Buxoro davlat unverseti iqtisodyot va turizm fakulteti 3-1agb talabasi Nematullayev Hasanboyni Birja fanidan tayorlagan mustaqil ishi
Download 79.27 Kb.
|
1 2
Bog'liqBuxoro davlat unverseti iqtisodyot va turizm fakulteti 3-1AGB
Buxoro davlat unverseti iqtisodyot va turizm fakulteti 3-2AGB-21 talabasi Nematullayev Hasanboyni Birja va rieltorlik fanidan tayorlagan mustaqil ishi.
Risk vaziyatlarida boshqaruv masalalari bo‘yicha manbalar ro‘yxati va mahalliy adabiyotda uni baholash darajalari anchayin qashshoq, fundamental tadqiqotlar deyarli yo‘q. Uzoq vaqt mobaynida mamlakat xalq xo‘jaligini asosan ekstensiv rivojlantirishga mo‘ljal olish, boshqaruvning haddan tashqari yuqori markazlashuvi, boshqaruvning ma’muriy usullari hukmronligi noaniqlik va riskni hisobga olish masalasini qo‘yishga imkon bermagan. Bundan tashqari, “taqchillik iqtisodiyoti”da tadbirkorda risk qilish, mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga xohish va qiziqish bo‘lmagan. Bundan xo‘jalik va ijtimoiy risk muammosiga barqaror qiziqish yo‘qligining sabablari tushunarli.Risklar muammosiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadqiqotchilar o‘rtasida tadbirkorlik riski ta’rifiga nisbatan yagona fikr mavjud emas. Bugungi kunda risk mohiyati bo‘yicha bir ma’noli izoh yo‘q. Bu, xususan, ushbu atamaning ko‘p qirrali ekanligi, xo‘jalik qonunchiligimiz tomonidan real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida deyarli to‘liq inkor etilishi bilan izohlanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, risk – ko‘plab ustma-ust tushmaydigan, ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo‘lgan murakkab hodisadir. Bu turli xil nuqtayi nazardan riskning bir nechta ta’rifi mavjud bo‘lishi ehtimolini yuzaga keltiradi. Riskning ko‘plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi.
Download 79.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling