22
4-AMALIY MASHG‟ULOT
Mavzu: SHART BO‟YICHA SIKLNI ANIQ SONLAR BO‟YICHA
KOMBINATSIYASI. DIALOG OYNALARI.
Ishdan maqsad: Shart bo`yicha tsikl va aniq takrorlash
soniga ega tsikllarni
ishlatishni o`rganish va ular o`rtasidagi farqni tushunib yetish, shart bo`yicha tsikl
va variant tuzilishini oddiy, kuchli va ko`pfunktsional shablonga kiritishni
o’rganish
Nazariy qism.
Asosiy tsikl
LabVIEWning qariyb har bir ilovasida asosiy tsikl mavjud.
U tugmani
tanlanishiga ko’ra, dastur oxirigacha, xato paydo bo`lgunigacha yoki tugallash
shartigacha takrorlanadi. 4.1-rasmda kechikuvchi
ana shunday tsikl va STOP
tugmasi keltirilgan.
4.1 –rasm. Tsiklda kechikish funktsiyasi.
Bu tsiklda biz variant strukturasi va Do Work (Bajar!) tugmasini joylashtiramiz.
ROST variantida biror foydali ish bajaruvchi LabVIEW VUni joylashtiramiz. 4.2
23
–rasmdagi misolda har safar tugma bosilganda, «Hello World!» dialogli oynasi
ochiladi.
4.2 –rasm. Shartga ko`ra hosil qilinadigan tsikl ichidagi variant strukturasi
tugma
bosilganda ishga tushiriladi
Bitta tsiklda bir nechta variant bo`lgan hol
Shunday qilib, keyingi qadam, bir necha tugma bo'lgan
holatni qanday
bajarish mumkin? Oson yo`li, bir nechta variant strukturasini qo`shish. 4.3 –
rasmda ko`rsatilganidek, oldin oddiy, keyin murakkablashib boraveradi.
24
4.3 -rasm. Ikkita holat uchun, ikkita variant strukturasi.
Nazariy jihatdan biz, bir nechta tugmani bitta
siklda qanday aniqlashni
bilamiz: M ta holat uchun M ta struktura kerak bo’ladi. Lekin agar diagrammalar
blokida joy yetarli bo'lmasachi?
Buning uchun mantiqiy tugmalar massivini yaratamiz va undan 4.4 –rasmda
ko’rsatilganidek nolinchi bo’lmagan elementini topamiz.
4.4 –rasm. Bitta variant strukturasi Shart bo’yicha sikl ichidagi yuzadagi panel
holatlar to’plamiga ta’sir qiladi.
25
Ushbu misolda 4.5 –rasmda ko’rsatilganidek,
Programming >> Array massivlar
bilan ishlash palitra ostida joylashgan
Build Array funksiyasi ikkita mantiqiy
o’zgaruvchini bitta mantiqiy qiymat massiviga birlashtiradi. Search 1D Array
(nolinchi bo’lmagan elementni qidirish) funksiyasi 4.6 –rasmda ko’rsatilganidek
bosilgan tugma raqamini aniqlaydi.
-1: Bosilgan tugma yo'q
0: Say something tugmasi bosilgan
1: Play a sound tugmasi bosilgan
4.5 –rasm. Massiv yaratish.
4.6 –rasm. Nolinchi bo’lmagan elementni topish.
Do'stlaringiz bilan baham: