Buxoro innovatsion tibbiyot


majburiydir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini


Download 359.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi359.47 Kb.
#1500626
1   2   3   4   5
Bog'liq
shoxRuz (копия)

majburiydir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini
uning o‘zi ko‘rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini
belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o‘z siyosatini
yurgizadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi bo‘linmas va daxlsizdir.
Qoraqalpog‘istonda davlat tili - qoraqalpoq va o‘zbek tillardir. Ayni vaqtda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida iste’qomat qiluvchi barcha millat va
ellatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi ta’minlanadi ularning
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi va suveren Respublikaning
davlat ramzlari hurmat qilinadi, va davlatning xalq irodasini ifoda etishi, xalq
manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning
jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasi g‘oyat muhim siyosiy
mazmun kasb etadi. Unda O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqapog‘istonning chinakam
suverenligini tasdiqlovchi qoida mustahkamlangan: "Qoraqalpog‘iston
Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega". Bu 
konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-
moddasida: "Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq
muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga, ya’ni referendumga qo‘yiladi. 
Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi" deb mustahkamlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 21-moddasining 3-bandida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi, 68-moddasida esa Qoraqalpog‘iston
Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy, hududiy birliklari qatoriga
kiritilishi, bu ikki xalq deb hisoblangan bir millat ekanligini mustahkamlaydi.


E’tiboringiz uchun
Rahmat!

Download 359.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling