Korroziya belgilari paydo bo'lishini kuzatib borish. Bunda korroziya indikatorlaridan foydalaniladi.
Ishlatilayotgan jihozlardan yasalgan metall plastinka namunalari ishlab chiqarish jarayoni muhitida saqlab turiladi va vaqti - vaqti bilan tekshirib boriladi. Namunada yuz beradigan sifat va miqdor o'zgarishlari asosida tegishli xulosalar chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish bilan har yili ishlatiladigan jihozlar sirtini 100 mikron yemirilishdan saqlashga erishiladi.