishga  asoslangan.  Bunda  kelib  chiqishi,  fizik-mexanikaviy  va 

kimyoviy  xossalari  bo`yicha  bir-biridan  keskin  farqlanadigan  tolalardan 

aralashma  mahsulot  komponentlari  sifatida  foydalanish  o`ta  talabchan 

xaridorni  ham  qoniqtirishi  mumkin,  lekin  bunday  aralashmani  pardozlash 

jarayoni  murakkab  hisoblanadi.  Tarkibida  tabiiy  va  kimyoviy  tolalar 

aralashmasi  bo`lgan  assortimentli  mahsulotlar  o`ziga  xos  pardozlash 

jarayonlarini talab etadi. Hozirgi kunda bunday aralashmani bo`yash va gul 

bosishga  tayyorlashning  optimal  sharoitlarini  yaratish  muhim  vazifa 

hisoblanadi.  Dunyo  tajribasida  to`qimachilik  mahsulotlarini  aralash 

tolalardan  tayyorlashda  quyidagi  tarkiblar  keng  qo`llaniladi:  Paxta-lavsan, 

Paxta-viskoza,  paxta-poliakrilonitril,  jun-poliakrilonitril,  Paxta-kapron, 

lavsan-zig`ir tola, jun-lavsan, jun-kapron, lavsan-paxta. 

Respublikamizda  poliakrilonitril  -  nitron  tolasini  ishlab  chiqarilishi, 

hamda  undan  ratsional  foydalanish  davlatimizning  ustivor  vazifalaridan 

biridir.  Nitron  tolasini  ishlatilish  sohasini  kengaytirish  maqsadida  uni 

modifikatsiyalash  va  boshqa  tolalar  bilan  aralashma  mahsulotlarning 

komponenti  sifatida  foydalanish  vazifani  yechimi  yo`llaridan  biridir. 

O`zbekiston  Paxta  va  tabiiy  ipak  tolalarini  ishlab  chiqaruvchi  davlatlar 

qatorida  turadi.  Bu  tolalardan  olinadigan  mahsulotlarning  sifatlarini 


 

 

 



53 

yaxshilash,  hamda  xizmat  qilish  muddatini  cho`zish  orqali  iqtisodiy 

samaradorlikka erishish mumkin. 

Tabiiy ipak chiqindilarini chet elga eksport qilishdan uni Respublika 

to`qimachilik  sanoatida  qo`llash  orqali  xaridorgirligini  oshirishga,  hamda 

undan  foydalanish sohasini kengaytirishga erishiladi. Nitron tolasini tabiiy 

ipak  chiqindilari  eritmasi  bilan  modifikatsiyalash  orqali  tolaning 

gigroskopligi,  elastikligi,  sorbsion  xossalari  yaxshilanadi,  elektrlanishi 

kamayadi. Tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasini 

nafaqat  kation  bo`yovchi  moddalari  bilan,  balki  bir  qator  anion  bo`yovchi 

moddalar  bilan  bo`yash  imkoniyati  paydo  bo`ladi.  Bu  esa  o`z  navbatida 

bunday  toladan  Paxta  tolasi  bilan  birgalikda  aralashma  mahsulot  ishlab 

chiqarishda  qo`llash imkonini beradi[36]. 

Paxta-nitron  tolalari  aralashmasidan  iborat  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish,  ularni  bo`yash  va  gul  bosishga  tayyorlash,  bo`yash  hamda  gul 

bosish  jarayonlarini  o`rganishga  ko`pgina  ishlar  bag`ishlangan  bo`lib,  bu 

ishlarda aralashma  mahsulotlarni bo`yash  uchun bo`yovchi  aralashmasi  va 

bir sinfga mansub bo`yovchi modda taklif etilgan. 

Mazkur  magistrlik  ilmiy  ishida  nitron  xususiyatini  tabiiy  tolanikiga                                                                                                                                                                                                                                                                                                                

yaqinlashtirish  maqsadida  tola  tabiiy  ipak  chiqindisi  eritmasi  bilan 

modifikatsiyalandi  va  uning  ishlatilish  sohasini  kengaytirish  yo`lida 

modifikatsiyalangan  nitron tolasi bilan paxta aralashmasidan yangi turdagi 

assortimentlar yaratilib, ularni pardozlash muammolari o`rganildi. 

Paxta  tolasini  bo`yash  va  gul  bosishga  tayyorlash  kuchli  ishqoriy 

sharoitda  olib  boriladi.  Lekin  bu  sharoitda  nitron  tolasi  destruktsiyaga 

uchraydi  va  uning  modifikatori  tabiiy  ipak  ham  yuqori  haroratda,  ishqoriy 

sharoitda  erib  ketadi.  Shunga  ko`ra,  Paxta  va  modifikatsiyalangan  nitron 

tolalari  aralashmasidan  iborat  yangi  assortimentdagi  mato  namunalarini 

bo`yash va gul bosishga tayyorlash  kuchsiz ishqoriy  va  kislotali  muhitda 

olib  borildi.  Oqartirish  jarayonida  vodorod  pereoksidning  stablizatori 

sifatida arzon, ekologik toza, kam silikatli  stablizator  ishlatildi. Aralashma 


 

 

 



54 

tarkibidagi  har  bir  komponentni  kimyoviy  reagentlarga  bo`lgan  ta`sirini 

o`rganish  maqsadida  tajribalarni    birinchi  bosqichi  quyidagi  kalavalar 

ustida olib borildi: 

-   tabiiy  ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasi; 

-  Paxta + modifikatsiyalangan nitron; 

-  Paxta+nitron 

- ipak; 


-  Paxta; 

-  nitron. 

Nitron  tolasi  modifikatori  tabiiy  ipakni,  aralashmani  bo`yash  va  gul 

bosishga  tayyorlash  jarayonidan  so`ng,  saqlanib  qolganligini  aniqlash 

maqsadida    barcha  kalava  namunalari  azot  kislotasi  eritmasiga  solindi. 

Olingan natijalar 3.1- jadvalda keltirilgan. 

Jadval 3.1.  

Azot kislotasi eritmasini tola rang intensivligiga ta`siri 

Namunalar 

Rang intensivligi,  K/S 

Modifikatsiyalangan nitron 

Paxta / modifikatsiyalangan nitron 



1,7 

Paxta+nitron 

Ipak 


15 

Paxta 


Nitron 


 

Jadvaldagi  ma`lumotlardan  ko`rinishicha  nitron  tolasi  0,5%  li  tabiiy 



ipak  chiqindisi  (TICH)  eritmasi  bilan  modifikatsiyalanganda  ham  tolaning 

rang intensivligi o`zgarar  ekan. 

Aralashma  mahsulot  tarkibida    Paxta  tolasini  borligi  hamda  asosiy 

yog`  va  yog`  birikmalari,  azot  moddalar,  tabiiy  rang  pigmentlari  Paxta 

tolasida  bo`lishini  inobatga  olib  aralashmani  bo`yash  va  gul  bosishga 

tayyorlash jarayonini ip-gazlamalarni shu jarayonlarga tayyorlash kabi olib 



 

 

 



55 

borish  maqsadga  muvofiq  keladi.  Shu  bilan  birga  ma`lumki,  ishqor 

eritmasida  (3-5%  li)  tabiiy  ipak  erib  ketadi.  Modifikatsiyalangan  nitron 

tolasi tarkibidagi tabiiy ipakni ishqor ta`sirida aralashma tarkibida saqlanib 

qolishini  tekshirish  maqsadida  nitron,  TICh  bilan  modifikatsiyalangan 

nitron,  hamda  tabiiy  ipak  tolalari  3  %  li  NaOH  eritmasida  qaynatildi  va 

eritmaga  qo`rg`oshin  atsetat  solindi.  Bunda  tabiiy  ipak  NaOH  ta`sirida 

darhol  erib  ketdi  va  qo`rg`oshin  atsetat  solingach  oq  cho`kmalar  hosil 

bo`ldi.  Nitron  tolasi  sarg`ayib  ketdi  (K/S=18)  va  cho`kma  hosil  bo`lmadi. 

Modifikatsiyalangan  nitron  tolasining  rangi  yanada  intensivroq  (K/S=36) 

bo`lib,  bunda  qo`rg`oshin  atsetat  solingach  eritmada  cho`kma  hosil 

bo`lmadi.  Demak,  bundan  nitron  tolasi  TICh  bilan  modifikatsiyalanganda 

oqsil  va  nitron  orasida  mustahkam  kimyoviy  bog`lar  vujudga  kelishi 

mumkin degan xulosaga kelish mumkin. 

Ma`lumki  yigirish  jarayonida  hamda  mato  va  trikotaj  polotnolarini 

tayyorlashda  iplarga  ohorlovchi  moddalar  surtiladi.  Pardozlashda  esa 

ohorsizlantirish jarayoni olib boriladi. Ohorsizlantirish jarayoni ishqoriy va 

kislotali  muhitlarda  olib  borilishi  mumkin.  Ishqoriy  muhitda  nitron  va 

modifikatsiyalangan nitron tolasini sarg`ayib ketishini inobatga olgan holda 

namunalar kislotali sharoitda ohorsizlantiriladi. 

To`qimachilik  mahsulotlarini  oqartirish  uchun  vodorod  peroksiddan 

keng    foydalaniladi.  Vodorod  pereoksid    bilan  ishqoriy  va  kislotali 

muhitlarda  oqartirish  jarayonni  olib  borish  mumkin,  yuqorida  keltirilgan 

mulohazalar  asosida  oqartirish  jarayoni  kislotali  muhitda  olib  borildi. 

Mahsulotlarni  bo`yash  va  gul  bosishga  tayyorlash  jarayoni  uch  yo`l  bilan, 

ya`ni  faqat  ohorsizlantirish,  faqat  oqartirish,  oldin  ohorsizlantirish  so`ng 

oqartirish ketma-ketligida olib borildi.[46] Qaynatish-oqartirish jarayonlari 

bir  vannada  olib  boriladi.  Ma`lumki,  bo`yash  va  gul  bosishga  tayyorlash 

jarayonlarining 

sifati 


kapillyarlik, 

oqlik 


darajasi 

va 


uzilishdagi 

mustahkamligi  orqali  baholanadi.  Olingan  natijalar  natijalar  shuni 

ko`rsatadiki, ya`ni to`qimachilik mahsulotlarini kislotali usullarda tajribalar 


 

 

 



56 

olib  borilganda  yetarli  miqdordagi  oqlik  darajasiga  erishildi.  Yuqoridagi 

tajribalarning natijalari  3.2 — jadvalda keltirilgan. 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling