Buxoro hukmdorlari 1500 1510 Muhammad Shayboniy


Download 49.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi49.32 Kb.
#241200
Bog'liq
AMIR NASRULLA(3)



Nasrulla 

Boshqa tilda oʻqish 

Yuklash 

kuzat 


Tahrirlash 

nothumb 


Buxoro hukmdorlari 

1500 — 1510 Muhammad Shayboniy 

1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon 

1512 — 1530 Koʻchkunchixon 

1530 — 1533 Abu Said 

1533 — 1540 Ubaydulla I 

1540 — 1540 Abdulla I 

1540 — 1551 Abdullatif 

1540 — 1550 Abdulaziz 

1552 — 1556 Navroʻz Ahmad 

1552 — 1556 Burhon sulton 

1556 — 1561 Pirmuhammad 

1561 — 1583 Iskandarxon 

1583 — 1598 Abdullaxon II 

1598 — 1599 Abdulmoʻmin 

1599 — 1601 Pirmuhammad II 

1601 — 1605 Boqimuhammad 

1605 — 1608 Valimuhammad 

1608 — 1650 Imomquli 

1640 — 1647 Nodirmuhammad 

1645 — 1680 Abdulaziz 

1680 — 1702 Subhonquli 

1702 — 1711 Ubaydulla II 

1711 — 1747 Abulfayz 

1756 — 1758 Muhammad Rahim 

1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq 

1785 — 1800 Shohmurod 

1800 — 1826 Haydar 

1826 — 1826 Husayn 

1826 — 1827 Umar 

1827 — 1860 Nasrulla 

1860 — 1885 Muzaffar 

1885 — 1910 Said Abdulahad 

1910 — 1920 Said Olim 

Nasrulla.jpg 

Nasrullaxon (1806.1.6 - Buxoro 1860.5.10) — Buxoro amirligining amiri (1827 — 1860), 

oʻzbek mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. 

 

Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng 



hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Mir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil 

v.e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826). 

 



Nasrullaxon oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qat

ʼiy amal qilgan. 

Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari 

berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm 

boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar 

bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar 

holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik 

toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq 

boʻlgan. 

 

Nasrullaxon qat



ʼiy markazlashtirish siyosatini olib borgan: markaziy hokimiyatga 

boʻysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob beklarining qarshiligini sindirib, separatistik 

(ajralish va taslimchilik) kayfiyatlariga barham berdi. Amir butun Movarounnahr va Xorazmni 

yagona davlat ostiga birlashtirishga intildi. U bu rejasini toʻliq amalga oshira olmagan boʻlsa 

ham, qisqa muddat davomida butun Movarounnahrni yagona davlat sifatida boshqardi. 

Qoʻqon xonligi hududining Buxoro amirligi tarkibiga qoʻshib olinishi mintaqadagi ikki oʻzbek 

davlatchiligini oʻzaro birlashtirish edi. 

 

Nasrullaxon oʻzining faol siyosatida qator yutuqlarga erishib, Buxoro davlatining yaxlit qismi 



hisoblangan Balx, Marv va boshqa viloyatlar hududlarini amirlik ixtiyoriga yana qaytardi. 

Biroq bu hududlar keyinchalik turli sabablar natijasida Buxoro amirligi tarkibidan chiqib ketdi. 

 

Shu bilan birga Nasrullaxon oʻz faoliyatida bir qator jiddiy siyosiy xatolarga ham yoʻl qoʻydi. 



Davlat miqyosidagi eng muhim lavozimlarga turkiy oʻzbek qavmlaridan tashqari 

ajnabiylarning qoʻyilishi, davlat boshqaruvida eroniy qullar boʻlgan shialarning ta

ʼsiri oshishi, 

Mangʻitlar oʻzbek sulolasining forslashish jarayoni, oʻzbek tilining mavqei pasayishi va 

boshqalar ana shunday jiddiy xatolardandir. Buning ustiga Nasrullaxon tomonidan 

Nodirabegimning oʻldirilishi uning obroʻsiga salbiy ta

ʼsir koʻrsatgan. 

 

Ma



ʼmuriy va harbiy sohadagi islohotlari

Tahrirlash 

Nasrullaxon tomonidan Buxoro amirligida oʻtkazilgan turli islohotlar natijasida davlatning 

iqtisodiy va harbiy qudrati birmuncha yuksaldi. Ma

ʼmuriy sohadagi islohotlar oqibatida davlat 

boshqaruviga xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan kishilar kelib qoʻshildi. Ayniqsa, 

harbiy sohadagi islohotlarning natijasi keyinchalik Rossiya imperiyasining tajovuzi va 

hujumiga qarshi kurashda Buxoro amirligining uchta oʻzbek davlati oʻrtasida nisbatan eng 

keskin va qattiq qarshilik koʻrsatishiga olib keldi. Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi 

kurashda Buxoro amirligi magʻlubiyatga uchragan boʻlsa ham, mamlakat hududlarining 

muayyan qismi saqlab qolindi. 

 

Nasrullaxon 1837-yil Sarbozlar batalonini — Markaziy Osiyoda oʻqotar qurol bilan 



qurollangan va kazarmalarda joylashgan ilk muntazam qoʻshinni tuzdi[1]. 

 

Qoʻqon xonligiga qarshi urush 1841-1842



Tahrirlash 

Fargʻona vodiysi ulamolarining talabi bilan Qoʻqonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan 

(1842). Biroq u Qoʻqon xoni Muhammad Alixon qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi 

— mashhur shoira Nodirabegimni ham oʻldirtiradi. Nasrullaxon tomonidan Qoʻqonga Ibrohim 

parvonachi mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahal-liy 

aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni koʻpaytirdi. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketadi. 

Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga boʻysindiradi (1843). 



 

Shahrisabzga qarshi urush

Tahrirlash 

Shuningdek, Nasrullaxon qoʻshini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan soʻng 

Shaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u 

sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valine

ʼma)ning singlisi 

Kenagasxonimga uylandi. 

 

Nasrullaxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya manfaatlari 



oʻzaro toʻqnashgan davr hisoblanadi. 

 

Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, 



Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin 

madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod me

ʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi 

(1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy "Fathnomai sultoniy" ("Sulton 

fathnomasi") asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yoshAhmad 

Donish Nasrullaxon nazariga tushib, sa-royga xizmatga olingan. 

 

O

ʼlimi Tahrirlash 



Nasrullaxon 1860 yilning 5 oktabrida[2] vafot etadi va Buxoroda dafn etilgan. Taxtga ugʻli 

Muzaffar chiqdi. 

 

Adabiyot


Tahrirlash 

Traktat Axmad Donisha "Istoriya mangitskoy dinastii". Dushanbe, 1967; Mirza Abdal’azim 

Sami. Tarixi salatin-i mangitiyya. M., 1962; Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 

1-qism, T., 2000.[3] 

Manbalar

Tahrirlash 

 Бабаев Б. / Из истории организации регулярного войска в Бухарском эмирате при 

эмире Насрулле (1827—1860) 

 О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре, Записки Мирзы-Шемса Бухари, 

изданный в тексте, с переводом и примечаниями, В.В.Григорьевым. Казань,1861, 91 



bet 

 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 



 

Download 49.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling