Buxoro davlt universiteti tarix va yuridik fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo


Italiyadagi milliy ozodlik harakatida ikki yo`nalishli kurash


Download 120.88 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi120.88 Kb.
#1633120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
og\'a

1.3. Italiyadagi milliy ozodlik harakatida ikki yo`nalishli kurash
Mamlakat birlashtirilgandan keyin dexconlarning yana ham kuproq xonavayron bulishiga boshgqa hodisalar ham: qattiq soliq zulmi, sudxo`rlarning hujumga o`tganligi, agrar krizislarning dehqonchilikni vayron qilganligi ham sabab bo`ldi. G`azna 1873 yildan 1881 yilga qadar 61831 mayda er uchastkalarini soliq to`lamaganliklari uchun musodara qildi. Dehqonlarning mulklarini puldorlar (agrar burjuaziya va banklar) foydasiga ekspropriaciya qilish hodisalari bundan ham ko`proq avj olib ketdi.
Bir parcha eri bor dehqon xo`jaliklarining emirilishi, dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi yirik burjuaziya er mulklarining tobora kengayib borish protsessining teskari to-moni edi. Er tobora kuproc kapital z^ukmronligi ostiga kirib bordi. Kishlokda tovar-bozor munosabatlari tobora keng su-ratda kirib bordi, bu esa dezdonlarning taba^alanishini ku« chaytirib yubordi, dezdonlar orasidan yangi badavlat zamindorlar tabakasi ajralib chiqdi. Shu bilan birga, juda katta qishloq xo`jalik va sanoat proletariatidan iborat rezerv ar­miya vujudga keldi.
Nimkorlar, kolonlar, batraklar shafqatsizlik bilan eks­pluataciya qilinardi, ular orasida kasallik va o`lim kuchayib ketgan edi, dehqonlar butunlay deyarli savodsiz edi (1871 yilda Italiya aholisining 70 procenti, janubdagi axolining esa hatto 80 procentidan oshig`i savodsiz edi)—dehqonlarning ahvoli ayniksa mamlakat janubida ana shunday edi. Shunday qilib, qishloqdagi kapitalistik islohotlar protsessi mamlakatni industrlash uchun zamin tayyorlagani holda, bu protsessning sekin borganligi, tugal emasligi, juda ko`p xalq ommasining turmushi qashshoqligi natijasida ichki bozor torayib ketdi, demak, Italiyaning sanoat jihatidan rivojlanishiga to`sqinlikqildi.
Mamlakat birlashtirilgandan keyingi dastlabki davrda sanoat avval boshdanoqdavlat yordamida va chet el kapitaliga suyanib, sekinlik bilan va notekis rivojlanib bordi. Temir yo`l qurilishi bundan mustasno edi, chunki u kapital solish va kapital jamg`arish jixatidan eng foydali soxa edi. Temir yul qurilishi keng quloch otib ketdi: 1875 yilga borib temir yullarning uzunligi 7675 kilometrga yetdi, holbuki 1859 yilda bor-yugp 1707 kilometr edi. Bu narsa mahalliy bozorlarning bog`liqligni tugatishga va dehqonchilikdagi yarim natural formalarnikg barbod bo`lishiga yordam berdi.
Savdo floti qurish keng avj olib ketdi, chunki uni hukumat rag`batlantirib turdi: uning tonnaji 1862 yildagi 10 ming tonnadan 1877 yilda 1 million tonnaga yetdi, shunday qilib, Italiya savdo floti dunyoda uchinchi uringa chiqib oldi.
1870—1880 yillarda ikki tunnel` — Mon-Seni va Sen-Gotard tunnellari qurildi, ular Italiyani Fransiya va Shveycariya bilan bogladi, Italiyaning G`arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan savdosining rivojlanishiga yor­dam berdi.
Kon sanoati juda zaif rivojlanib bordi, oltingugurt qazib chiqarishgina ancha o`sdi. Sanoatdagi o`zgarish to`qimachilik sanoatida, garchi miqyosi jixatidan uncha katta bulmasa xam, anchagina uzgarishga sabab bo`ldi. Ipak gazlama sanoatida 1874 yili 12 ming dona qo`l bilan ishlatiladigan va 665 dona mexanik -tukuv stanogi (Lion ipak gazlama sanoatnda bundai stanoklarning soni 5 milliontaga etgan edi) va 2 millionga yaqin urchuq bor edi; ip gazlama sanoatida 1863 yili 400 ming urchuk bulgan bulsa, endi ulariing soni 750 mingga etgan edi; jun gazlama sanoatida urchuklar soni 300 mingga etgan edi. Ipakli buyumlar ishlab chiqarish tez rivojlandi. Bu sanoatning bir qancha tarmoqlarida 70- yillar oxiriga borib fabrikalar bunyodga kela boshladi. Tudimachilik sanoatining boshqa tarmoqlarida tarqoq manufaktura hukmronligi davom kilaberdi.
Mashinasozlik yangi kuch bilan rivojlanib ketdi; temir yullar curilishi, kemasozlik materiallari va harbiy materiallarga davlat tomonidan zakazlar berilishi sanoatning bu tarmogini rivojlantirishga yordam berdi.
Umuman olganda Italiya sanoati rivogklanish darajasi jihatndan ilgor kapitalistik mamlakatlardan xali ancha oreada kolib kelayotgan edi. «Unglar» hukumatlarining zur berib yurgizibkelayotgan erkin savdo siyosati burjua fritrgderchiliklashgan va kishloq xo`jalik mazhsulotlarini Chet ellarga chikarib turadigan pomeshchiklarning manfaatlariga shuningdek, keng savdo burjuaziyasi doirasining manfaatlariga muvofiq edi.
Italiyaning tashki savdo oboroti birlashishdan oldin 1 milliard lira bo`lgan bulsa, 1876 yilda «o`nglar» siyosati na­tijasida 3,5 milliard liraga yetdi; Italiya fakat Yevropa kit`asi bilan emas, Amerika kit`asi bilan ham juda qizg`in savdo-sotiq qilib turdi. Italiya importining kattagina qismini xom ashyo va uskunalar, shuningdek, tayyor maxsulot va yarim fabrikatlar tashkil kilardi.
«Erkin savdo» davrida Italiyani to`ldirib yuborgan chet el mahsulotlari — Fransiyadan, Angliyadan keltiriladigan arzon mahsulotlar xonaki ishlab chiqarishning barbod bo`lishini tezlashtirdi, ayniqsa janubda manufaktura poziciyalariga putur etkazdi Bu bilan chet davlatlar konkurenniyasi Italiya­ning industriya jihatidan rivojlanishi uchun ob`ektiv suratda zamin hozirlab berdi: bu konkurenciya sanoat ishlab chiqarishining qoloqroq tashkiliy shakllarini barbod qilish bilan birga, kuchliroq va iqtisodiy jihatdan barqarorroq shimol fabrikantlarini o`z korxonalarini yangi texnika bilan jihozlash va shu yul bilan o`z poziciyalarini mustahkamlashga majbur qildi.
Lekin bu protsesslarning okibat natijalari birdaniga namoyon bulmadi. Dastlabki vaqtlarda mamlakatga keng miqyosda kirib kelayotgan ajnabiy tovarlardan milliy sanoat anchagina zarar ko`rdi. Lion ipak bugomlar`l konkurenciyasi ayniqsa og`ir ta`sir qildi. Ko`pgina ital`yan firmalari, ayniqsa, shoyi va ip gazlama fabrikalariiiig vakillari o`z mahsulotlarini sotishda katta-katta qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini aytib shikoyat qilishdai aslo tinmay qoldilar; «erkin savdo» siyosati ichki bozorni o`z qo`liga kiritib olishda ularga to`sqinlik qildi.
«O`nglar» hukmronligining o`n yili mobaynida yuz bergan iqtisodiy va ijtimoiy siljishlar natijasida mamlakatda yangi ichki siyosiy holat yuz berdi. O`ngdan, ayniksa so`ldan hukumatga oppoziciya kuchaydi.
Reakcion feodal kuchlar, katoliklar cherkoviningfutfusi bilan yangi tartiblarga dushmanlik ko`zi bilan qarashlaridan voz kechmadilar. Papa dunyoviy hokimiyatining ag`darilishini ham, cherkov yerlarining sekulyarizaciya qilinishini ham, 40853 diniy jamoaning bekor qilinishini ham cherkov kechib yuborishi mumkin emas edi. «O`nglar» Vatikan bilan kelishib olish payida bo`lib, cherkovni idora qilishda papaga to`la erk bergan «garantiyalar» qonunini (1871 yil) palata tasdig`idan o`kazib oldilar. Bu qonun Vatikanning daxlsizligini, papaning kurolli gvardiya sak,lash va chet davlatlar bilan diplomatik munosabatlar urnatish xukucini e`tirof qilgan edi. Ital`yan davlati har yili papaga 3225 ming lira subsidiya tulab turishi lozim edi. Katoliklar dini «davlatda birdan-bir din» deb e`lon qilingan edi. Lerin bu yon berishlar papani qanoatlantirmadi. Papa Fransiya, Avstriya, Germaniyaning klerikal doiralariga suyanib, Italiya davlatiga qarshi diplomatik fisk-fasodlarini davom qildira berdi, mamlakat ichida aholining katoliklar ommasini, ayniqsa janub dehqonlarini yangi hokimiyatga qarshi qo`zgatishga harakat qildi. 1874 yilda papa tomonidan tasdiqlangan «non exredit» («ruxsat yo`k») degan prin­cip ham uning mana shu niyatiga xizmat qildi, bu princip 1871 yilda o`rtaga qo`yilib, dindor ital`yanlarning parlament saylovlarida qatnashuvini taqiqlagan edi.
Lekin «o`nglar» hokimiyatiiing tobora zaiflashib borishining asosiy sababi — mamlakatda oppoziciyachilik harakatining kengayib borayotganligi edi. Bu harakat hukmron blokning ikdisodiy va siyosiy faoliyatidan ma`lum darajada zarar ko`r­gan turli ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan edi.
«O`nglar»hukmronlikqilganyillardamulkdor sinflarningturli frakciyalari o`rtasidagikuchlarnisbatio`zgardi.Spekulyantlik operatsiyalarida boyib olgan moliya korchalonlari va yirik savdogarlar, zamindor kapitalistlar va yosh sanoatchi bur­juaziya tobora kattaroq rol` o`ynay boshladi. Ana shu yangi ijtimoiy gruppalarning hammasi iqtisodiy yo`lni o`zgartirishdan o`zlarini qisib qo`ygan «qat`iy tejab-tergash» danva«erkin savdo» danvoz kechishdan manfaatdor edilar; ular burjualashgan pomeshchiklar va zamindor burjuaziyaning siyosiya jihatdan ustunligiga ortik. chidab yuraverishii xohlamasdan, davlatni idora qilishda kengroq qatnashish uchun kurash olib bordilar. «So`llar» ana shu yangi gruppalarning manfaatlarini tobora qat`iyroq ifoda qiladigan bo`ldilar.Mamlakatni birlashtirish uchun kurash natijalarini ko`rib hafsalasi pir bo`lgan shahar va qishloqdagi mayda va o`rta burjuaziya ko`proq radikal talablarni o`rtaga qo`ya boshladi. Bu burjuaziya «so`llar»ni qo`llab-qo`ltiqlab, ularning salmog`i va kuchini oshirib yubordi. Mayda burjuaziyaning ilgor elementlari demokratlar va respublikachilarning kadrlari bo`lib, ular yangi hukumatning solik, zulmiga va byurokratik centralizmiga qarshi, antidemokratik saylov sistemasiga qarshi, yaqinginada ichki va tashqi dushman bo`lgan feodal-dvoryanlar, Vati­kan va Avstriya bilan bitim tuzish va yon berish siyosatiga qarshi qat`iy bosh ko`tarib chiqdilar.
Xalq orasidagi chuqur norozilik tobora kuchaydi. Qishloqdagi, ayniksa sinfiy kurasho`tkir dramatik tusga kirgan mamlakat janubidagi darg`azablik qishloqni larzaga keltirdi. Dehqonlar yaqiginadagi qonli ta`qiblarga qaramasdan, er uchun jamoa yerlarining zurlik bilan tortib olinishi va yangi mulkdorlarning Zulmiga qarshi kurashni davom ettirdilar. Bu kurash 1871 yilda ayniqsa keskin tus oldi, dehqonlarning g`alayonlari faqat janubga va Lacio viloyatigagina tarqalmasdan, shimol qishloqlariga ham etib bordi. Polezina, Andria tumanlarida dehqonlar ilgarigi jamoat huquqlarining bekor qilinishiga qarshi qo`zg`olon ko`tardilar. Ojonoda (Komo tumanida) hatto qo`uzg`olonlarni bostirish uchun yuborilgan qo`shinlar bilan qo`zg`olonchilar o`rtasida to`qinishlar bo`ldi. Undan keyingi yillarda er uchun kurash bir qadar susaydi, lekin soliqlarga qarshi va birinchi navbatda hammaning joniga tekkan tegirmon solig`iga qarshi harakat yangi kuch bi­lan avj olib ketdi. 1876 yilda fiskalga qarshi g`alayonlar shu darajaga yetdiki, bu g`alayonlar mamlakat ichki siyosiy hayotidagi eng muhim muammolardan biri bo`lib qoldi.
Iqtisodiy jihatdan ko`proq rivojlangan tumanlarda yangi kurash shakllari paydo bo`ldi: 70- yillarda qishlok xo`jalik ishchilarining dastlabki ish tashlashlari bo`lib o`tdi, bir ozdan keyin qishloq proletariatining dastlabki uyushmalari ham paydo bo`ldi.4 Ishchilar harakati ijtimoiy hayotning yangi va toboramuxim omilibo`lib qoldi. Mamlakatning birlashtirilishi ishchilar sinfi kurashining rivojlanishi uchun umummillat zaminini yaratib berdi. Kapitalistik munosabatlarning o`sishi bilan ishchilar sinfining tarkibi ham o`zgara boshladi. Demak, ishchilar sinfi kurashinnng siyosiy yo`li va tashkiliy shakllari ham o`zgara boshladi. Ishchilar sinfi saflariga proletarlashayotgan dehkonlar ommasi qo`shilib turdi. Sekin-asta sanoat proletariati vujudga kela boshladi. Lekin tarqoq manufakturadagi ishchilarga nisbatan (bu ishchilarning ko`pchiligi xotin-qizlar va bolalar edi) va proletariatning ko`pdan-ko`p hunarmand kategoriyalariga qaraganda sanoat proletariatining salmog`i hali uncha katta emas edi.
Ana shu xilma-xil ishchilar ommasi juda qattiq kapitalistik ekspluataciya zulmi ostida ezilib yotgan edi. Xonavayron bo`layotgan qashshoqlik vujudga keltirayotgan juda katta rezerv armiyasi korxona egalariga ish haqini tirikchilik minimumiga tushirish, ish kunini— metallurgiya va mashinasozlik sanoatida 11 —12 soatga, tuk,imachilik sakoatida esa 13 va hatto 16 soatga etkazish imkoniyatini berdi. Shtraf solishlar, lo­kaut e`lon qilishlar, boshqa diskriminaciya va majbur kilish choralari oddiy hodisa bo`lib qoldi. Fabrikantlarnnng bu chidab bo`lmas zulmiga javoban ishchilar ish tashlash harakatini keskin kuchaytirib yubordilar. 1871 yilda 26 stachka ruyxat qilingan bo`lsa, 1872 yilda 64 stachka, 1873 yilda esa 103 stach­ka bulganligi ruyxat qilindi. Kurashda hali stixiyachplik ta`siri kuchli edi. Proletarlar safiga kelib quyulayotgan kechchgi dehqonlar kurashga isyonchilik g`azabi va norozilik ruhini ham olib keldilar. Qisman o`z sinfidan aloqasini uzgan va mayda burjua ideologiyasi namoyandasi bo`lgan ko`p sonli intelligenciya gruppalari ham ishchilar harakatiga ancha ta`sir qildi. Ishchi­lar harakatidagi madzinizmning uzil-kesil halokatga uchrashi ana shu vaziyatda yuz berdi, Parij Kommunasi ta`sirya ostida bu halokat tezlashdi. Parij kommunarlarining kurashiga Madzinining ters munosabatda bo`lganligi ital`yan ishchilarini bu harakatdan chetlashtirib qo`ydi.
70- yillarning boshida Italiyada ishchilar harakati I In­ternacional bayrogi ostida harakat qilgan Bakuninning anarxistlik targ`ibotlari ta`siri ostiga tushib koldi. Ularing Internacional sekciyalari deb e`lon qilgan tashkilstlarniig ko`pchiligi bakuninchilik ideologiyasiga asir bo`lib qoldi (bu erda gap, asosan, mamlakatning janubiy va markaziy tumanlaridagi sekciyalar ustida boradi).
Bakunikchilar ishchilar harakatining eng zarur ehtiyojlariki bilmaganliklari, ish tashlashlar tashkil etishning hamiyatini tushunmaganliklari, real sharoit bilan hisoblashmaganliklaridan Italiyada butun hatti-harakatlarini qo`zgolonchilyarniig qurolli chiqishlarini tayyorlashga qaratdilar. Ular ikki marta - 1874 yilda Boloniya tumanida va 1877 yilda Benevepto rayonida - dehqonlar qo`zg`olonini ko`tarishga urindilar, lekin ikkala safar ham tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Bu nojuya chiqishlar Internacional sekciyalariga qarshi hukumatning ta`qib choralarini kuchaytirib yubordi va Italiya proletariatining revolyutsion kurashiga rahbarlik qilish bakuinchilar qo`lidan kelmasligini uzil-kesil aniqlab berdi. Ita­liyada bakunizm ta`sirining pasayib ketishiga boshqa muhim sabablar ham yordamlashdi. 70-yillar oxiriga bo`rib Ita­liya ishchilar harakatining markazi shimolga ko`cha boshladi.
Asl proletar elementlar, ayniqsa sanoat ishchilari burjuaziya orasidan chiqqan anarxist hamrohlardan tobora ustun kela boshladilar. Ishchilar harakati ichidan g`oyaviy jihatdan anarxistlardan farq qiladigan gruppalar ajralib chiqa boshladi. Bular o`rtasida eng kattasi «Plebe» gruppasi edi. Bu gruppa Lombardiyada shunday nom bilan chiqadigan jurnal atrofida paydo bo`lgan edi.
Mamlakatda deyarliumumiy norozilikengcho`qqisigaetganbirdavrda «so`llar» gruppasi boshchilik qilaetgan burjua oppoziciyasining ta`siri tez kuchayib bordi. Bunga bir qancha holatlar yordam berdi: «so`llar» qulay fursatdan foydalanib, xalq o`rta­sida mashhur bo`lgan, kderikallarga k,arshi caratilgan demokra­tii talablariui o`rtaga cuyib, hukumatga qarshi qat`iy hujum olib bordilar. Parlamentdava parlamentdantashqarida bu gruppa soliq ishlarini radikal suratda reforma qilish, saylov cenzini pasaytirish, provinciyalarning ma`muriy huquqlarini kengaytirishni tobora qattiqroq yollabchiqdi,cherkovningdavlat ishlariga aralashishi masalasida «o`nglar»ning nurosasozlmk qilayotganligini qattik tanqid qildi. Bu gruppa bir amayalab xokimiyat tepasiga chiqib olish uchun demagoglik kilib va`dalar berishdan x,am toymadi. «So`llar»ning mamlakatdagi yutuqlariiing yana bir sababi shu edikimayda burjuademokratlar va respublikachilar ommaning harakatiga mustaqil rahbarlik qila olmaganliklaridan siyosiy tashabbusning shu so`llar qo`lida saqlanib turishiga va ularning umumxalq talablarining jarchisi va himoyachisi sifatida harakat qilishiga imkon berib qo`ydilar.
«So`llar»ningsiyosiyhokimiyatuchunolibborgankurashining so`nggi bosqichi temir yo`llarni idora qilishni davlat qo`liga topshirish tug`risidagiqonun loyihasiningmuhokamasimunosabati bilan palatada bo`lgan to`qinish bo`ldi. «So`llar»nsh deputatlari korxona egalarining tashabbuskorlikdaerkin b lishlarinp himoya qilib, davlat qonunloyihasini qat`iyrg kildilar. So`ngra, 18 martda, oppoziciya palataga bir rezolyuciya taqdim kildi, bu rezolyuciyada tegirmon solig`i olish praktikasi qoralangan edi. Hukumatishonch masalasini qo`ygan edi. 242 ovozga qarshi bor-yo`g`i 181 ovoz olib mag`lubiyatga uchradi. Ikki kun o`tgandan keyin hukumat iste`fo berdi, uning o`rniga Depretis boshliq «so`llar»hukumati keldi.
Shunday qilib, hukmron sinfning turli frakciyalari o`rtasida hokimiyat uchun olib borilgan kurash hukumatni konstitutsiya yo`li bilan shunchaki almashtirish asosida hal bo`la qoldi. Italiya adabiyotida «parlament revolgotsiyasi» deb nom olgan 1876 yil 18 mart voqealari iatijasida «o`nglar» siyosiy maydondan uzil-kesil chiqib ketib, hukmron sinfning boshqa siyosiy gruppasiga o`z o`rnini bo`shatib berdi.5
«So`llar»hokimiyattepasigakelgandankeyin o`z rejalariva asl maqsadlarijuda Transformizmcheklanganligini darrov kura koldi. Bu gruppaning dastlabki hukumatlari oppoziciya tomonidan vaqtidava`da qilingan choralardan bir qanchasini amalga oshirishga majbur bo`ldi. Ular klerikallarga qarshi ko`proq qat`iyat bilan ish olib bordilar (dunyoviy maktab to`g`risida qonun chiqarildi, grajdanlar nikohi rasm qilindi va hokazo). 1879 yilda majburiy boshlang`ich (uch yillik) ta`lim tug`risida dekret chiqarildi, lekin bu dekret ko`proq rasmiy deklaraciya bo`lib qoldi; xalqning nafratiga uchrab kelgan te­girmon solig`i oradan bir yil o`tgach bekor qilindi, lekin qand solig`i, vino solig`i va boshqalar oshirildi.
Nihoyat, 1882 yilda Demokratlar ligasining keng ko`lamda olib borgan kampaniyasi ta`siri ostida (bu kampaniyadaGaribal`di ishtirok qilgan edi) saylov reformasi o`tkazildi, bu reforma saylovchilar sonini 600 mingdan 2 million kishiga etkazdi, lekin bu 2 million ham grajdan aholining faqat 6.7 foizni tashkil qilardi. Shunday qilib, «so`llar»ning hokimiyat tepasiga kelishi burjua rejimining ommaviy-ijtimoii bazasini ba`zi bir jihatlardan sal-pal kengaytirdi. Lekin so`llar» biron radikal islohotlar o`tkazishni xohlamadilar. G`alaba qilgan kapitalistik guruhlar hammadan ko`proq ijtimoiy larzalardan dahshatga kelib, qat`iy suratda mulkdor sinflarning boshqa frankciyalari bilan, shu jumladan, yarim feodal tipdagi pomeshchiklar va janubdagi tekinxo`r zamindor burjuaziya bilan kompromiss tuzish yo`lidan bordilar. Ular eng konservativ ijtimoiy kuchlar bilan kompromiss tuzishni uz hukmronliklarini mustahkamlash va Janubiy Italiya bilan Orollar Italiyasidagi «isyon ko`targan» dehqonlar ommasini jilovlab turish uchun eng to`g`ri yo`l deb bildilar. Shimoldagi sanoat burjuaziyasi bilan janubdagi yirik zamindorlariuing o`ziga xos sinfiy ittifoqi ana shu zaminda yuzaga kela boshladi, bu ittifoq Italiya burjua davlati hukmron doiralariniig kelajakda yurgizadigan siyosatini (qishloqda feodalizm sarqitlarini saqlab qolish, mamlakatni idora qilishda reakcion forma va metodlarga intilish siyosatini) ko`p jihatdan belgilab bergan edi.
Bu sinfiy siljishlar siyosiy hayotga o`zining alohida ta`sirini ko`rsatdi: birlashishdan ilgariyoq boshlangan «transfor­mizm» protsessi (ya`ni ma`lum oppoziciyachi siyosiy arboblar va gruppalarning mu`tadil konservativ poziciyalarga o`tishi) XIX asrning oxirida juda kuchayib ketdi. «So`llar» bilan «o`nglar» o`rtasidagi farq tobora yo`qola bordi. Italiya uchun xarakterli bo`lgan siyosiy sistema vujudga kela boshladi, bu sistema vaqtida ijtimoiy hayotda katta va kuchli partiyalar emas, balki ko`pincha, gruppa yoki mahalliy manfaatlarni aks ettirgan va bir-birining o`rnini olib turgan turli parlament bloklari muhim rol` uynadi.
Ikkinchi tomondan, o`nglashgan «so`llar» dan demokratii elementlar ajralib chiqdilar. 1878 yilda radikal partiya paydo bo`ldi, bu partiya bundan buyon respublikachilar partiyasi bilan bir qatorda yangi deputatlar palatasida «o`taketgan so`l­lar» oppoziciyasi degan nom oldi.
Hukmronlar lagerida kuchlarning qayta gruppalanishimamlakatiktisodiyxayotigaham iqtisodiy siyosatidagidarhol ta`sir qildi. «qat`ii tejab-tergash» uzgarishlar o`rniga davlat yo`li bilan keng miqyosda kapital solish va foydali zakazlar berish, kata-kattasubsidiyalar va engilliklar berish boshlanib ketdi, bulardan sanoat va bank korchalonlari foydalandilar. Bu gruppalarning manfaatini ko`zlab, «erkin savdo» dan sekin-sekin protekcionizmga o`tish boshlanib, 1887 yilda protekcionizm tamomila qaror topdi. Mamlakatda misli ko`rilmagan darajada binokorlik ishlari avj oldi va bank firibgarligi davri boshlanib ketdi. Juda tez sur`atlarbilantemiryo`l qurilishi avj oldi, temir yullar 1875 yildagiga nisbatan ikki marta ko`paydi. Uy-joy qurilishi juda rivojlanib, misli ko`rilmagan spekulyantlik mojarolari boshlanib ketdi. Nihoyat, yirik sanoat ishlab chiqarishi uchun negiz qurila boshladi.
Ana shundaysun`iy«ravnaq»sharoitidayirikital`yan burjuaziyasiningmilitaristik,bosqinchilikintilishlariro`yobga chiqa boshladi, monarxiya bilan harbiylar ham bu intilishlarni qo`llab-qo`ltiqladilar. Urush maqsadlari uchun, harbiy dengiz floti qurilishi uchun katta-katta mablag`lar ajratilishi tashqi siyosatda ham o`z aksini topgan bu yangi tendenciyalarning namoyon bo`lishi edi.
1878 yildagiBerlin kongressiItaliyaning zaifligini, diplomatiya sohasida uning yakkalanib qolganliginiko`rsatdi.Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gercegovinaniokkupaciya qilishigaqarshiItaliyaningbildirgannoroziliklaribuyuk davlatlarga hech qanday ta`sir qilmadi, ayniqsa uning «tegishli kompensaciya» berilsin degan talablariga hech nim z`tibor ham bermadi.To`g`ri,Germaniya diplomatiyasiItaliyaning Tunis to`g`risidagi da`volarini qo`llashga va`da berdi, lekin bu Italiyani Fransiyaga qarshi gij-gijlash niyatidagina berilgan va`da edi, chunki Fransiyaga ham xuddi shunday va`da berilgan edi. Darhaqiqat, Italiya bilan Fransiyao`rtasidagimunosabatlar tobora yomonlashdi, buning ustiga Vatikanning mojarolari qo`shilib, bu munosabatlarni yana ham murakkablashtirib yubordi. Avstriya-Vengriya bilan ham munosabat og`irlashgan edi. Buning sababiItaliyada«irredentizm»harakatiningkuchayganligi edi, bu harakat Janubiy Tirol`, Trento va Avstriya-Vengriya tarkibiga kirgan, lekin aholisi ital`yanlardan iborat bo`lgan yerlarni Italiya davlatiga berishni talab qilgan zdi. Tashki siyosiy qiyinchiliklarki chuqurlashtirgan narsa yana shu bo`ldi-ki, Italiya biron buyuk davlat bilan mustahkam ittifoqchilik munosabatlario`rnatmaganedi.«O`nglar»ning Italiyanibuyuk davlatlarnikgfaoldiplomatiyakurashigaaralashtirishni istamaganliklari natijasida paydo bo`lgan bu holat ham qisman faol tashqi siyosat, 6oshqacha aytganda, agressiv tashqi siyosat yurgizishni talab qilayotgan ital`yan burjua doiralaridagi noroznlikni tobora kuchaytirib yubordi.6
Fransiyaning Tunisni bosib olishi (1881 yilda) Italiya hukmron doiralarining yangi tashqi siyosat yo`liga o`tishlarini tezlashtirdi. Lekin Italiya biron katta davlatning madadkorlik qilish to`g`risidagi va`dasini olmasdan turib, mustamlaka zabt qilish yo`liga kira olmasdi. Shu sababdan Italiya Germa­niya bilan ittifoq tuzish payida bo`lib yurdi. Avstriya bilan Italiya o`rtasida ziddiyatlar bo`lishiga qaramay, Italiyaning 1882 yilda Uchlar ittifoqiga kirganligining asosiy sababi ana shunda edi.
Italiya ittifoqchilardan, shuningdek, Afrikada fransuzlar ta`siriga qarshi kuch vujudga keltirishga intilgan Angliyadan madad olganidan keyin o`z armiyasini qayta qurollantirdi (uning tarkibini 430 mingga etkazdi) va birinchi harbiy avantyurani boshlab yubordi, Ital`yan qo`shinlari Assab shahriga, Qizil dengiz bo`yiga joylashib olib (1882 yil), Baylul buxtasini ishg`ol qildilar, undan keyin (1885 yil) Massaua buxtasini zabt qildilar; Habashistonning ichkarisiga kirib borishga harakat qilgan Italiya qo`shinlari kolonnasi Dog`ali yonida (1887 yil) tor-mor keltirildi.
Judakatta janjallar chiqay deb turgan birvaziyatda (1887 yilda) ko`zga ko`ringan siyosiyva davlatarbobi, Depretishukumatida ichki ishlarministribo`libishlaganFranchesko Krispi hokimiyat tepasiga keldi. Bir zamonlar respublikachi bo`lgan va Garibal`dining «Minglar» yurishida qatnashgan Krispi 1860 yildan keyin g`irt monarxiya tuzumi tarafdori bo`lib qolgan edi.
Zolimligi va «temir jasorati» bilan mashhur bo`lgan kishining bosh ministrlik vazifasiga ko`tarilishi tasodifiy hol emas edi. Uning bosh ministrlikka ko`tarilishi nima qilib bo`lsa ham, xalq kurashini bostirish va hukmron sinflarning qiyin bo`lsa ham, serfoyda iqtisodiy va tashqi siyosiy vazifalarni amalga oshirishga yo`l ochib berish maqsadida har qanday Choralarni ko`rishdan ham qaytmaydigan «qattiq qullik» hukumat tuzish niyatini aks ettirardi. Krispi burjuaziyaning bu umidlarini puchga chiqarmadi: hukmron yuqori doiralarning bur­jua diktaturasini ochiqdan-ochik, zo`ravonlik, terroristik diktaturasiga aylantirish yo`lidagi dastlabki urinishlariga madadkorlik qilgan shu Krispi bo`ldi.
U uch marta boshchilik qilgan hukumat, Rudini va Jolitti hukumatlari navbatma-navbat hokimiyat tepasida turgan qisqa davrni (1891—1893 yillarni) hisoblamaganda, 1896 yilgacha mamlakatni idora qilib turdi.
Krispi hukumatisanoatchivamoliyachishimoldoiralariningqattiq talabigayonberib,fritrederlikprincipigaasoslanganFransiya vaAvstriya bilan savdoshartnomalarinibekor qildi va 1887 yilda qat`iy protekcionistik tariflarini joriy qildi. Bu bilan, jumladan, fransuz to`qimachilik sanoati mahsulotlarining Italiya bozoriga kirishi qiyinlashtirildi,bu hol Fransiyaning qattik, javob choralari ko`rishiga sabab bo`ldi. Ikkala mamlakato`rtasida tamojnya urushiboshlanib ketdi.
Shu bilan birga protekcionistik siyosati vatan to`qmachilik (ayniqsa ip gazlama) sanoati korchalonlariga metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining egalariga, shuningdek yirik zamindorlarga ichki bozorda monopol holatni ta`minlab berdi, yirik zamindorlarining manfaatlarini ko`zlab, g`alla boji juda oshirib yuborildi.
Mamlakatni industriya jihatidai rivojlantirish protsessi tez sur`atlar bilan bordi. XIX asr oxiriga borganda asosiy sanoat tarmog`larida fabrika sistemasi qaror topdi. Masalan, ip gazlama sanoatida 2111 ming urchuq va 60 ming mexa­nika stanogi bor edi, qishloqlarda bor-yo`g`i 14 ming qo`l stanogi saqlanib qolgan edi; ipakchilik sanoatida 2068 fabrika bo`lib, ularda 174 ming ishchi ishlardi.
Sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo`jaligidan ajralish protsessi tobora kuchayishi natijasida yangi mustacil sanoat tarmoqlari paydo bo`ldi: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, vinochilik, shuningdek, qishloq xo`jalik mashinalari va binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari paydo bo`ldi. Mashinasozlik, metallurgiya, elektr energiyasi ishlab chiqarish olga karab yana yangi kzdam kuydi. Shu yillar ichida Tern` po`lat qo`yish zavodlari (1887 yilda), juda yirik kon sanoati korxonalari-«Montekatini» (1888 yil), «el`ba» (1889 yil) va boshqa ishlab chiqarish komplekslari paydo bo`ldi, bular bilan bir katorda kupgina mayda va juda mayda (ba`zan kustar`) korxonalar ham ishlab turardi.
Yangi sanoat tarmoqlari ko`proq, akciyali jamiyatlar tariqasida vujudga keldi. 1890 yildayok, 574 akciyali jamiyat bo`lib, ularning kapitali 1935 million lira edi, bu kapitalning katta qismi (62 procenti) banklar qo`lida edi. XIX asr oxirida, Kommerciya banki (1894 yil) va Italiya kredit banki (1895 yil) tuzilgandai keyin banklarning mamlakat ekonomnkasidagi roli kuchayib ketdi, bu banklarni tashkil qilishda Germaniya kapitali ishtirok qilgan edi. Undan ham burun, 1880 yilda bevosita Vatikanga qaram bo`lgan Rim banki tashkil qilingan edi. Bu uch bankning sanoatga solgan kapitali 1895 yilda 1795 Ming lira edi.
Shunday qilib, bank kapitalining sanoat kapitali bilan qo`shilib ketish protsessi boshlanganligi natijasida kapitalistik ekonomikaning imperializm bosqichiga o`tishi uchun hal qiluvchi shartlardan biri vujudga keltirildi.
Lekin, bu protsesslar bir-biriga zid bo`lgan har xil faktorlar ta`siri ostida notekis rivojlanib bordi. Protekcio­nistik siyosat sanoat tarmoqlaridan bir xillarining yuksalishiga yordamlashgani holda xo`jalikning boshqa sohalariga (asosan, arzon xom ashyo bilan mashina-asboblar eksport yoki import qilishdan manfaatdor bo`lgan tarmoqlarga) ancha zarar etkazdi va sanbat mahsulotlarini juda ham qimmatlashtirib yubordi. Feodalizm sarqitlari saqlanib qolganligi bilan bog`liq bulgan ichki bozorning torligi natijasida sanoat mahsu­lotlarini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni rivojlantirish yo`lida juda katta tusiqlar paydo bo`ldi.
Fransiya bilan bojxona urushi Italiya xalq xo`jaligini chuqur larzaga keltirdi. 1881 yilda agrar krizisga yo`liqqan, zndi bo`lsa hali xam boy fransuz bozoridan maxrum bulgai qishloq xo`jaligi ayniqsa ko`p zarar ko`rdi. Vino eksport qilish 1887 yildan 1892 yilgacha 1154 ming gektolitr, citrus eksport qilish 594 ming centner kamaydi. Chet mamlakatlarga qoramol, guruch, meva chiqarish juda kamayib ketdi. Italiya ekonomikasida 1893—1894 yillarda eng yuqori nuqtasiga etgan krizis yangi asr boshlaridagina yo`qolib ketdi.
Janubiy Italiyaekonomikasiyana xam og`ir ahvolga tushib qolgan edi. «erkin savjo» davridayoq arzon chet zl mollari konkurenciyasi janubdagi manufaktura va xonaki ishlab chiqarishni halokatga mahkum qilgan zdi, holbuki Shimoliy Italiyaning anchagina kuchli sanoati raqobatga bardosh berib, o`zi hujumga o`ta olgan edi.
Protekcionizm bayrog`i ostida shimol sanoat burjuaziyasi janub bozorini qo`lga kiritish uchun kurash boshladi, bu kurash Janubiy Italiyani «qaram territoriyaga» aylantirdi; janubda va orollarda kuchli agrarizaciya protsessi boshlanib ketdi, yirik zamindorlar, sanoat egalari va banklar janubni va orollarni vahshiyona ekspluataciya kila boshladilar. Davlat solig`larning asosiy og`irligini janub aholisi ustiga ag`darib, byudjet masalasidagi juda oz yordamdan ham uni mahrum qilib, bu zulmni yanada kuchaytirib yubordi. 1862—1896 yil­larda melioraciya ishlariga davlat tomonidan sarf qilingan 457 million liradan janubga faqat 3 million lira berildi, xolos.
Shunday qilib, janub iqdisodiy va madaniy jihatdan qoloqligicha, xalq behad muhtojligicha qolaverdi. Agrar aholining doimiy ortiqchaligi vujudga kelib, buning natijasi­da ommaviy emigraciya hodisalari yuz berdi. Janubning proletarlashgan dehqonlari sanoatdan ish topolmay, tug`ilib o`sgan joylarini tashlab Fransiyaga, Afrikaga (Tunisga), okeanning naryog`iga bosh olib ketdilar. 1872 yilda emigrantlar soni 96 ming kishi bo`lgan bulsa, 1892—1901 yillarda x.ar yili o`rta xisob bilan 307 ming kishi emigraciya qiladigan bo`ldi. Ana shular natijasida Janubiy Italii bilan Shimoliy Italiya o`rtasida iqtisodiy rivojlanish jihatidan azaldan davom qilib kelgan tafovut yana ham keskinlashib, tobora chuqur. lashayotgan ziddiyatga aylankb ketdi va mamlakat birligiga putur etkazdi. Janub masalasi degan masala paydo bo`lib qoldi, ya`ni Italiya janubining shimol burjuaziyasi tomonidan qullikka, yarim mustamlaka holatiga tushirilganligi masalasn paydo bo`lib koldi.
XIX asr oxiridan boshlab janub masalasi Italiya milliy hayotida juda keskin sinfiy va siyosiy ziddiyatlar manbaiga aylanib ketdi.
Krispihukumatihukmronsinflarmavqeinimustaxkamlashyulidanqat`iyborishga qaror qilib-ketgan ung klerikaldoiralarga karshi juda kattik xujum olib bordi.7


Download 120.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling