Buxoro davlat universiteti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Data baza
- 2.5. Sovun eritmasi ta`siriga rang mustahkamligini tekshirish
- 2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish
- 2.7. Aralash quyultiruvchilar tayyorlash uslubiyoti
- III -bo`lim. Tajriba natijalari va ularning tahlili
- 3.2. Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash texnologiyasi
I bob bo’yicha xulosa Olib borilgan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, paxta va tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron asosidagi aralash matolarni bo’yash va gul boshishga tayyorlashning fizik-kimyoviy jarayonlarini o’rganish, bunda namlik yutishini oshishiga, elektrlanishini kamayishiga bag’ishlangan dolzarb muammolar hal etilganligi va shu bilan birga modifikasiyalangan nitron tolalarini to’qimachilik jihozlarida qayta ishlash osonlashganligidan darak beradi. Shu nuqtai nazardan to’qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan paxta-nitron tolasi asosida aralash mato olindi va uning xossalari o’rganildi. Tabiiy ipak chiqindilari bilan nitron tolasi modifikasiyalandi va ular orasida kimyoviy bog’ hosil bo’lishi aniqlandi. Tayyorlangan aralash tolali matoning gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
44 II -bo`lim. Metodik qism 2.1.Foydalanilgan kimyoviy moddalar tavsifi Faol bo’yovchi moddalarning asosiy xarakteristikasi Jadval 2.1. Bo’yovchi modda nomi Struktura formulasi Ishlab chiqaruvchi DTS
Zarg’aldoq- 5R
Turkiya Bercolin Mol. massasi 889
Ochiq qizil 6B
Bezema Mol. massasi 802
Binafsha- 4R
Turkiya Bercolin Mol. massasi 926
Ochiq ko’k 19K
Turkiya
Bercolin Mol. massasi 626
45 Jadval 2.2. Kimyoviy moddalar nomi Formulasi Tashqi ko`rinishi Natriy bisulfit NaHSO 3
Oq kukun Natriy karbonat Na 2
3
Oq rangli kukun Magniy Xlor MgCl
2
Oq rangli kukun Natriy silikat Na 2 SiO 3
Rangsiz, qovushqoq suyuqlik Vodorod peroksid H 2
2
Rangsiz suyuklik oqarturuvchi O`yuvchi ishqor NaOH O`yuvchi rangsiz suyuqlik Sulfat kislota H 2
4
Rangsiz, qovushqoq suyuqlik OP-10 —
OOM — Optik oqartiruvchi modda Mochevina CO(NH 2
2
Oq donachalar Aktiv bo’yovchi modda
NaSO 3 –Kp–T–X Dispers bo’yovchi modda Kp–SO
3 Na
3 g li xom namunaga quyidagi tarkib bo’yicha ishlov beriladi, (g/l): Vanna moduli 1:30. 1. Na
2 SiO
3 - 30
2. SAM - 0,5
46 3. H
2 O 2 - 3 4. MgCl
2 - 1
Qaynatish — oqartirish jarayoni 95°C haroratda, 30 minut davomida olib boriladi. Ishlov berilgan mato avval issiq suv keyin sovuq suv bilan yaxshilab yuviladi va quritiladi.
Namunalarning oqlik darajasi «Minolta» spektrofotometrida aniqlandi. Spektrofotometr oq va qora etalonlar bo`yicha kolibrovka qilinadi. Uning Data baza katagi bosiladi va spektrofotometrga qora maska joylashtirilib Measure katagi bosiladi va bir oz poylab turiladi. Ekranda oq etalonni qo`yish
mumkinligi to`g`risida axborot chiqgach, spektrofotometrga oq etalon joylashtirilib yana Measure katagi bosiladi. Ekranda kolibrovka tugaganligi haqida axborot chiqadi. So`ng quyidagi amallar ketma-ket bajariladi: mato spektrofotometrga joylashtiriladi, YUS katagi bosiladi - OREN — AS — WNAITEN. Ekranning tepa chap tarafidagi birinchi tugma bosiladi. Ekranda o`lchanayotgan mato oqlik darajasi qiymati to`rtta standart bo`yicha hisoblanib, son va grafik ko`rinishda chiqadi. Talab qilinganda ularni qog`ozga ko`chirish mumkin.
To`qimachilik materialining kapillyarlik darajasi uning ho`llanishiga bog`liq bo`lib, bo`yash va gul bosish kabi jarayonlarda muhim o`rin tutadi. Kapillyarlikni aniqlash uchun uzunligi 30 sm va eni 5 sm bo`lgan namunalarning bir uchi kaliy bixromatning 3 g/l li eritmasiga tushirib, ikkinchi uchi osib qo`yiladi. Suyuqlikning ko`tarilish balandligi chizg`ich bilan o`lchanadi. Tekshirish 1, 5 ,10, 20, 30 minut va 1 soatda o`lchanib boriladi. Yaxshi tayyorlangan matolarda suyuqlik bir tekis ko`tariladi,
47 yaxshi tayyorlanmagan to`qimachilik materiallarida buni aksini ko`rish mumkin. Suyuqlikning bir tekis ko`tarilgan va eng yuqori nuqtasi orasidagi farq matoning bir tekis tayyorlanganligi ko`rsatadi. 2.4. Paxta-modifikatsiyalangan nitron asosidagi matoni aktiv bo`yovchi moddalar bilan bo’yash Aktiv bo`yovchi moddalar bilan sellyulozali tolalarni bo`yash uchun 1-2 g og`irlikdagi oqartirilgan mato namunasi 30°C haroratda 1,5% li aktiv bo`yovchi moddaning neytral eritmasiga shimdiriladi, 3-5 minut shimdirilgach, siqiladi va 80°C haroratda quritish shkafida quritiladi. So`ngra mato 2 qismga bo`linadi va birinchi namuna quyidagi tarkibli eritmada 3-5 minut shimdiriladi va siqiladi: natriy karbonat — 2,0 g/l, natriy xlorid — 30,0 g/l. Har ikki mato 15-20 minut davomida laboratoriya bug`latgichida bug` bilan ishlanadi, iliq suv bilan yuviladi. So`ng namunalar alohida-alohida stakanga solinib, 30 minut davomida sirt aktiv moddaning 2 g/l li eritmasida qaynatiladi. Namunalar issiq va sovuq suv bilan yuviladi va quritiladi. Tajribadan so`ng qaysi namuna yaxshi bo`yalganligi aniqlanadi.
Katta bo`lgan aralash tolali matolar rangini sovun eritmasiga chidamliligini tekshirish uchun, bo`yalgan yoki gul bosilgan mato namunasini bir tarafiga shu matoni tashkil etuvchi, lekin oq holatdagi namuna va ikkinchi tarafiga ishlatilgan bo`yovchi modda bilan bo`yalishi mumkin bo`lgan boshqa mato namunasi tikiladi[44]. Rangning sovunga mustahkamlikni tekshirish vannasi moduli 50 ga teng. Rangni sovunga mustahkamligini aniqlash uchun tarkibida 5 g/l sovun bo`lgan eritma 40°C haroratgacha qizdiriladi. Shu vannada oldindan tayyorlangan namunaga 30 minut davomida ishlov beriladi. Ishlovdan so`ng namuna sovuq suvda chayilib quritiladi. Ishlov berilgan hamda quritilgan namuna ranglari etalon bo`yicha baholanadi. Baho uch raqamdan
48 iborat bo`lib, ulardan birinchisi namuna rangini o`zgarganini, ikkinchi namunaning o`ng tarafiga tikilgan oq matoning va uchinchisi namunaning teskari tarafiga tikilgan oq namunaning bo`yalganlik darajasini bildiradi. 2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish Namuna ho`l va quruq holatda ishqalanishga chidamlilik darajasini o`lchovchi asbobning old qismiga kiydirilib, metall uzuk bilan mahkamlab qo`yiladi. Sterjenga oq rangdagi aralash mato namunasi kiydiriladi va bo`yalgan mato yuzasida 10 marotaba bir tarafga va ikkinchi tarafga 10 marotaba yurgiziladi. Baholash natijasida ikkita sondan iborat bo`lgan ball qo`yiladi. Birinchisi bo`yalgan matoni rangsizlanishiga va ikkinchisi oq mato namunasini bo`yalganlik darajasiga tegishli ekanligini bildiradi. Ho`l ishqalanishga chidamlilik tekshirilganda, sterjendagi oq mato namunasi oldin ho`llanadi va ish yuqorida ko`rsatilgan tartib bo`yicha davom etadi[44]
emulsiyasi eritmasi va 0,15% li uniflokdan o’lchab oldik. Ikkinchi xuddi shunday kolbaga 58 ml suv o’lchab olib, ustiga texnik tarozida 5 g karboksimetillangan kraxmal tortib olib, yaxshilab aralashtirdik. Hosil bo’lgan eritmaga natriy metasilikat qo’shib kleyster hosil qilib, gidrolizlangan akril emulsiyasi va uniflok eritmalarini quyib aralashtirdik. Hosil bo’lgan aralashmani 85-90 0 C atrofida 15-20 minut aralashtirib turgan holda qizdirdik. Aralashma bir jinsli bo’lgandan so’ng uni xona haroratigacha sovutdik. So’ng turli nisbatlarda aralash quyultiruvchilar tayyorladik.
49
II bob bo’yicha xulosa Aralash tolalar asosida olingan matolar bo’yash, gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlaridan o’tkazib, ularning xossalarini o’rganish yuqorida ko’rsatilgan usullar yordamida aniqlandi,tajriba natijasida xulosalarning bir-biriga yaqinligidan dalolat beradi. Olib borilgan tajriba ishning natijasini tahlil qilib berishga qulayliklar yaratadi. Matoning qator mustahkamliklar bo’yicha tajribalari metodik jihatdan tahlil qilindi. Olib borilgan tadqiqot natijalaridagi tajriba xatoligi 1-2% ni tashkil qiladi.
50
III -bo`lim. Tajriba natijalari va ularning tahlili 3.1. Paxta va ipak tolali aralash matoni pardozlash
Ma’lumki, paxta tolasi o’rtacha 95 % sellyuloza va 5 % turli tabiiy yo’ldosh moddalaridan tashkil topgan, undan tashqari matoni tayyorlash davomida mexanik texnologiya jarayonlarini osonlashtirish maqsadida iplarni yigirishda moylovchi moddalar bilan ishlov beriladi va mato to’qishdan oldin tanda iplari oxorlanadi. Shunday qilib, qaynatishdan maqsad matoni chiqindilardan tozalash va unga kapillyarlik berishdir. Aralashma matolarga pardoz berish texnologiyasini yaratish sharoitini tanlashda kimyoviy moddalarga eng ta’sirchan tashkil etuvchi xossalari nazarda tutiladi. Paxta va ipak aralashma matodagi ipak iplari ishqoriy ishlovlarga chidamsiz bo’lganligi sababli bunday agent sifatida natriy karbonat tanladik. Tajribalarda bo’yash va gul bosishga tayyorlash eritmasidagi soda konstentratsiyasini matoning kapillyarligiga ta’siri o’rganildi. Natriy karbonat miqdori quyidagicha tanlandi, g/l: 2, 6, 10, 14; SAM miqdori o’zgarmas 2 g/l, T =95 0 C, qaynatish vaqti 60 min tashkil etdi. Olingan natijalar 3.1-rasmda keltirildi. Kapillyarlik matoning tanda iplari yo’nalishida o’lchandi.
51
Izоh: b.m. –C= Na 2 CO 3 – 3g/l, 3.1– rаsm. Aralash tolalar kapilyarligining Na 2 CO3 konsentratsiyasiga bog’liqligi 1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron.
Olingan natijalarni tahlili asosida qaynatish eritmasidagi soda miqdorini 5 g/l qilib tanladik, chunki bunda o’rganilgan SAM li eritmalari ta’sirida yetarli darajadan ortiq kapillyarlikka erishildi. Keyingi tajribalarda o’zgarmas 5 g/l li soda olib, SAM (metaupon, sulfonol) konstentrastiyasini mato oqligiga ta’siri o’rganildi.
3.2-rasm. Namunalarning оqlik dаrаjаsining Na 2 CO 3 konsentratsiyasiga bog’liqligi 1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron. SAM konstentrastiyasi ortishi bilan mato kapillyarligi ham ortib bormoqda, lekin kapillyarlik me’yorini (h =130mm/soat) inobatga olib, hamda iqtisodiy nuqtai nazaridan ham SAM konstentrastiyasini oqlik darajasiga ta’siri bo’yicha ko’rinib turibdiki 79,8 % ni tashkil etdi.
52 Oq holatda yoki gul bosilgan holatda ishlab chiqariladigan aralashma matolarning oqlik darajasini oshirish tanlangan qaynatish eritmasi tarkibiga vodorod peroksid qo’shishni taklif etdik. Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, qaynatish eritmasidagi peroksid matoning kapillyarligi va oqligiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Vodorod peroksid konstentrastiyasini SAM eritma uchun 1,5 g/l deb tanladik, bunda matoning oqlik darajasi 83 % gacha ko’tarildi. 3.2. Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash texnologiyasi Yangi assortimentlarni yaratish asosan tolalar aralashmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda kelib chiqishi, fizik-mexanikaviy va kimyoviy xossalari bo`yicha bir-biridan keskin farqlanadigan tolalardan aralashma mahsulot komponentlari sifatida foydalanish o`ta talabchan xaridorni ham qoniqtirishi mumkin, lekin bunday aralashmani pardozlash jarayoni murakkab hisoblanadi. Tarkibida tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmasi bo`lgan assortimentli mahsulotlar o`ziga xos pardozlash jarayonlarini talab etadi. Hozirgi kunda bunday aralashmani bo`yash va gul bosishga tayyorlashning optimal sharoitlarini yaratish muhim vazifa hisoblanadi. Dunyo tajribasida to`qimachilik mahsulotlarini aralash tolalardan tayyorlashda quyidagi tarkiblar keng qo`llaniladi: Paxta-lavsan, Paxta-viskoza, paxta-poliakrilonitril, jun-poliakrilonitril, Paxta-kapron, lavsan-zig`ir tola, jun-lavsan, jun-kapron, lavsan-paxta. Respublikamizda poliakrilonitril - nitron tolasini ishlab chiqarilishi, hamda undan ratsional foydalanish davlatimizning ustivor vazifalaridan biridir. Nitron tolasini ishlatilish sohasini kengaytirish maqsadida uni modifikatsiyalash va boshqa tolalar bilan aralashma mahsulotlarning komponenti sifatida foydalanish vazifani yechimi yo`llaridan biridir. O`zbekiston Paxta va tabiiy ipak tolalarini ishlab chiqaruvchi davlatlar qatorida turadi. Bu tolalardan olinadigan mahsulotlarning sifatlarini
53 yaxshilash, hamda xizmat qilish muddatini cho`zish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Tabiiy ipak chiqindilarini chet elga eksport qilishdan uni Respublika to`qimachilik sanoatida qo`llash orqali xaridorgirligini oshirishga, hamda undan foydalanish sohasini kengaytirishga erishiladi. Nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari eritmasi bilan modifikatsiyalash orqali tolaning gigroskopligi, elastikligi, sorbsion xossalari yaxshilanadi, elektrlanishi kamayadi. Tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasini nafaqat kation bo`yovchi moddalari bilan, balki bir qator anion bo`yovchi moddalar bilan bo`yash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu esa o`z navbatida bunday toladan Paxta tolasi bilan birgalikda aralashma mahsulot ishlab chiqarishda qo`llash imkonini beradi[36]. Paxta-nitron tolalari aralashmasidan iborat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni bo`yash va gul bosishga tayyorlash, bo`yash hamda gul bosish jarayonlarini o`rganishga ko`pgina ishlar bag`ishlangan bo`lib, bu ishlarda aralashma mahsulotlarni bo`yash uchun bo`yovchi aralashmasi va bir sinfga mansub bo`yovchi modda taklif etilgan. Mazkur magistrlik ilmiy ishida nitron xususiyatini tabiiy tolanikiga yaqinlashtirish maqsadida tola tabiiy ipak chiqindisi eritmasi bilan modifikatsiyalandi va uning ishlatilish sohasini kengaytirish yo`lida modifikatsiyalangan nitron tolasi bilan paxta aralashmasidan yangi turdagi assortimentlar yaratilib, ularni pardozlash muammolari o`rganildi. Paxta tolasini bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchli ishqoriy sharoitda olib boriladi. Lekin bu sharoitda nitron tolasi destruktsiyaga uchraydi va uning modifikatori tabiiy ipak ham yuqori haroratda, ishqoriy sharoitda erib ketadi. Shunga ko`ra, Paxta va modifikatsiyalangan nitron tolalari aralashmasidan iborat yangi assortimentdagi mato namunalarini bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchsiz ishqoriy va kislotali muhitda olib borildi. Oqartirish jarayonida vodorod pereoksidning stablizatori sifatida arzon, ekologik toza, kam silikatli stablizator ishlatildi. Aralashma
54 tarkibidagi har bir komponentni kimyoviy reagentlarga bo`lgan ta`sirini o`rganish maqsadida tajribalarni birinchi bosqichi quyidagi kalavalar ustida olib borildi: - tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasi; - Paxta + modifikatsiyalangan nitron; - Paxta+nitron - ipak;
- Paxta; - nitron. Nitron tolasi modifikatori tabiiy ipakni, aralashmani bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayonidan so`ng, saqlanib qolganligini aniqlash maqsadida barcha kalava namunalari azot kislotasi eritmasiga solindi. Olingan natijalar 3.1- jadvalda keltirilgan. Jadval 3.1. Azot kislotasi eritmasini tola rang intensivligiga ta`siri Namunalar Rang intensivligi, K/S Modifikatsiyalangan nitron 2 Paxta / modifikatsiyalangan nitron 1,7 Paxta+nitron 0 Ipak
15 Paxta
0 Nitron
0
Jadvaldagi ma`lumotlardan ko`rinishicha nitron tolasi 0,5% li tabiiy ipak chiqindisi (TICH) eritmasi bilan modifikatsiyalanganda ham tolaning rang intensivligi o`zgarar ekan. Aralashma mahsulot tarkibida Paxta tolasini borligi hamda asosiy yog` va yog` birikmalari, azot moddalar, tabiiy rang pigmentlari Paxta tolasida bo`lishini inobatga olib aralashmani bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayonini ip-gazlamalarni shu jarayonlarga tayyorlash kabi olib
55 borish maqsadga muvofiq keladi. Shu bilan birga ma`lumki, ishqor eritmasida (3-5% li) tabiiy ipak erib ketadi. Modifikatsiyalangan nitron tolasi tarkibidagi tabiiy ipakni ishqor ta`sirida aralashma tarkibida saqlanib qolishini tekshirish maqsadida nitron, TICh bilan modifikatsiyalangan nitron, hamda tabiiy ipak tolalari 3 % li NaOH eritmasida qaynatildi va eritmaga qo`rg`oshin atsetat solindi. Bunda tabiiy ipak NaOH ta`sirida darhol erib ketdi va qo`rg`oshin atsetat solingach oq cho`kmalar hosil bo`ldi. Nitron tolasi sarg`ayib ketdi (K/S=18) va cho`kma hosil bo`lmadi. Modifikatsiyalangan nitron tolasining rangi yanada intensivroq (K/S=36) bo`lib, bunda qo`rg`oshin atsetat solingach eritmada cho`kma hosil bo`lmadi. Demak, bundan nitron tolasi TICh bilan modifikatsiyalanganda oqsil va nitron orasida mustahkam kimyoviy bog`lar vujudga kelishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. Ma`lumki yigirish jarayonida hamda mato va trikotaj polotnolarini tayyorlashda iplarga ohorlovchi moddalar surtiladi. Pardozlashda esa ohorsizlantirish jarayoni olib boriladi. Ohorsizlantirish jarayoni ishqoriy va kislotali muhitlarda olib borilishi mumkin. Ishqoriy muhitda nitron va modifikatsiyalangan nitron tolasini sarg`ayib ketishini inobatga olgan holda namunalar kislotali sharoitda ohorsizlantiriladi. To`qimachilik mahsulotlarini oqartirish uchun vodorod peroksiddan keng foydalaniladi. Vodorod pereoksid bilan ishqoriy va kislotali muhitlarda oqartirish jarayonni olib borish mumkin, yuqorida keltirilgan mulohazalar asosida oqartirish jarayoni kislotali muhitda olib borildi. Mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayoni uch yo`l bilan, ya`ni faqat ohorsizlantirish, faqat oqartirish, oldin ohorsizlantirish so`ng oqartirish ketma-ketligida olib borildi.[46] Qaynatish-oqartirish jarayonlari bir vannada olib boriladi. Ma`lumki, bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayonlarining sifati
kapillyarlik, oqlik
darajasi va
uzilishdagi mustahkamligi orqali baholanadi. Olingan natijalar natijalar shuni ko`rsatadiki, ya`ni to`qimachilik mahsulotlarini kislotali usullarda tajribalar
56 olib borilganda yetarli miqdordagi oqlik darajasiga erishildi. Yuqoridagi tajribalarning natijalari 3.2 — jadvalda keltirilgan.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling