Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Bo’lim o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funkstiyalarni bajaradi
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
Bo’lim o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funkstiyalarni bajaradi:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash sohasida: soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi; soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan, tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni birxillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik shaxslar faoliyatini rag’batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferenstiyalar bo’yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga hamda o’zining tashabbusiga muvofiq qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda ko’rib chiqish uchun kiritadi; yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; yuridik shaxslardan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risida kelib tushgan murojaatlar, xabarlar va boshqa axborotlarni tahlil qiladi; soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlash sohasida: belgilangan tartibda soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq to’lovchilarning faoliyati to’g’risida soliq organlari yagona integrastiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yig’ilgan boshqa hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushumini ta’minlash bo’yicha, shu jumladan respublika byudjeti daromadlarini oshirishning qo’shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi; jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, jamg’arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to’g’ri hisoblab chiqilishi hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan fuqarolarning yakka tartibdagi jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarining o’z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularni soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda to’liq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida: soliq to’lovchi yuridik shaxslarning soliq solinadigan bazasi, shuningdek, soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlarning to’liq, o’z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar hisobini yuritadi; banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko’ra bank hisobvaraqlari bo’yicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati bo’yicha — uch oy mobaynida) pul operastiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo’yin tovlash mexanizmlarini o’rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi; soliq ma’murchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlash bo’yicha takliflar kiritadi; soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish bo’yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali, soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida: soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar ko’radi, soliqlar va tegishli boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash holatlariga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo’llaydi; Davlat soliq qo’mitasining texnik bazasini modernizastiya qilish, mustahkamlash va yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg’or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etish bo’yicha takliflar kiritadi; makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi; akstizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va amalga oshiradi; ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib ko’rsatish mexanizmlarini o’rganish va aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, ko’rsatib o’tilgan mexanizmlarning qo’llanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; soliq to’lovchilarga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish yo’li orqali soliq to’lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko’maklashish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish sohasida: yuridik shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi; soliq majburiyatlarining o’z vaqtida va to’liq bajarilishi uchun soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish choralarini amalga oshiradi; soliq to’lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha ish olib borish sohasida: O’zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida”gi Qonuni talablariga muvofiq soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi; O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, soliq to’lovchilarning soliq solish masalalariga taalluqli murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqadi va tegishli tushuntirishlar beradi; soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi; Bo’lim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funkstiyalarni ham bajarishi mumkin.
Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling