Buxoro Psixologiya Va Xorijiy Tillar Institutining 2-22 Xorijiy Til Va Adabiyoti Guruh Talabasi Rustamova Ozodaning Yosh Fiziologiyasi Va Gigiyenasi Fanidan Tayyorlagan Mustaqil Ishi
Download 1.66 Mb.
|
2.22 ozoda yfg2 (6
Ko‘rish o‘tkirligi — ko‘zning bir-biridan birmuncha masofada joylashgan ikki nuqtani alohida-alohida ko‘rish qobiliyati, ya’ni ko‘z o‘tkirligi ko‘rsatkichi. 1,0 kattalikdagi ko‘rish o‘tkirligi me’yor (ya’ni 100 foiz) hisoblanadi. Odam me’yordan ortiq ko‘rish o‘tkirligiga ham ega bo‘lishi mumkin. Masalan, 1,2 yoki 1,5. Biroq aksariyat kishilar me’yordan past ko‘rish o‘tkirligiga ega — 0,8, 0,4 yoki 0,05 va hokazo.
Ko‘rish o‘tkirligi optotipli maxsus jadvallar asosida aniqlanadi. Golovin-Sivsev jadvali, ayniqsa, keng tarqalgan — aynan u oftalmologlar xonasida osig‘liq turadi. Bunday jadvalni o‘zingiz uchun chop etib, uyda ham foydalanishingiz mumkin.
Ko‘rish o‘tkirligini tekshirishga mo‘ljallangan jadvallar turli kattalikdagi bir tipli belgilardan iborat — bu harflar, turli yonlari uzilgan halqalar (Landolt halqasi) yoki rasmlar (bolalar uchun) bo‘lishi mumkin. Ilk bor bunday jadvalni 1862-yili gollandiyalik oftalmolog G.Snellen o‘ylab topgan — u hozirgacha xorijda ishlatiladi. Rossiyada oftalmolog D.Sivsev ishlab chiqqan shunga o‘xshash jadval qo‘llaniladi. U harf va Landolt halqalaridan tashkil topgan.
Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling