Buxoro davlat universiteti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval 3.8.
- 3.3.1. Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish
- 3.4. Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari
- 3.5.1. Gul bosish jarayonida karboksimetilsellyuloza va poliakrilatlar asosida aralash quyuqlovchilar olish
Gul bosib quritilgach, termoishlov (130 0 C dan yuqorida, 5 min) paytida emulsion quyultiruvchining tashkil etuvchilari uchib ketadi. Shu sababli yuvishga hojat qolmaydi. Benzinsiz pigmentli gul bosish usuli yaratilgan, bunda uch komponentli akril kislota hosilalarining sopolimerlari ishlatiladi. Bu moddalar ham bo’yoq tarkibidagi polifunksional moddalar va sellyuloza makromolekulalari bilan kimyoviy o’zaro ta’sirga kirishadi. Pigmentlar yordamida ajoyib rangdor oltin va kumushsimon gullar hosil qilish mumkin. Pigmentlarning kamchiligi: quruq va namli ishqalanishga ranglar, ayniqsa, to’q ranglarda mustahkam emas.
Jadval 3.8. Pigment gul bosish bo’yog’i tarkiblari va miqdori Tarkib Miqdor, g/kg I II
Pigment (pasta) 25-100
25-100 Emulsion quyultiruvchi 640-700 - Emulsion quyultiruvchi va lateks - 765-870
Lateks SKS-65- GP 75-100
- metazin
75-100 75-100
NH 4 Cl (25%) 25 25
NH 4 OH (25%) 5-10 5-10
68 3.3.1. Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish Dispers bo’yovchi moddalar poliefir va atsetat tolali matolarga, nitron va kamroq poliamid tolali matolarga gul bosishda ishlatiladi. Gul bosish uchun nurbardoshligi yuqori va harorat ta’siriga chidamli bo’yovchi moddalar ishlatiladi. Gul bosish texnologiyasi: gul bosish quritish
bo’yovchi moddani tolaga bog’lanish yuvish
quritish jarayonlaridan iborat. Gul bosish bo’yog’i tarkibi tola turiga va rang singdirish usuliga bog’liqdir. Masalan, asetat tolali materiallar uchun quyidagi tarkiblar ishlatiladi. Quyultiruvchi sifatida natriy alginat, karboksimetilselluloza, tragant va ularning aralashmasi ishlatiladi. Poliefir, poliamid va triatsetat tolalariga gul bosilganda bo’yoq tarkibiga tola massasiga nisbatan 0,3-2% miqdorida intensifikator (benzoy, salitsil kislota, xlor) . 3.4. Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari Tayyor mahsulotning uzoq muddat xizmat qilishi, ko’rkam va bejirim bo’lishi, o’z shaklini uzoq muddat saqlay olishi kabi sifatlarini ishlatiladigan to’qimachilik materiallarining xossalari belgilaydi, o’z navbatida to’qimachilik materiallarining sifati, tashqi ko’rinishi va xossalarini yakunlovchi pardozlash belgilaydi. Oxirgi pardozlash shunday texnologik jarayonlar yig’indisidan iboratki, unda to`qimachilik mahsulotlarning, sifatini yaxshilash uchun tashqi chiroyli tovar ko`rinishi berish, standartga mos en berish, istemolchini didini ta`minlash va boshqa ba`zi xususiyat berish kabi jarayonlar bajariladi. To`qimachilik mahsulotlari kerakli texnologik bosqichlardan o`tgandan keyin, oxirgi pardozlash jarayoniga o`tadi. Bu yerda to`qimachilik mahsulotlarini tayyorlash tugatilib rasmiylashtiriladi. Oxirgi pardozlash jarayonida matoga turli xususiyat (ipakdek tovlanish, yaltillash, yumshoq vors berish va h.k) berib, yaxshi fazilatlarga ega
bo`ladi.
Sellyuloza tolasidan tayyorlangan matoga kam
g’ijimlanadigan va suvga kirishmaydigan xususiyat beriladi. Sintetik
69 tolalarda tayyorlangan matolarni antistatik mahsulotlar bilan ishlov beriladi. To`qimachilik matolariga
oxirgi pardozlashda beriladigan xususiyatlarning ko`pligi sababli bajariladigan jarayonlar ikki guruhga bo`linadi: fizika-mexanikaviy va kimyoviy. Fizika-mexanikaviy jarayonga qirqish, pat berish, enni kengaytirish, dazmollash, presslash va boshqalar kiradi. Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni barchasini ikki xilga bo`lish mumkin: 1.
2.
Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi: 1.
G’ijimlanishga qarshi pardoz 2.
Kirishishga qarshi pardoz. 3.
Olovga chidamlilik uchun pardoz 4.
Suvni itaruvchi pardoz 5.
Ifloslanishga qarshi pardoz va boshqalar. Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi appret deyiladi.
Hozirgi
vaqtda aktiv
bo’yoqlar uchun
asosan aralash
quyuqlashtiruvchilarga e’tibor
qaratilmoqda. Haqiqatdan ham karboksimetilkraxmal va sintetik akril polimerlar aralashmasi keng
qo’llanilmoqda. Chunki tabiiy quyuqlashtiruvchi moddalar juda qimmat va bakteriyalarga beriluvchan. Ilmiy ishda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahalliy xomashyo asosidagi aralash quyuqlashtiruvchilar yaratish borasidagi tadqiqotlar keltirilgan. Qo’yilgan masalalar yechimi uchun guruch kraxmali va sintetik akrilatlar asosidagi quyuqlovchilarning har xil tarkibli qatorini oldik.
70 Ushbu tadqiqotning maqsadi gul bosish bo’yog’i quyuqlovchilari sifatidagi OAJ Navoiyazot kombinatida ishlab chiqariladigan sintetik akril polimerlar va karboksimetilkraxmal (KMK) effektivligi va yaroqliligiga baho berish edi va ular asosida aktiv bo’yoqlar uchun iqtisodiy samarali past konsentratsiyali quyuqlashtiruvchilar tarkibini ishlab chiqish hisoblanadi. [56] Tadqiqot maqsadi, aralash quyuqlashtiruvchilarning pH muhitini o’rganish va taqqoslash hisoblanib, ular asosida gul bosish bo’yog’i shuningdek, pardozlangan matoning fizik-mexnik ko’rsatkichlarini o’rganish hisoblanadi. Ishda tarkibida ishlab chiqarilgan monoxlortriazin bo’yoqlari ishlatiladi.Paxta tolali matolarga gul bosishda muhim rolni quyuqlovchilar va gul bosish bo’yog’ining pH i muhim rolni o’ynaydi. Bosma bo’yoq aktiv bo’yoq, quyultiruvchi, ludigol, mochevina, ishqoriy agent NaHCO 3 ni aralashmasidan iborat. Mochevina va NaHCO 3 tola bilan bo’yoqni fiksatsiyasida muhit vazifasini bajaradi. Mochevinani bosma bo’yoqqa aktiv bo’yoqlarning eruvchanligini oshirish uchun qo’shiladi. Ludigol – kuchsiz oksidlovchi hisoblanadi va bosma bo’yoq tarkibiga zirelnik va hattoki, sellyuloza tolasi muhitini aktiv bo’yoqlarga destruktiv ta’sirini oldini olish uchun ishlatiladi. Ishda aralash tolalar va bosma bo’yoqning pH muhiti shuningdek, pardozlangan matolarning fizik- mexanik xossalari (uzilishga, terga bo’lgan mustahkamlik, qattiqlik) o’rganildi. Quyuqlashtiruvchi aralashmalar asosida bosma
bo’yoq qatori
karboksimetilkraxmal (KMK),
gidrolizlangan poliakrilonitril (K9 Uniflok), gidrolizlangan akrilemulsiyasi (GAE) va poliakriloamid (PAA). O’zini xususiyatini saqlagan holda bularning har biri aktiv bo’yoqlar bilan va shunday tarkibli aralashmalar noqulayliklarni yenga olish holatlari aniqlangan. Bosma bo’yoq pH i 10-10,5dan yuqori bo’lmasligi kerak.[57] Paxta- nitron asosidagi matoga gul bosishda quyudagi quyultiruvchilarning pH ko’rsatkichlari aniqlandi (jadv.). Jadval 3.9. Quyultiruvchilar va bosma bo’yoqlarning рН ko’rsatkichining o’zgarishi
71 Quyultiruvchilar Quyultiruvchining va bosma bo’yoqning рН Quyultiruvchining рН bosma bo’yoqning рН Маnuteks (2,5%) рН=8 рН=10,5
Solvitoza (6%) рН=8,5
рН=10 КМК
рН=9 рН=10,5
PАА рН=10
рН=10.5 GIPAN (К9) рН=11,5 рН=11,5
UNIFLOK рН=12,5
рН=13,5 GАE
рН=8,5 рН=10,2
Aralash quyultiruvchilar 1.КМК –PАА-GАE рН=8,5 рН=10
2. КМК–К9-GАE рН=9,5
рН=10,5 3. КМК –uniflok-GАE рН=9,5 рН=10,5
КМК- karboksimetilkraxmal; GАE-gidrolizlangan аkril emulsiyasi; GIPAN- gidrolizlangan poliakrilonitril; PАА-poliakrilamid. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, quyultiruvchining рН ko’rsatkichi manuteks, КМК larda 8-8,5 ga teng. Bosma bo’yoqning рН miqdori 10-10,5. КМК va аkrilаtlar asosidagi aralash quyultiruvchining pH ko’rsatkichi 8,5 quyuqlovchi va sintetik akrillar mochevina miqdorini va NaHCO 3 ni ikki marta kam sarflaydi hamda pardozlangan matolarning mustahkamligi va fizik-mexanik ko’rsatkichlarini yaxshilashni ta’minlaydi[58]. Shundan kelib chiqib, quyuqlovchilar aralashmasi asosida bosma bo’yoq yaratish texnologiyasi ishlav chiqildi(3.5-rasm)
72
3.5- rasm. Quyultiruvchilar aralashmasi asosida bosma bo’yoq olish texnologiyasi 3.5.-rasmdan ko’rinib turibdiki, 1-reaktorda kraxmal va monoxlorsirka kislotasining Na tuzi bilan modifikasiyalanib 2-reaktorga solinadi. So’ngra 2- reaktorga sintetik akril polimerlari (GAE va uniflok) qo’shiladi. Ludigol va mochevina issiq suvda eritilib soda bilan aralshtiriladi. Tayyor aralashma 3-reaktorga sovutish uchun yuboriladi, so’ngra 4-reaktorda quyuqlovchi va bo’yovchi modda aralashtiriladi va gul bosish mashinasiga yuboriladi. KMK va sintetik polimerlar asosida tayyorlangan quyuqlovchilar aralashmasi ho’l ishlovlarga bo’lgan bo’yoqlarning mustahkamligi va uzilishga bo’lgan mustahkamligini ta’minlaydi. Shunday usul bilan KMK- uniflok-PAA va KMK-uniflok-GAE asosidagi quyultiruvchilar aralashmasi yaxshi bosma xususiyatlarga ega. U rang ajralishi, qattiqligi va bosma rasmlarning yuvilishga mustahkamligi an’anaviy ishlatiladigan quyultiruvchilar imprint va solvitozlar bo’lgan quyuqlashtiruvchilardan o’tadi[59]. Ushbu ishning maqsadi, quyuqlashtiruvchi sifatida to’qimachilik yoki sanoat chiqindilaridan olinadigan GAE, uniflok va KMK ni dispers bo’yoqlar bilan paxta+nitron gazlamalarga gul bosish jarayonida tatqiq etish hisoblanadi. Dispers bo’yoqlar boshqa barcha sinf bo`yoqlaridan farqli
73 ravishda hosil bo’ladigan tasvirlarni, ayniqsa, yuvilish jarayoniga yuqori barqarorlikni ta’minlovchi kovalent kimyoviy bog’lar hosil qilish yo’li bilan tolali materiallar bilan o’zaro ta’sirlashadi. Bo’yoqning xarakteridan qat’iy nazar gul bosishda ishlatiladigan bo’yoq qat’iy bir quyuqlikka ya’ni matoda rasmlarning aniq konturlarini olish uchun kerak bo’ladigan va shu bilan birga gul bosish vali gravyurasini yaxshi namlantiradigan bo’lishi kerak. Bo’yoq gravyuraning shaklini oson qabul qilishi, undan oson ajralishi va ma’lum deformatsiyalanish qobiliyatiga ega bo’lishi (bu ayniqsa, chiziqli rasmlar uchun ahamiyatli) shart. Bo’yoq matoda oqib ketmasligi va rasmning aniq konturlarini berishi kerak, shuningdek, matoning ichiga singishi kerak. [60] Yuqorida aytilganidek, quyuqlashtiruvchi – gul bosishda bo’yovchi moddalarining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Ancha qimmat quyuqlashtiruvchilar qatoriga o’simlik mahsulotlari, ayniqsa, kraxmal (bug’doy, guruch, kartoshka) uning hosilalari (kraxmalning oddiy va murakkab efirlari) va uning destruksiya mahsulotlari (dekstrin). Roj daraxti mevasining uni va diara boshoqlari va uning hosilalari, alginatlar, o’simlik kamedisi va tragantlar kiradi. Zamonaviy gul bosish texnologiyasida quruq moddaning kam konsentratsiyasida ham gul bosish bo’yog’ining yuqori qovushqoqligini ta’minlovchi maxsus quyuqlashtiruvchilar asosiy rol o’ynaydi[61].(3.10-jadval)
Jаdval 3.10. Quyuqlovchilar yordamida pardozlangan matolarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarining o’zgarishi
Matoning Uzilishga Rang mustahkamligi (ball)
74 Quyultiruvchilar g/kg qattiqligi, mkН·sm 2
chidamliligi, мм Н
Yuvishga (DS 9733.483) Ishqalanishga (DS 9733.27- 83) Terga (DS 9733. 6-83) Quruq
Ho’l tanda
arqo q KMS 25 9324
294 196
5/5/5 5/5
5/4/5 5/4/5
Imprint 60
12780 291
193 5/4/4
5/3 5/4/4
4/4/4 КMК
80 12650
288 192
5/4/4 5/3
5/4/4 5/4/4
КМК-К9 30:30
11450 291
193 5/4/5
5/4 5/4/5
4/4/5 КMК uniflok 30:30 10317
292 194
5/4/5 5/4
5/4/5 5/4/5
КMК –PАА 30:30
10356 291
192 5/4/5
5/4 5/4/4
5/4/4 КMК –GАE 30:30 10224
292 194
5/4/5 5/4
5/4/5 5/4/5
КМК –uniflok- GАE
40:20:10 9387
292 195
5/45 5/5
5/5/4 5/5/4
КМК- karboksimetilkraxmal; GAE-gidrolizlangan akril emulsiyasi; GIPAN- gidrolizlangan poliakrilonitril; PAA-poliakrilamid Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, biz tomonimizdan mahalliy ikkilamchi xom ashyodan KMK olish texnologiyasi ishlab chiqarildi va uni matoga gul bosish jarayonida qo`llash imkoniyatlari o’rganildi. Ishlab chiqilgan texnologiya bo’yicha olingan KMK quyidagi sifat ko’rsatkichlariga ega; sochiluvchan; oqdan to qaymoq ranggacha bo’lgan kukunsimon, suvning massa ulushi 10% dan ortiq, karboksimetil guruhlar bo’yicha almashinish darajasi 0,80-0,85 atrofida; asosiy moddaning massa ulushi 50-55% atrofida, polimerlanish darajasi 550-850; suvda eruvchanligi 98-99,4% dan kam emas; KMK ning massa ulushi 1% bo`lgan suvli eritmaning vodorod ko’rsatkichi ( pH) 9-10 chegaralarida.
75 KMK ni gul bosish jarayonida aktiv bo’yoqlar bilan qo’llash imkoniyatlarini o’rganish maqsadida quyuqlashtiruvchi tabiatini bosilgan rasmning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Faol bo’yoqlar bilan gul bosishni bo’yoqni ikki usulda fiksatsiyalash bo’yicha o’tkazildi. Termofiksatsiya usuli bo’yicha mochevina suvda eritiladi va eritma 70 0 C gacha qizdiriladi. Olingan eritma aralashtirib bo’yoq bor stakanga quyiladi. So’ngra mochevinali bo’yoq eritmasi aralashtirilgan holda quyuqlashtiruvchiga kiritiladi. Gul bosish bo’yog’ni ishlatishdan oldin sovutiladi va suvda eritilgan Na 2 CO 3
qo’shiladi. Gul bosish bo’yog’i yana qaytadan yaxshilab aralashtiriladi. Gul bosishdan keyin namuna qo’yilgan maxsus siljuvchi ramkani quritish shkafiga qo’yiladi. Termofiksatsiya 180 0 C da 2 minut davomida o’tkaziladi, keyin yuviladi. Namuna dastavval sovuq suvda, so’ngra esa iliq suvda ehtiyotlik bilan mato yuzasidan gul bosish bo’yog’ining ortiqchasi yuviladi. Oxirida mato issiq suvda issiq ( 80-90 o C) eritmada SAM (2g/l) va qaytadan issiq va sovuq suvda yuviladi. Bir fazali bug’latish usuli bo’yicha faol bo’yoqni gul bosish bo’yog’iga mustahkamlash quyidagi retsep bo’yicha tayyorlanadi, gr : mochevina 10; suv (ml) 34,5; bo’yoq 3; quyultiruvchi 50; ludigol 1; Na 2 CO
1,5. [62] 3.5.1. Gul bosish jarayonida karboksimetilsellyuloza va poliakrilatlar asosida aralash quyuqlovchilar olish Gul bosish bo’yog’i komponenetlarini qo’shish tartibi oldingi variantda keltirilgandek bo’lib, yagona farqi bo’yoq va mochevina eritmasi tarkibida avvaldan kuchsiz oksidlovchi saqlovchi – lutigol quyultiruvchiga kiritiladi. Gul bosgandan keyin mato quritiladi, 10 daqiqa davomida bug’lantiriladi va yuqorida ko’rsatilgan tartibda yuviladi. Quyultiruvchi sifatida natriy alginat, KMS ( yog’och sellyulozasidan), KMS (VOTP dan) va natriy alginat+ KMS ( VOTP) 50:50 nisbatda ularni ishlatdik. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, eng yaxshi natijalar natriy alginati va KMS asosidagi Quyultiruvchi aralashmasi ishlatilganda kuzatiladi. Biroq keltirilgan konturning aniqlik ko’rsatgichlaridan ko’rish
76 mumkinki, yog’och sellyulozasidan va to’qimachilik chiqindilaridan olingan KMS lar amalda deyarli farq qilmaydi. Bundan tashqari bosilgan namunalardagi bo’yoqning gul bosish bo’yog’iga fiksatsiyalash usuliga va quyuqlashtiruvchi tabiatiga bog’liq fizik- mexanik ta’sirlarga barqarorligi analizi o’tkazilgan. Barcha olingan natijalarni diqqat bilan o’rganib chiqib, qog’oz tolali matoga aktiv bo’yoqlar bilan rasm bosishning oson termofiksatsion usuli o’rniga ancha qo’l keluvchi quyuqlashtiruvchilardan KMS va natriy alginat asosidagi aralashmali quyultiruvchini tanlab olishni tavsiya etamiz. Gul bosishda eng yaxshi natijalar KMS va natriy alginat asosidagi aralashmali quyuqlashtiruvchi ishlatilganda kuzatiladi. Jadvaldan ko’rinadiki, to’yingan bug’ muhitida aktiv bo’yoqlarning fiksatsiyasi ularning gidrolizi natijasida qiyinlashadi. Sezilarli yaxshi natijalar issiqlik bilan qayta ishlash davomiylikni bir vaqtda qisqartirish orqali aktiv bo’yoqlarni yuqori temperaturali fiksatsiyalash usullarini ( bug’lantirish 10 minut, termofiksatsiyalash 2 minut) beradi. Biroq keltirilgan konturning aniqlik ko’rsatgichlaridan ko’rish mumkinki, yog’och sellyulozasidan va to’qimachilik chiqindilaridan olingan KMS lar amalda deyarli farq qilmaydi.Tajriba va tadqiqot natijalari 3.11- jadvalda ko’rsatilgan.
Jadval 3.11. Gul bosish bo’yog’iga fiksatsiyalash usuli va quyultiruvchi tabiatining ta’siri Gul bosish bo’yog’ining Quyulti ruvchi
Bosilgan rasmning konturlarini aniqligi Bo’yoqning fizik-mexanik ta’sirlarga barqarorligi
77 fiksatsiya- lash usuli Rasm
maydon i, mm
Kontur aniqligi % Sovunga Quruq
ishqa- lanishga Nam ishqa-
lanishga Bug’latish usuli Natriy
alginat, KMS,
natriy alginat+
KMS
767 780 780
793 87,7
89,2 89,2
90,6 5/5/5
5/4,5/5 5/5/5
5/5/5 5/5
5/5 5/5
5/5 5/4
5/4 5/4
5/3 Termofiksats iya usuli Natriy
alginat KMS,
natriy alginat
+KMS 806
806 806
804 92
92 92
95 5/4,
5/5 5/4,
5/5 5/5/5 5/5/5 5/5
5/5 5/5
5/5 4/4,5
5/5 5/5
5/4
Yildan–yilga gul bosilgan matolarni ishlab chiqarish sanoati rivojlanib bormoqda. Bo’yash vositalarining qancha sarflanishi ishlab chiqariladigan matoga nisbatan aniqlanadi. Birinchi navbatda pigmentlar ishlab chiqarish, ikkinchi o’rinda aktiv bo’yoqlar, uchinchi o’rinda dispers bo’yoqlar. Aktiv bo’yoqlar matoning yuqori darajada bo’yalganligi va ranglarning yorqinligini shu bilan birgalikda matolar sifatli va yuvilib ketmaydigan ranglar bilan bo’yalganligini ifodalaydi. Aktiv bo’yoqlarni quyuqlashtiradigan modda sifatida alginat natriy, manuteks va kraxmalefiri (emprint, monagum) ishlatiladi. Natriy alginatdan foydalanishda, aktiv bo’yoqlar bilan gul bosilganda matoda gul bosilgan joyining yumshoqligini ta’minlaydi, bo’yoqning fiksatsiya darajasini oshiradi. Biroq ishlab chiqarishdagilarni alginatli quyuqlashtiradigan modda kamida ikkita sababga ko’ra qoniqtirmaydi.Bular: qimmat va qattiqlik qatlamiga va pH ga sezgirligidir. Shuningdek, efirli kraxmal asosidagi import ishlab chiqarilgan quyultiruvchi modda keng foydalaniladi.Ular ―solvitoza C-5‖, ―emprint CE‖ , ―monagum‖ va boshqalar.
78 Ma’lumki, paxta tolali matolarga gul bosishda aktiv bo’yoqlar bilan birga quyultiruvchilar sifatida gidroksil guruhi saqlovchi birikmalar, xususan, kraxmal kabi preparatlarni ishlatish mumkin emas, sabab bo’yoq bir vaqtning o’zida ham tola, ham kraxmal bilan ta’sirlashishi mumkin. Natijada gul bosilgan matoning yuvilishi qiyinlashadi, bo’yoqning fiksatsiyalanish darajasi pasayadi, bosma bo’yoq matoda qattiqlashadi va bo’yoq ko’p sarflanadi. [58]
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling