Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, magistranti. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Download 0.62 Mb.
|
ИЗК макола тизимли тахлил лотин
«SAMARKAND NONI» PIShIRISh QURILMASI (TANDIR)NI TIZIMLI TAXLIL ASOSIDA O‘RGANISh. Xabibov Faxriddin Yusupovich- texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Islomova Zulayxo Kandiyor kizi - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, magistranti. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada samarqand noni qurilmalari tahlil qilish, hamda jarayonni mukammal va aniq olib borish maqsadida VI bosqichli tizimli tahlilning ierarxik strukturasi keltirilgan. Tadqiqot ob’ektlari sifatida tandir iurilmasi qabul qilingan bo‘lib, unda kechadigan texnologik jarayonlar, uni amalga oshirishning bosqichlari va rejimlari, ta’sir etuvchi omillar, konstruksiyasi tizimli tahlil asosida o‘rganilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tizimli taxlil asosida non pishirish pechlarinig konstruksiyalari juda murakkabligi, gabarit o‘lchamlari kattaligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari ularda ko‘p miqdordagi material sarfi va katta mikdorda energiya sarfi talab etilishi aniqlangan. Tayanch so‘zlar: non, samarqand non, jixoz, tadqiqot, jarayon, molekulyar daraja, matematik modellashtirish, fizik modellashtirish, model, ierarxik struktura, gidrodinamik oqim, issiqlik almashinish, ishchi zona. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev non mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni kengaytirish, tizimdagi mavjud muammolarga barham berish masalalariga oid so‘zlagan nutqida non maxsulotlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida alohida to‘xtaldi. Samarqand nonlari qadimiy va navqiron shaharning dovrug‘i dunyoga doston ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. U xushta’mligi, to‘yimliligi va o‘zgacha bir chiroyi bilan mashhur. Bu nonni tayyorlashning boshqalardan yashiriladigan hech bir sirli tomoni yo‘q. Shu un, xamirturush, suv, tuz bilan tayyorlanadi. Boshqa hech narsa qo‘shilmaydi. Nonni apparatda 40-50 daqiqada qoramiz. Keyin yana uni qo‘lda mushtlab chiqamiz. Shakl berilib, 12–14 soat davomida issiq xonada tindiriladi. So‘ngra tandirda yopamiz. Nonning xushta’m bo‘lishi, qizarib bir maromda pishishiga sabab — u gazda emas, mevali daraxtlarning o‘tinida pishirilar ekan. Samarqand nonini tayyorlashning hech qanday siri yo‘q. Ba’zilar xamir tayyorlashning siri bor, hududning suvi va havosi ham o‘zgacha degan fikrlarni aytishadi. Aslida xamir tayyorlanadigan joy va uning haroratiga e’tibor qilish lozim. Xamir tayyorlanadigan joy alohida bo‘lishi, uning harorati doim bir xil — 25 darajada saqlanishi kerak. Agar xona harorati tushsa yoki ko‘tarilsa, nonning sifatiga ta’sir qiladi. Bir xil haroratda tayyorlangan xamir to tandirga kirguncha o‘sha joyda ishlov beriladi. Xamir doim muzdek suvda tayyorlanadi. Bir necha bor qo‘lda ishlov berib, tindiriladi. Qachon xamir me’yoriga yetsa undan keyin shakl berilib, yasaladi. Buning uchun 12-14 soatcha vaqt talab etiladi. Tandirni tayyorlashning ham tartibi bor. O‘tinga qizitilgan tandir bilan alohida tillashish kerak. Tandirning nonni qabul qilishga tayyorligi novvoyning yuzida aks etadi. Belgilangan me’yorga kelgan tandirga non tartib bilan joylashtiriladi. Bir tandirda 40 ta non yopamiz. Tandirda non yarim soatda pishib tayyor bo‘ladi. Non bir xil qizarib pishishi uchun tandir haroratini me’yorda ushlash, zarur paytda suv berib turish lozim. Ko‘pchilik buni joy o‘zgargani bilan izohlaydi. Aslida yuqorida aytganimdek, non tayyorlash uchun u yerda belgilangan tartib-qoidani amalga oshirish imkoni yo‘qligida. Bugungi kunda non maxsulotlarini sifatli qayta ishlash, eksportga yo‘naltirilgan hamda xalqaro sifat talablariga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish yo‘lida olimlar va mutaxassislar tomonidan murakkab energiya tejamkor usulini yaratish va yuqori ish unumdorlikka ega uskuna ishlab chiqish masalalarini yechish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling